You are currently viewing Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

Universitetda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilari bandligini taʼminlash hamda ish beruvchilar bilan ochiq muloqot jarayonida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida joriy yilning 26-aprel kuni universitetda  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” Job-Fair – 2024 boʻlib oʻtdi.

Mazkur yarmarka universitetda an’anaviy tashkil etilib,  bu yilgi tadbirda “UzAuto Motors” AJ “UzAUTO MOTORS POWERTRAIN”, MChJ “OʻzEraeAlternator” QK, BYD, UZTELECOM, IT Bilim, Cyber Science, Tashkent Traktor Zavodi, ADM Global, UZINFOCOM, “Kwangjin autosystem” MCHJ, Huawei, Enter Engineering kabi sanoat ishlab chiqarash, informatsion texnologiyalar va boshqa sohalarning 40 ga yaqin korxonalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ish beruvchi tashkilot vakillari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va tashkiloti haqida ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallari bilan talabalarni tanishtirdi. Yarmarkada bitiruvchi talabalar o’z sohasining yetakchi kompaniyalar bilan tanishish va u yerdagi ish o’rinlari haqida ma’lumot olish, ishga joylashish va amaliyot  bo’yicha maslahat olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yarmarka doirasida 20 ga yaqin ish beruvchi korxonalar va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti o’rtasida keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

Mazkur yarmarkadafi faol ishtiroki uchun barcha qatnashchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Umid qilamizki, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi barcha ishtirokchilar uchun foydali bo’ldi.

987
image_pdfimage_print