You are currently viewing Jahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

Jahon chempioni universitetda o’z o’qishini boshladi

     O‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida shaxmat bo‘yicha 44-Olimpiada g‘olibi, “O‘zbekiston iftixori” medali sohibi – Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Biznes boshqaruvi – Menejment” mutaxassisligi bo’yicha o‘qishini boshladi.

     Chempion va uning otasi Fazliddin Ochilovni qutlar ekan, Turin politexnika universiteti rektori J.S. Inoyaxo‘jaev O‘zbekiston terma jamoasini 44-Jahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, bu g‘alabada Nodirbekning beqiyos hissasi borligini alohida ta’kidladi. Uchrashuvda Nodirbek shaxmat bo‘yicha hozirgi mashg‘ulotlari va kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi, so‘ng guruhdoshlari bilan yaqindan tanishdi.

Nodirbek va uning otasi universitetda talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni ta’kidlab, O‘zbekiston va dunyoning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish uchun ko‘plab takliflar bo‘lishiga qaramay, Toshkentdagi Turin politexnika universitetini tanladilar.

Butun universitet jamoasi nomidan Nodirbekni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor tabriklab, kelgusi turnirlarda katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qolamiz.

496
image_pdfimage_print