You are currently viewing “Talabalikka bag‘ishlov -2023”

“Talabalikka bag‘ishlov -2023”

Joriy yilning 27-sentyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2023-2024 o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o’tkazildi.

Dastavval, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. So‘ng, universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, yangi o‘quv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga ko‘plab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni o‘z muddatida bajarish va o‘quv mashg’ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, olingan kasbiy bilimlardan foydalanib, muxandislik kasbini puxta egallash va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish, universitetning ichki qoidalarig rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblash kabi so‘zlar bilan tantanali ravishda qasamyod qildilar.

Tadbirga univesitet musiqa to‘garagi qatnashchilari hamda Jamoat havfsizligi universiteti harbiy orkestri tadbirga  o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbirda o‘zi erishgan yutuqlari, universitet ta’lim tizimi, yaratilgan sharoitlar, yaqin ikki yil mobaynida amalga oshirilgan loyihalarini ko‘rsatish va talabalarga motivatsiya bo‘lish maqsadida faol va iqtidorli, na’munali, bir qator tanlovlar g‘oliblari, universiteti “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Urunov Asadbek hamda Qayumov Asadbek tomonidan juda qiziqarli taqdimotlar namoyish etildi.

760
image_pdfimage_print