You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning Turin shahridagi Politecnico di Torino universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi yangilandi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning Turin shahridagi Politecnico di Torino universiteti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi yangilandi

2021 yil 19-23 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Politecnico Di Torino (Italiya) ga rasmiy tashrif buyurdi. Delegatsiya Polito universiteti rektori, professor Guido Saracco bilan uchrashuv o’tkazdi.

Tashrif davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalari va istiqbolga mo’ljallangan uzoq muddatli rejalarni muhokama qildilar. TTPU va POLITO o’rtasida 2021-2026 yillarda akademik hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.

2022/2023 o’quv yilidan boshlab “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasining professional dasturini boshlashga kelishib olindi. Ushbu dasturda talabalar uch yillik ta’limdan so’ng darhol ish joyida ishlatilishi mumkin bo’lgan kasbiy ko’nikmalarga ega bo’ladilar. Ushbu bakalavriat dasturi 50 nafargacha talaba uchun mo’ljallangan, bajarish orqali o’rganish va fikrlash orqali o’rganish metodikasidan foydalanadi. Laboratoriya faoliyati va loyiha faoliyati, shu jumladan ishlab chiqarishda o’tkaziladigan uchta amaliyot, dasturining katta qismini qamrab oladi.

Shuningdek, tashrif davomida “Convitto Nazionale Umberto” boshlang’ich va o’rta maktab direktori G.Guglielmini bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, O’zbekistonda Italiyaning maktabini tashkil etish masalasi muhoka qilindi. TTPU bilan Toshkentda Italiya boshlang’ich maktabining ochilishida akademik qo’llab-quvvatlash borasida katta qiziqishini bildirdi.

Politoga tashrif yakunida rektor Jamshid Inoyatxo’jaev Turin shahrida o’qiyotgan O’zbekistonlik talabalar bilan TTPUda faoliyat olib borish imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berish maqsadida norasmiy uchrashuv o’tkazdi.

2 427
image_pdfimage_print