You are currently viewing TTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi

TTPU talabalari harbiy-vatanparvarlik sport bellashuvlarida ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusini amalga oshirish boʼyicha imzolangan memorandum doirasida tashkil etilgan harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan 9 ta xorijiy universitetlar filiallari talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashdilar. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalaridan iborat jamoa ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilgan holda ushbu harbiy-vatanparvarlik o‘yinlarida faol qatnashdilar.

Mudofaa vazirligiga qarashli Olmaliq shahridagi dala o‘quv maydonida vatanparvar, jismonan chiniqqan va epchil bir guruh faol talaba yoshlar – turnikda tortinish, to‘siqlarni yengib o‘tish, jangovor qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish nishonga o‘q otish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Harbiy qism ofitserlaridan iborat hakamlar hay’ati jamoalarni adolatli va shaffof baholab borish bilan bir qatorda ishtirokchilar bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdi. Murosasiz va shiddatli kechgan bellashuvlar yakunida eng kuchlilar aniqlanib, qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

435
image_pdfimage_print