You are currently viewing PhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

PhD dissertatsiyasi ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Joriy yilning 21-aprel sanasida, Italiyaning Turin politexnika (Politecnico di Torino) universitetida  TTPUning “Mexanik va aerokosmik muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchisi Yahshilikova Gulnora «Gibrid elektr transport vositalari uchun energiyani boshqarish tizimini rivojlantirish» (Development of Energy Management System for Hybrid Electric Vehicles) mavzusidagi PhD dissertatsiyasini Prof.Andrea Tonoli (Politecnico di Torino) va DSc. Sanjarbek Ruzimov (TTPU) rahbarligida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan komissiya, amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholab, uning zamonaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati va dolzarbligini ta’kidladi va tadqiqotchining kelgusi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

417
image_pdfimage_print