You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabi bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Maktab o’quvchilari uchun kelajakdagi kasbni va ta’lim olishni davom ettirish uchun oliy o’quv dargohni tanlash oson qaror emas. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti faoliyati bilan tanishish uchun maktab o’qituvchilari rahbarligida Prezident maktabi va “Sehriyo” maktabining o’quvchilari tashrif buyurishdi.

Universitet bilan tanishtiruv ko’ngilli talabalar tomonidan universitet kampusi bo’ylab sayohatdan boshlandi. Ekskursiya davomida o’quvchilar universitetning barcha imkoniyatlari: ulkan kutubxona, ma’ruza zallari, laboratoriyalar, mexatronika markazi, texnopark va sport bloki bilan tanishishga muvaffaq bo’lishdi.

So’ng, marketing bo’limi boshlig’i Jo’rayev O. ta’lim yo’nalishlari, bitiruvchilarning kelajak istiqbollari va qabul uchun qo’yiladigan talablar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

Universitet bilan tanishiv uchrashuvi ba’zi o’quvchilarga kelajakdagi kasbini va o’qishni davom ettirishlari uchun OTM tanlashda qaror qabul qilishlariga yordam beradi deb umid qilamiz.

1 680
image_pdfimage_print