“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

Mamlakatimizda har yili 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida, o‘lkamizni qahramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanadi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi otkazildi.

Joriy yilning 28 aprel kuni o’tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 96 yoshli Apponov Abbos bobo, hamda Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi faxriylari - iste'fodagi generallar va katta ofitserlari qatnashib, talabalarga kecha mavzusiga oid ma'lumotlarni va ozlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.
Kechani tashkil etish va koʻtarinki ruhda oʻtishiga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari boʻyicha Toshkent shahar kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli ijodiy jamoasi katta hissa qo`shdi. Tadbir yakunida mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovg’alari topshirildi.

31
image_pdfimage_print