You are currently viewing Konstitutsiyaga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

Konstitutsiyaga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yo‘lini yorituvchi chiroqdir. Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkor.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Yoshlar – Qomusimiz istiqboli xazinasi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov so‘zga chiqib, “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” bayram tadbirini ochiq deb e’lon qildi va Bosh Qomusimiz tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjat deb ta’kidladi. Chunki u inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan. So‘ng tadbirni Olmazor tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyodulla Sa’dullayev yoshlarga murojaat nutqi bilan davom ettirdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi Sodiqov Xurshid ham tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, konstitutsiyada fuqarolarning huquq va burchlari, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlari to‘g‘risida talabalarga qiziqarli chiqish qildi.

Bayramni universitet talabalari tomonidan tayyorlangan “Konstitutsiya va bag‘rikenglik” mavzusida taqdimot va, videoroliklar davom ettirdi. O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Bu zaminda asrlar mobaynida turli millat va elat vakillari yashab kelayotgani hamda yurtimizda millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik muhiti hukmron. O‘zbekiston dunyo mamlakatlari uchun bag‘rikenglik borasida namuna bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yosh xuquqshunoslar kengash raisi Tursunmetova Go‘zal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5106-sonli farmoni ijrosi yuzasidan so‘zga chiqib, hozirgi kunda mamalakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirilishi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirga yosh doirachilarning sahna chiqishlari, hamda yoshlarga sevimli bo‘lgan san’atkorlarning musiqiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

916
image_pdfimage_print