You are currently viewing Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Tarmoq yosh ishchi-xodimlari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

Joriy yilning 7 may sanasida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Toshkent hududiy bo‘linma Kengashi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan tarmoq yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bilimdonlar baxsida “O‘zkabel”, “O‘zavtolizing”, “O‘zavtoInzi”, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, “O‘zmetkombinat” va Turin akademik litseyi jamoalari ishtirok etdi.

Mantiqiy va qiziqarli savollardan iborat bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda jamoalar o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin yakunida 10-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyatidan “O‘zmetkombinat” zakovatchilari 1-o‘rinni va Toshkent shahridan Turin Politexnika Universiteti zakovatchilari 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika final o‘yinida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga Toshkent xududiy kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

193
image_pdfimage_print