You are currently viewing Yashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

Yashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirda ko’chat ekish, yashil maydonlarni barpo qilish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan kuni-kecha universitet hududiga 100 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tkazildi.Ekilgan ushbu koʼchatlar endilikda mineral va organik oʼgʼitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Dolzarb 40 kunlik» tadbir doirasida universitetda faoliyat yurituvchi har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat va ko’tarinki kayfiyatda yondoshmoqda.

469
image_pdfimage_print