You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) ishchi guruhining 2022-yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Italiyaning Turin shahriga xizmat safari bo‘yicha HISOBOT

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti (TTPU) ishchi guruhining 2022-yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Italiyaning Turin shahriga xizmat safari bo‘yicha HISOBOT

2022 yil 25 iyun – 05 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev boshchilidagi delegatsiya Italiyaning Turin Politexnika Universietiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

  1. “Politecnico di Torino” universiteti (Italiya Respublikasi) bilan 2021/2022 o‘quv yili yakuni natijalari va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi va maqqulandi;
  2. 2022/23 o‘quv yiliga rejalar kelishildi va shartnoma imzolandi.
  3. “Juventus Academy Tashkent” akademiyasi “Juventus” S.p.A. bilan rasman 3 yillik shartnoma imzoladi va akademiyaning tarbiyalanuvchilari “Juventus” S.p.A.ning yozgi va qishki futbol lagerlariga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;
  4. Sanoat sohalarida mutaxassislarni tayyorlash uchun professional ta’lim tashkil etish;
  5. Akademik mobillik dasturi bo‘yicha grantlar soni oshirildi.
  6. Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari ta’lim yo‘nalishini 2022 yil sentyabr oyidan tashkil etish bo‘yicha shartnoma loyihasi muxokama qilindi va shartnoma puli 40 ming yevroga arzonlashtirilishiga erishildi.

                    

616
image_pdfimage_print