You are currently viewing TTPU talabalari uchun Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi o’tkazildi

TTPU talabalari uchun Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi o’tkazildi

Joriy yilning 26 oktabr kuni, Toshkentdagi Turin politexnika universitetida UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bosh direktori Bo Inge Andersson bilan mehmon ma’ruzasi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida talabalar avtomobilsozlik sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega yetuk mutaxassisning kasb yo‘li bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldilar.

Mehmon ma’ruzasi davomida janob Andersson talabalarga qimmatli maslahatlar berdi, xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va ularning barcha savollariga atroflicha javob berdi. Eng qiziqarli savol egalari va viktorina g‘oliblari UzAutoMotors Powertrain kompaniyasi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tashrif doirasida janob Andersson universitet texnoparki, laboratoriyasi va startap loyihalari bilan ham yaqindan tanishdi.

1 428
image_pdfimage_print