You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev “Italiya – O‘zbekiston” biznes-forumida ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxodjayev “Italiya – O‘zbekiston” biznes-forumida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 8-9 iyun kunlari Italiya Respublikasiga tashrifi arafasida bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida Italiyaning “Politecnico di Torino” universiteti va uning “CIM 4.0” tarmog‘i bilan hamkorlikda Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish, samaradorlikni oshirish hamda sohadagi kadrlarda sanoatda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va qo‘nikmalarini oshirish maqsadida “UzAuto Motors” AJ hududida “UzAvto akademiyasi”ni hamda Andijon viloyatida “Sanoat 4.0 akademiyasi”ni tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 1 mln. yevro bo‘lgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

“UzAvto akademiyasi” ning asosiy faoliyat yo‘nalishi avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi hodimlarga Yevropa dasturlari asosida sifat nazorati, logistika, ishlab chiqarish nazorati, texnik xizmat ko‘rsatish, haridlar, tannarx tahlili, savdo va marketing yo‘nalishlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etishdan iborat.

“Sanoat 4.0 akademiyasi” ning asosiy faoliyat yo‘nalishi esa avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tadbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonida robotlardan foydalangan holda to‘liq avtomatlashtirishni joriy etishni o‘rgatish hisoblanadi.

Biznes forum Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, Savdo va Sanoat vazirligi bilan birgalikda ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari ko‘magida, Italiya Savdo agentligi (ICE), “Italiya-O‘zbekiston” Savdo palatasi va Italiya sanoat Konfederatsiyasining (Confindustria) O‘zbekistondagi bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

891
image_pdfimage_print