You are currently viewing “Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

“Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan seminar o‘tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari uchun “1-dekabr OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “Zararli illatlarsiz sog‘lom avlod” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti FV bo‘lim boshlig‘i D.Narimonova, Olmazor tuman tashkilotchi ijrochi direktori X.Axmedova, tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri shifokori V.Abdullayeva, tuman Sanitar epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari A.Tadjiddinova va F.Jabborova ishtirok etdi.

Yig‘ilishni universitetning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A. ochib berib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishidan maqsad hamda ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib, talabalarni kelgan mehmonlar bilan tanishtirdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan X.Axmedova talabalarga Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy harakati, uning vazifalari, shu bilan birga sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlarning inson hayotidagi oqibatlari, OITS va uning oldini olish to‘g‘risida ma’ruza qildi. So‘ng so‘zni V.Abdullayeva OIV va OITS ning farqi nimada, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi uning yuqush yo‘llari, oldini olish choralari, teri-tanosil kasalliklari to‘g‘risida talabalarga qiziqarli ma’lumotlar berdi.


Uchrashuv davomida hozirgi kunda “Asr vabosi” nomini olgan ushbu immunitet tanqisligi kasalligini oldini olish, davolash, tarqalish yo‘llari to‘g‘risida videoroliklar, videoslaydlar namoyish etilib, talabalarni ogohlikka da’vat etildi. Tadbir davomida talabalar, mavzu bo‘yicha o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislaridan javob olishdi.

556
image_pdfimage_print