You are currently viewing TTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

TTPU kitobsevarlar klubi a’zolarining uchrashuvlari doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yozgi kutubxonasida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi doirasida mushoira kechasi o‘tkazildi.

Ushbu kechada talaba-yoshlarga ustozlari tomonidan yurtimizda kitobxonlikka berilayotgan e’tibor, kitobning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Klub a’zolari ham bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, o‘zbek she’riyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq shoirlari Zulfiyaxonim, Erkin Voxidov, Abdulla Oripov, Muxammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Xurshid Davron va boshqa o‘zbek shoirlarning ijodiga mansub bo‘lgan she’rlardan yoddan namunalar o‘qib berishdi.

Kecha yakunida esa mushoirada faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandi.

145
image_pdfimage_print