Avval xabar berilganidek, 17-21-oktabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan hamkorlikda yilning eng innovatsion tadbiridan biri bo’lgan “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligini o’tkazmoqda.
Ko’rgazmaning asosiy maqsadi- mahalliy va xorijiy vakillarning turli biznes yo’nalishlari uchun eng ilg’or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar, loyihalar, prototiplar va modellarni namoyish etish hamda ilgari surish uchun ishonchli platforma yaratish sanaladi.
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti an’anaviy tarzda ushbu haftalikda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu yilgi haftalikda ham universitet mashinanasozlik, axborot texnologiyalari, sog’liqni saqlash, mudofaa sohasiga oid 10 dan ortiq loyahalari bilan qatnashdi. Universitet talaba va muhandislari tomonidan yaratilgan ushbu ishlanmalar, ko’rgazma qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi.
Eslatib o’tamiz, “InnoWeek.uz-2022” Innovatsion g’oyalar haftaligi davom etmoqda.