You are currently viewing “Talabalikka bag‘ishlov – 2024”

“Talabalikka bag‘ishlov – 2024”

Bugun, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining yangi 2024-2025-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo’lib o’tdi

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi. So’ngra, TTPU rektori Olimjon To’ychiyev so’zga chiqib, talabalikka qabul qilingan barcha talabalarni yangi o’quv yilida omad va zafarlarlar tilagan holda, kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishligiga ishonch bildiruvchi nutq so’zladi. Universitet ota-onalar kengashi raisi ham talabalarni talabalik maqomini olganlari bilan qutlab, sammimiy tilaklarini tiladi.

Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor bilimlarini bag‘ishlashga, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘zlashtirishga, o‘quv rejasi va dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarni o‘z muddatida bajarish va o‘quv mashg’ulotlarida doimiy ravishda qatnashishga, olingan kasbiy bilimlardan foydalanib, muxandislik kasbini puxta egallash va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shish, universitetning ichki qoidalarining rioya qilishni o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblash kabi so‘zlar bilan tantanali ravishda qasamyod qildilar.

Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi namunali-korgazmali harbiy orkestori, Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli qo’shiqchilari hamda univesitet talabalari o’zlarining musiqiy chiqishlari bilan tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bahsh etdi.

226
image_pdfimage_print