You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Sport Day” (“Sport kuni”) o’tkazildi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Sport Day” (“Sport kuni”) o’tkazildi

Hech kimga sir emas, sog’lom turmush tarzining asosiy omili bu – sportdir. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Sport Day” talabalar sport musobaqalari kunini bir necha sport turlari bo’yicha o’tkazdi:

▪️yugurish marafoni
▪️stol tennisi
▪️badminton
▪️basketbol
▪️frisbi
▪️armrestling
▪️skeytbord

Bundan tashqari, uzoq kutilgan “Navruz Cup – 2021” futbol musobaqasi final uchrashuvi ham o’tkazildi. Final o’yini Turin United va Neajidenniki jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Ushbu shiddatli o’yinda, 2 : 2 hisobi qayt etilib, so’ngra penaltilar seriyasida 5 : 6 hisobida Neajidenniki jamoasi chempionga va kubog sovrindoriga aylandi.

G’olib bo’lgan futbol jamoasi a’zolariga va barcha sport turlari bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan ishtirokchilarga sertifikat va sovg’alar taqdim etildi.

1 331
image_pdfimage_print