Talabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Universitetimizda iqtidorli talabalarimiz ko‘p! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling!” shiori ostida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy san'at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasida universitetimiz 1-bosqich talabasi Raximdjanova Nodiraxon o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda. Ushbu ijodiy ishlarni ko‘rib ko‘z quvonadi! Nodiraxonning ijodlariga muvafaqqiyat tilab, tanlovda omad yor bo‘lsin deb qolamiz!

Continue ReadingTalabamiz “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovida qatnashmoqda

Bitiruvchimiz “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi!

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 10-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulotda holatlar tufayli yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularni oqibatlarini bartaraf etishda MARDLIK va JASORAT namunasini ko'rsatgan, milliy qadriyat va an'analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, HIMMAT va OLIJANOBLIK fazilatlarini ulug'lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularga BEMINNAT KO’MAK berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko'tarishga katta hissa qo'shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, BEG’ARAZ HOMIYLIK yordami hamda ezgu ishlari bilan ko'pchilikka alohida O'RNAK BO'LAYOTGAN yurtdoshlarimiz orasida Toshkent shahridagi…

Continue ReadingBitiruvchimiz “Mehr-saxovat” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi!

Talabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "TECHNOWAYS" texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko'ra ulardan ikkitasi g'olib deb topildi. Xususan, "Nova robotics" jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan "Neuron engineering" jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo'lishdi. G'oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz! Talabalarimiz - bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz! https://www.youtube.com/watch?v=ov-H1G4eTj4&t=14s

Continue ReadingTalabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy Kengash qarori va rahbariyat buyruqlariga asosan, xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha birinchi prorektor etib – Karimov Аbdujamin Аbdujalilovich; Universitet huzuridagi akademik litsey o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari etib – Shamansurov Javlon Shamuslimovich; Xodimlar bo'limi boshlig'i etib – Tronevich Аndrey Аleksandrovich tayinlandi.

Continue ReadingXodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Universitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz... 1-oktyabr' - O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ularni ushbu…

Continue ReadingUniversitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Qadrli va aziz ustozlar! Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz! Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz! Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=52uCyqiyUB0&pbjreload=101

Continue Reading1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkidagi yana bir ishlanma…

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparki bazasidaMChJ“IDEA IMPEX” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining bosh texnologi tomonidan onkologik kasalliklarni davolash uchun mo'ljallangan "TOR (operativ reabilitatsiya texnologiyasi)" terapevtik apparati ishlab chiqildi. Ushbu qurilmaning samaradorligini tasdiqlash maqsadida, 12 oy davomida hayvonlarda sinov ishlari olib borildi va natijalari shuni ko'rsatdiki, elektromagnit to'lqinlar ta'sirida 100% rad etish bilan o'smalar kamaygan. Komissiyaning xulosasi: qurilma immunomodulyatsion ta'sirga ega bo'lib, organizmning adaptiv reaktsiyalarini rag'batlantiradi, shu bilan birga tanaga salbiy ta'sirlari aniqlanmagan. O'tgan yilning avgust oyidan boshlab“TOR” terapevtik apparatining klinik sinovi ishlarini insonlarda, bemorlarning ixtiyoriy roziligi bilan, o’tkazish boshlandi. Muvaffaqiyatli klinik sinovlardan so'ng apparatni tibbiy amaliyotga joriy etish dalolatnomasi O'zbekiston Respublikasi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkidagi yana bir ishlanma…

TTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

Aziz do'stlar! E'tiboringizga  Xalqaro press-klubning "O'zbekiston Uchinchi Renessans bo'sag'asida" mavzusidagi sessiyada ko'plab ta'lim va madaniyat namoyandalari qatorida ma'ruzachi sifatida qatnashgan universitetimiz rektori J.Sh.Inoyatxodjaev bilan bo'lgan suhbatdan bir lavxani taqdim etamiz. https://www.youtube.com/watch?v=_DL0pZL6KWA

Continue ReadingTTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do'stlar! Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz! Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo Shuningdek, videoning ta'rifida dastur haqida batafsil ma'lumot ham berilgan. Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!

Continue ReadingYangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

ERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

(2020 yil 13-fevral, Turin shahri, Italiya, ERAMCA ERASMUS + loyihasi bo'yicha uchrashuv). Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ERAMCA Erasmus + loyihasi doirasida ehtiyojlarni tahlil qilish, atrof-muhit xavfini baholash va ularning Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob'ektlariga ta'sirini kamaytirish bo'yicha seminar-forum bo'lib o'tadi. Hamkor mamlakatlardan kelgan muhtaram ma'ruzachilar, tadqiqotchilar va ishtirokchilar universitet konferentsiya zalida yoki COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli onlayn tarzda yig'ilish  o'tkazishadi. Agar siz ham vebinarda ishtirok etishni istasangiz, bonu.azizova@gmail.com ga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot: http://new.polito.uz/ru/obrazovanie/kafedry/6409-2/eramca-2/

Continue ReadingERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi. Kelishuvning maqsadi - ta'lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari: 1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash; 2. Ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish; 3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ; 4. Mehmon ma'ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish; 5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish; 6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

