You are currently viewing Universitet kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi

Universitet kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kitobsevarlar klubining navbatdagi uchrashuvi doirasida O‘zbekiston xalq shoirlari marhum Rauf Parfi va Omon Matjonlar tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kechasi o‘tkazildi.

Kechani olib borgan akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev tadbirni boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha

1-prorektori Ashurov Alisher Abdimavlonovichga berdi.

A. Ashurov o‘z so‘zida ushbu ikki shoirning ijodini o‘rganish barchamizga Vatanni g‘urur bilan sevishni, sevib ardoqlashni, ardoqlab ulug‘lashni, ulug‘lab faxr bilan yurakka joylashni o‘rgatishini ta’kidlab o‘tdi.

Kecha davomida ishtirokchilarga shoirlar Rauf Parfi va Omon Matjonlar hayoti va ijodi, mashhur xofizlarimiz tomonidan ularning eng sara she’rlariga kuy bastalab aytilgan qo‘shiqlari asosida ishlangan video lavhalar namoish etildi.

Shuningdek, shoirlarning o‘zlari o‘qigan she’lari ask ettirilgan videolavhalar to‘planganlarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda talabalar ham ularning she’rlardan namunalar o‘qib berishdi.

Kecha yakunida esa klub a’zolari keyinchalik ham o‘zbek shoirlarining ijodini o‘rganib borishga va bunday mushoira kechalarini tez-tez o‘tkazib turishga kelishib olishdi.

851
image_pdfimage_print