You are currently viewing Erasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

Erasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

Joriy yilning 1 iyun kuni “MechaUz – innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” Erasmus+ loyihasi konsorsiumi a’zolari Vilnyus Balday mebel ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi.

TTPU

Tashrifdan maqsad universitetdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish edi. Konsorsium aʼzolari xomashyo yetkazib berishdan tortib, yakuniy mahsulotni qadoqlashgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish tsikli bilan tanishtirildi. Zavod mehmonlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini qayd etdilar. Shuningdek, zavod Vilnyus Gediminas texnika universiteti bilan juda yaqin ilmiy va amaliy aloqalarga ega ekanligi aniqlandi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlar oliy o‘quv yurtlarida mexatronika va robototexnika fanlarini o‘qitishning yangi texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati va zarurligi to‘g‘risida zavod xodimlari bilan juda mazmunli suhbat qurdilar.

586
image_pdfimage_print