You are currently viewing «TINCHLIK UCHUN FAN: FALSAFA VA MADANIYAT OʻRTASIDAGI BUYUK IPAK YOʻLI» NOMLI MAQOLA HAQIDA

«TINCHLIK UCHUN FAN: FALSAFA VA MADANIYAT OʻRTASIDAGI BUYUK IPAK YOʻLI» NOMLI MAQOLA HAQIDA

(“Corriere della sera” gazetasida e’lon qilingan, 20.09.2023)

Mashhur italyan fizigi, professor Julio Kasatining (Giulio Casati) “Corriere della sera” jurnalida chop etilgan “Tinchlik uchun fan: falsafa va madaniyat o‘rtasidagi Buyuk ipak yo‘li” sarlavhali maqolasida uning o‘zbek fiziklari bilan samarali ilmiy va tashkiliy hamkorligi haqida so‘z boradi. Mazkur hamkorlik doirasida butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan bir qancha xalqaro konferensiyalar tashkil etilgan. Bu hamkorlik Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professorining yaqin ishtirokida amalga oshirilmoqda, ushbu universitet ham bu tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Ana shunday samarali hamkorlik samaralaridan biri – Markaziy Osiyo dinamikasi kunlari (Dynamics Days Central Asia) deb nomlangan bir qator xalqaro konferensiyalarni o‘tkazish, keyinchalik ular Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlariga aylandi. 2013-yilda Samarqandda o‘z faoliyatini boshlaganidan buyon mazkur anjuman Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharqdagi taniqli olimlarni Yevropa va boshqa G‘arb davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan birlashtirish uchun samarali platformaga aylandi. O‘tgan davr mobaynida mintaqadagi 1000 dan ortiq yetakchi olimlar va G‘arb davlatlaridan 100 dan ortiq xalqaro miqyosda tan olingan taniqli olimlar hamkorlikda ishlagan.

Anjuman eng muhim ilmiy muammolar va ularni hal etish istiqbollarini muhokama qilish bilan birga, mintaqa olimlari, ayniqsa, yosh olimlarning jahon ilm-fani integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda taqdim etilgan ma’ruzalarning fanlararo bo‘lgan mavzuli yo‘nalishlari nochiziqli dinamika, murakkab tizimlar nazariyasi, geodinamika, zilzilalar fizikasi, matematik biologiya va epidemiologiya, ijtimoiy va ekonofizika kabi sohalarni qamrab oladi.

Professor Kasati (Casati)  maqolasida ushbu konferensiya mintaqa olimlarini zamonaviy ilm-fanning yangi ilg‘or yo‘nalishlariga jalb etishdan tashqari, turli mamlakatlar yosh olimlarini birlashtirish va hamkorlik qilish, shu orqali ularning intellektual salohiyatini iqlim isishi, zilzilalar va tabiiy ofatlarni bashorat qilish, epidemiyalar tarqalishini modellashtirish, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarni bashorat qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalari va zamonaviy texnologiyalar uchun resurslarni tejaydigan funktsional materiallarni ishlab chiqish kabi global muammolarni hal etishga yo‘naltirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi qayd etilgan.

Bu yil konferensiya 1-4 oktyabr kunlari “XXI asrdagi Ipak yoʻli: ilm-fan tinchlik uchun” nomi ostida qadimiy Buxoro shahrida, aynan Buxoro davlat universitetida (O‘zbekiston) oʻtkaziladi.

Bu ilm-fanni rivojlantirish maqsadida  energiya, resurslarni tejash, epidemiologik, suv va insoniyat barqaror rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan oziq-ovqat muammolari kabi global ekologik muammolarning yechimini topishni ta’minlaydigan nochiziqli dinamika va murakkab tizimlar fizikasi sohadagi ishlanmalar, ilmiy tadqiqotlarning ustuvorligini bildiradi.

Konferensiya haqida batafsil ma’lumotni uning veb-saytida havola orqali topishingiz mumkin.

951
image_pdfimage_print