Joriy yilning 1-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Dastlab, universitet rektori J.Sh. Inoyatxodjayev oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” Respublika tanlovini yuqori saviyada o’tkazilishi, ushbu tanlov maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib , barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
So‘ng esa, tanlovda ishtirok etayotgan universitet iqtidorli talabalari nominatsiyalar bo‘yicha qatnashib, o‘z ishlari, erishgan yutuqlari, g‘oyalari yuzasidan bir-biridan qiziq taqdimotlar qildilar.
Hay’at a’zolari talabalarning taqdimotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ular tomonidan qilingan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilarning ishlari ko‘rib chiqilib
“Yil talabasi” tanlovining Respublika bosqichida qatnashish uchun quyidagi talabalar tavsiya etildi:
1. Urunov Asadbek Davlatali oʻgʻli (“Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi 3 bosqich talabasi) – “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
2. Tursunov Diyorbek Azamiddin o‘g‘li (“Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura” yo‘nalishi 4 bosqich talabasi) – “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”;
3. Xaitov Narzullo Fayzullo o‘g‘li (“Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura” yo‘nalishi 3 bosqich talabasi)- “Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
4. Qoriyev Amirxon Aziz o‘g‘li (“Avtomatik boshqaruv va kompyuter muhandisligi” yo‘nalishi 4 bosqich talabasi)- “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”;
5. Mirkomilov Abdulvoris Mirodil o‘g‘li ( “Mashinasozlik texnologiyasi” yo‘nalishi 4 bosqich talabasi) – “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularga universitet sharafini himoya qilishda o‘z bilim va mehnatlarini ishga solib, Respublika bosqichida eng oliy o‘rinlarni qo‘lga kiritishlarida omadlar tilab qolamiz!