You are currently viewing Kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Hurmatli abituriyentlar,

2021-2022 o’quv yili uchun

KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI O’TGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni so’raymiz!

Bo’lib o’tgan ikkita kirish imtihonlariga ko’ra (birinchisi – 21 mayda, ikkinchisi – 6, 7, 8 iyulda) natijalar oltita toifaga bo’lingan:

BIRINCHI TOIFA:

50,00 va undan yuqori ball to’plaganlar nafaqat First Level (ikkinchi kurs)ga o’qishga kiradilar, balki GRANT ham olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega bo’lmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil avgust oyining oxiriga qadar topshirishlari kerak *. Ushbu toifada o’qish to’lovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

40.00 va undan yuqori, ammo 50.00 dan past ball to’plaganlar, to’g’ridan-to’g’ri First Level (ikkinchi kurs) ga qabul qilinadi va agar birinchi toifadagi talabgorlar o’zlarining GRANT joylaridan voz kechsalar, GRANT uchun ko’rib chiqiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega bo’lmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil avgust oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir o’quv yili uchun o’qish to’lovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil qiladi.

* Agar abituriyent IELTS sertifikatini o’z vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda Preparatory Year (birinchi kurs) ga o’tadi.

UCHINCHI TOIFA:

30.00 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past ball to’plaganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, Italiya dasturining Preparatory Year (birinchi kurs) ga, yoki TTPUdagi, o’zbek diploma taqdim etiluvchi yangi o’quv dasturiga First Level (ikkinchi kurs) ga qabul qilinadi. Bir o’quv yili uchun Italiya dasturi bo’yicha o’qish to’lovi, 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil qiladi. Bir o’quv yili uchun TTPUdagi yangi o’quv dasturi bo’yicha o’qish to’lovi 19 200 000 (o’n to’qqiz million ikki yuz ming) so’mni tashkil qiladi.Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – o’quv yili so’ngiga qadar.

TO’RTINCHI TOIFA:

10.00 va undan yuqori, ammo 30.00 dan past ball to’plaganlar, IELTS sertifikatining mavjudligidan yoki mavjud emasligidan qat’i nazar, birinchi kursga qabul qilinadi. Bir o’quv yili uchun o’qish to’lovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so’mni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – o’quv yili so’ngiga qadar.

BESHINCHI TOIFA:

0 dan yuqori, ammo 10 dan past ball to’plaganlar uchun Preparatory year (birinchi kurs) ga qabul 2021-yil 1-avgustdan keyin ko’rib chiqiladi.

OLTINCHI TOIFA:

0 yoki undan past ball to’plagan abituriyentlarni Preparatory year (birinchi kurs)ga faqat superkontrakt asosida qabul qilish ko’rib chiqiladi. Birinchi o’quv yili uchun o’qish to’lovi 42 750 000 (qirq ikki million yetti yuz ellik ming) so’mni tashkil qiladi.

Abituriyentlar uchun noyob imkoniyat!

1-avgustga qadar Shartnomaning to’liq miqdorini bitta to’lov bilan amalga oshirgan abituriyentlarga shartnoma summasining 10% miqdorida CHEGIRMA beriladi.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2021 yil 13-iyul soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Sentyabr oyida bo’luvchi qabul imtihonining qoidalari (3-bosqich) o’zgaradi.

Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxo’jaev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu ro’yxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar ro’yxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar bo’yicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@new.polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, O’zbekiston

2 752
image_pdfimage_print