You are currently viewing TTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

TTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

2022 yilning 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Italiyada o’qish uchun stipendiyalarni qo’lga kiritgan talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 40 ga yaqin TTPU talabalari Erasmus almashinuv dasturi doirasida 2022 yil kuzgi semestrini Politecnico di Torinoda (Italiya) o’qish imkonini qo’lga kiritdilar. Aksariyat talabalar semestr davomida oylik 850 evro miqdorida stipendiya oladi, shuningdek, ularning ikki tomonlama chiptalari qoplanadi.

TTPU

Interaktiv shaklda o’tkazilgan uchrashuvda, TTPU o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Fulvio Rinaudio talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalar Italiyada yashash va o’qish haqida  qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ma’lumot uchun: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Politecnico di bilan 2-va 3-kurs talabalari uchun Erasmus almashinuv dasturini amalga oshirmoqda. Unga ko’ra 2022 yil kuzgi semestrida, Universitetning “Mashinasozlik texnologiyasi” va “Kompyuter injiniringi” talabalari Italiyada o’z bilimlarini oshirib keladilar.

Italiya bilan bir qatorda, Turin talabalari Polsha, Ispaniya, Germaniya, Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Koreya, Litva kabi mamlakatlarda almashinuv dasturlari bo’yicha bir yoki ikki semestr o’qishlari mumkin.

696
image_pdfimage_print