You are currently viewing Jaholatga qarshi ma’rifat

Jaholatga qarshi ma’rifat

Joriy yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Conference Hall” zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet rektori J.Sh.Inoyatxodjaev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish zaruratini ta’kidlab, so‘zni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili J.V.Meliqo‘ziyevga berdi.

TTPU

Uchrashuvda so‘zga chiqqan J.V.Meliqo‘ziyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik, bag‘rikenglik kabi oliyjanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi.

Shuningdek, bugungi globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilib, ushbu jarayonda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va ogoh bo’lish muhimligi ta’kidlandi.

TTPU

Savol-javob tariqasida o‘tgan tadbir so‘ngida talabalarga xujjatli film namoyish etildi. Qizg’in davom etgan davra suhbati so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

719
image_pdfimage_print