You are currently viewing “Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi.

“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (1-bosqich va 2-bosqich) natijalari e’lon qilindi.

Hurmatli abituriyentlar,

2022-2023 oʻquv yili uchun

“MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz!

2022-yil 14-may va 13-iyulda boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari natijalariga koʻra, abituriyentlar uchta toifaga boʻlingan:

BIRINCHI TOIFA:

Mazkur toifaga kiruvchilar Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022-yil 2-iyuldagi 1-son bayonining 7-ilovasiga muvofiq Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining TO‘LIQ GRANTIga ega bo‘ladilar (https://edu.uz/uz/news/view/4113) va tayyorlov yili (=Birinchi kurs)ga qabul qilinadi. IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas.

IKKINCHI TOIFA:

10 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar.

UCHINCHI TOIFA:

10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va qabul kvotasi toʻlmagan taqdirda birinchi kurs (Preparatory Year)ga oʻqishga qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat!

1-avgustgacha TO‘LOV UCHUN SHARTNOMANI TO‘LIQ to‘lagan abituriyentlar shartnoma summasidan 10% chegirmaga ega bo‘ladilar.

Shartnomalarni rasmiylashtirish Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida 2022-yil 18-iyul soat 09:00 dan boshlab amalga oshiriladi.

Sentabr oyidagi kirish imtihonlari (3-bosqich) qoidalari tez orada e’lon qilinadi.
Qabul komissiyasining ishi uchun mas’ul shaxslar:

Rektor – Inoyatxodjayev Jamshid Shuxratullaevich

Dekan – Abdullayev Farhod Bahramovich

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:
Ariza beruvchi pasportining asl nusxasi;
Ariza beruvchining ota-onasining pasport nusxasi.

Barcha savollar boʻyicha raqamlar:
71 246-80-51 / 52,
71 246 63 48

Elektron pochta: admission@polito.uz

Manzil: Kichik Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Olmazor tumani, Toshkent 100095, Oʻzbekiston

873
image_pdfimage_print