QABUL – UCHINCHI BOSQICH

AJOYIB IMKONIYAT Toʻgʻridan toʻgʻri IKKINCHI BOSQICHGA qabul qilinish mumkinmi? Siz bunga MUMKIN EMAS deb javob berasiz. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti esa bunga MUMKIN deydi. Endi sizda UCH YIL ichida oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati mavjud. Turin universiteti Oʻzbekistonda Yevropa andozalariga mos, texnika yoʻnalishida ta’lim olishni istovchilar uchun shunday imkoniyat berayotgan yagona universitetdir. BUNDAN TASHQARI, JORIY YILDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING BARCHA OʻQUV YO’NALISHLARI BO’YICHA QOʻSHIMCHA DASTUR (MASOFAVIY+SIRTQI) OCHILMOQDA. MEHNAT FAOLIYATINGIZNI TOʻXTATMAGAN HOLDA SIFATLI YEVROPA TA’LIMINI QO’LGA KIRITISH IMKONIYATINI BOY BERMENG. TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSI-TETINING 2020/2021 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA UCHINCHI BOSQICH QABUL –QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA MOS…

Continue ReadingQABUL – UCHINCHI BOSQICH

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan universal NovAssistant roboti Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish ilmiy-amaliy markazi ko'magida ishlab chiqildi. Ushbu loyiha jamoasi a'zolari Daler Mardonov (loyiha rahbari), Saidakbarxon Po'latov (dasturchi), Saidazizxon Saidaloyev (dizayner), Saidaloxon Ergashxojazoda (mexanik). Ushbu robotni yaratishdan maqsad tibbiyot, tadbirkorlik, ta'lim, turizm kabi sohalarda kundalik ishlarni osonlashtirish, shuningdek, nogironlaga yordam berishdir. Ushbu robotning qobiliyatlari nafaqat aloqa va hissiyotlarni ifoda etishdan iborat, balki korxona yoki uy ishlariga yordam berishni ham o'z ichiga oladi. Buyurtmachining iltimosiga ko’ra qo'shimcha funktsiyalarni ishlab chiqish ham mumkin, masalan, sun'iy intellekt, yuzni aniqlash va bino ichida boshqarish funktsiyasi. Robot ovozli…

Continue ReadingToshkentdagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan O’zbekistonda birinchi robot-yordamchisi ishlab chiqildi.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Malayziya Putra universiteti qoshidagi maktab hisoblanadi. Jahon universitetlari QS reytingi bo'yicha, Malayziya Putra universiteti 132-o'rinni egallaydi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma'lum qiladi. Barcha fanlar Malayziyalik professorlar tomonidan ingliz tilida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida olib boriladi. O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechki dasturlar ham tashkil etiladi. Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA dasturi AQSh ning AACSB akkreditasiya agentligi tomonidan akkreditasiyalangan. Jahonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditasiyani…

Continue ReadingMalayziyaning Putra Biznes maktabi Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilishni boshladi.

Hurmatli abituriyentlar!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti noyob imkoniyat haqida e'lon qiladi. Kirish imtihonlarida 70 dan yuqori ball to'plagan talabalar "O'zavtosanoat" AK va unga qo'shilgan korxonalar, shuningdek universitetning homiylik imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Nomzodlarni saralash ikki bosqichda o'tkaziladi: Universitetning maxsus komissiyasi bilan suhbat "O'zavtosanoat" AK raisi bilan intervyu Qayd etib o’tamizki, o'qishni tugatgandan so'ng, homiy talabalar korxonada ishlash majburiyatlariga ega bo'lishlarini unutmang. Shuningdek, doimiy homiylikning asosiy sharti - fanlarda muvaffaqiyatsizliklar bo'lmasligi. Barcha qiziquvchilar, iltimos, arizalaringizni a.tajimuratova@new.polito.uz elektron pochta orqali 2020 yil 1-avgustgacha topshiring. Shoshiling, joylar cheklangan!

Continue ReadingHurmatli abituriyentlar!

Test javoblari

Hurmatli Abituriyentlar, KIRISH IMTIXONLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! 2020-2021 o’quv yili uchun qabul Ushbu rasmiy xabarga diqqat bilan e’tibor berishingizni iltimos qilamiz! 7-iyul kuni bo'lib o'tgan kirish imtihonining natijalariga ko'ra, natijalar 4 toifaga bo'lindi: 1-toifa: 0.00 ballga teng va undan kam ballni qo’lga kiritgan Abituriyentlar Tayyorlov yili (Birinchi Kurs)dan o’qishga qabul qilinadilar. Ushbu Abituriyentlarga 1 Akademik O’quv Yili uchun (faqat birinchi yil) to’lov pul miqdori 42 750 000 (qirq ikki million yetti yuz ellik ming) so’mni tashkil etadi. Ushbu toifaga kiruvchi abiturientlar o’quv yili ohiriga qadar IELTS (minimum 5.5 ball) olib kelishlari shart. 2-toifa: 0.00 dan (0.00 kirmaydi) 50.00 gacha…

Continue ReadingTest javoblari
image_pdfimage_print