You are currently viewing Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi

Italiya universitetlari bilan hamkorlikda Biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi modernizatsiya qilinadi

Shu kunlarda Oʼzbekiston Respublikasida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan “Oliy taʼlim muassasalarning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash” loyihasi doirasida hamda Italiya Respublikasi Oliy oʼquv yurtlari bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish maqsadida Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʼyicha oʼrinbosari R.Hakimov boshchiligidagi ishchi guruhi Italiyada xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Kuni kecha Rim shahrida Barqaror rivojlantirish uchun universitetlararo tadqiqot markazi (CIRPS) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Unda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida CIRPS bilan hamkorlikda “Tibbiy uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnoparki”ni tashkil etish va texnoparkni ilg‘or tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash masalasi muhokama qilinib, uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Italiya Respublikasining taʼlim, universitetlar va tadqiqot vazirligi vakillari bilan oliy taʼlimda sifatni taʼminlash, Oliy taʼlim uchun Yevropa sifat kafolati reestrida aʼzolik masalalari boʼyicha uchrashuv oʼtkazildi. Hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar oʼtkazish, doktorantlarni tayyorlash, ularning stajirovkalarini yoʼlga qoʼyish masalalarida muhokamalar oʼtkaziladi. Oʼzbekistonning turli mintaqalaridagi 7 ta davlat oliy taʼlim muassasalaridan yiliga 30 nafar doktorantlar va professor-oʼqituvchilar almashinuvini joriy qilish boʼyicha kelishuvga erishildi.

Laquila universiteti hamkorlik masalalarini hal qilish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.Natijada 2023–2024-yillar davomida Erasmus+ grant loyihasi ko‘magida respublikaning 7 ta oliy ta’lim muassasasi (Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiallari)da “Biotibbiyot muhandisligi“bakalavriat ta’lim yo‘nalishini innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xususan, 7 ta oliy taʼlim muassasasida Biotibbiyot muhandisligi taʼlim yoʼnalishining Yevropa standarti asosida oʼquv reja va dasturlari ishlab chiqiladi, oʼqitish materiallari va vositalari tayyorlanadi, 70 dan ortiq professor-oʼqituvchilarning malakasi oshiriladi, har bir oliy taʼlim muassasasida kamida 20 nafardan talabalar ushbu yoʼnalishga ixtisoslashtiriladi.

999
image_pdfimage_print