You are currently viewing Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida  DEBSEUz loyihasi koordinatorlarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida DEBSEUz loyihasi koordinatorlarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda respublikamiz OTMlarida yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan ta’lim yo’nalishi o’quv reja va sillabuslarini Yevropaning yetakchi OTMlari tajribasi asosida ishlab chiqish, adabiyotlar bilan, laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi hamda uzoq va yaqin muddatli aniq rejalar belgilab olindi. 

Yig’ilish kun tartibidagi asosiy masalalar bilan bir qatorda joriy yilning may oyida  o’tkazilishi belgilangan seminarga tayyorgarlik hamda Farg’ona politexnika instituti mas’ulligida sentyabr-oktyabr oylarida o’tkazilishi rejalashtirilgan Konferensiya sho’balari va mavzularini belgilash masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o’tamiz, Erasmus+ dasturining DEBSEUz loyihasida respublikamizdan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg’ona politexnika instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali ishtirok etmoqda

376
image_pdfimage_print