TTPU maktablar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga biriktirilgan 14, 78, 129, 203, 312 va 196-sonli maktablarning 5-sinf o'quvchilari o'rtasida "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida "Quvnoq startlar" sport musobaqasi o'tkazildi. 196-maktabda o'tkazilgan ushbu musobaqada o'quvchilar bir nechta shartlar bo'yicha bellashdilar va 196-maktab a'zolari faxrli birinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. Tadbir yakunida g'olib bolgan ishtirokchilarga va barcha qatnashchilarga universitet tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari topshirildi. Musobaqadan qiziqarli lavhalarni quyidagi video orqali ko'rishingiz mumkin! https://youtu.be/cInV3xc-9r4

Batafsil o'qing TTPU maktablar o’rtasida sport musobaqasi o’tkazdi.