You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Jizzax politexnika instituti qo’shma fakultet ochish va keng hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha kelishuv shartnomasi imzoladi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va Jizzax politexnika instituti qo’shma fakultet ochish va keng hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha kelishuv shartnomasi imzoladi.

2020 yil 25 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan mamlakatimiz yoshlari bilan o’tkazilgan O’zbekiston yoshlar forumining 100-sonli bayoni 42-bandiga va 2021-yilgi Davlat dasturiga muvofiq, Jizzax viloyatidagi avtomobilsozlik korxonalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida 2021-2022 o’quv yilidan boshlab Jizzax politexnika institut (JizPI) ga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) bilan birgalikda qo’shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish vazifasi belgilandi. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun TTPU va JizPI o’rtasida qo’shma dastur bo’yicha shartnoma imzolandi.

Shartnomaga muvofiq, 2021-2022 o’quv yilidan boshlab talabalar dastlabki 2 yil ichida JizPIda, keyingi 2 yil davomida TTPU da ta’lim olishadi va o’qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Turin Politexnika Universiteti (Italiya) ning va Jizzax politexnika institutining diplomlari beriladi.

Talabalarni o’qishga qabul qilish, ularga dars berish va baholash jarayoni Evropa standartlari va Turin politexnika universiteti (Italiya) talablari asosida amalga oshiriladi.

Shartnomani imzolash marosimida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati, Jizzax politexnika instituti rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari hamda Jizzax viloyatida barpo etilayotgan avtomobilsozlik sanoatining vakillari ishtirok etishdi.

Tomonlar yig’ilganlarni kelishuvning asosiy bandlari bilan tanishtirdilar, universitetlar va ta’lim standartlari to’g’risida batafsil ma’lumot berdilar, shuningdek ularning savollariga javob berdilar.

1 256
image_pdfimage_print