You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Ploitexnika universitetining bugunki mehmonlari “Hokim olimpiadasi” g’oliblaridir.

Toshkent shahridagi Turin Ploitexnika universitetining bugunki mehmonlari “Hokim olimpiadasi” g’oliblaridir.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, joriy yilning 18 iyun kuni iqtidorli fan olimpiadasi g’oliblariga mezbonlik qildi.  Universitetimizda Olmazor tuman hokimligi va tuman xalq ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda  Olmazor tumani hokimligi hamda tuman xalq ta’lim bo’limi tashabbusi bilan, tuman tasarrufidagi maktablarning bitiruvchi sinflari uchun tashkil etilgan “Hokim olimpiadasi”da bir qancha faxrli o’rin olgan g’oliblar taqdirlandilar.

Xalq ta’limi bo’limi chet tili metodisti Toshpo’latova Dilfuza Davlatovna, Olimpiada uchta fan kesimida ingliz tili, fizika va matematika fanlaridan o’tkazilganligi, imtihonlar esa tuman tasarrufidagi “Registon” o’quv markazi va Turin politexnika universiteti malakali o’qituvchilari tomonidan olib borilganligi haqida ma’lumot berdilar.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev yoshlarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelajakda ulardan jamiyatimizning ravnaqi uchun yuqori malakali kadrlar yetishib chiqishiga ishonch bildirilar hamda tadbir qatnashchilariga Turin universiteti imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

Olmazor tumani hokimligi tomonidan olimpiada sinovlarida eng yuqori natija ko’rsatgan 9 nafar o’quvchiga qimmatbaho esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar taqdim etildi. E’tiborlisi shunda ediki, uchta fandan ham birinchilikni egallagan bitiruvchilar Turin universitetiga imtiyozli kirish imkoniyatini beradigan sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Tadbir, g’oliblarning ota-onalari va o’quvchi yoshlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlab, katta taassurot qoldirdi va mamlakatimizda Uchinchi Renesans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsad sari yana bir qadam qo’yilganiga barchamiz guvoh bo’ldik.  

1 637
image_pdfimage_print