QABUL – IKKINCHI BOSQICH

QABUL – IKKINCHI BOSQICH

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2021/2022 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA QABUL – IKKINCHI BOSQICH QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI QABUL – BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA TO‘G‘RI KELADI

Imtihon sanasi

  • Kirish imtihonining ikkinchi bosqichi 6,7,8 IYUL kunlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 30 iyun).
  • Kirish imtihonining uchinchi bosqichi sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyin-roq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yubora olmaydilar.

Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).  

Imtihonda qatnashish uchun quyidagi bosqichlar bajarilishi zarur:

1-BOSQICH – Onlayn roʻyxatdan oʻtish

ILTIMOS, ON-LAYN ANKETANI TOʻLDIRISH BOʻYICHA VIDEO YOʻRIQNOMANI KOʻRING.

Iyul oyida boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining ikkinchi bosqichiga roʻyxatdan oʻtish ochiq.

1-bosqichdan oʻtish majburiy boʻlib, abiturientlar ushbu bosqichni amalga oshirmay 2-bosqichga oʻta olmaydilar!

2-BOSQICH – Qabul jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida, Qabul komissiyasi abituriyentning barmoq izi va fotosuratini oladi. Abituriyentda pasport, oʻrta ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat (diplom, diplom yoʻq boʻlsa sertifikat yoki oʻqishni tugatganligini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi)) boʻlishi kerak.

Bundan tashqari, talabalar ma’lumot bazasini yuritish bilan bogʻliq harajatlar tufayli, har bir abituriyent, Markaziy bank kursi boʻyicha 5 yevro (65000 soʻm) miqdorida kirish toʻlovini amalga oshirishlari kerak. Kirish toʻlovini amalga oshirmagan abituriyent imtihonga kiritilmaydi.

Imtihon

Kirish imtihonlari onlayn test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.

Onlayn test quyidagilardan iborat:

Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa)

Matnni oʻqib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa)

Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa)

Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

On-line test 42 SAVOLDAN iborat boʻlib, 90 DAQIQA davom etadi. Barcha savollar 5 ta javoblar variantidan iborat boʻlib, ulardan bittasi toʻgʻri.

Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:

  • 1 ball – agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
  • -0.25 – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
  • 0 ball – javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)

Barcha fanlar boʻyicha imtihon ingliz tilida oʻtkaziladi!

Imtihon natijalari

Abiturientlar toʻplagan ballarini onlayn testni yakunida bilib oladilar. Abiturient-larning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi kirish testidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)

GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score inthe “Analytical Writing” section

GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “AnalyticalWriting” section.

SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.

Ingliz tili sertifikati

TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar 4.5 balldan kam boʻlmagan IELTS sertifikati (akademik) ga ega boʻlishlari lozim.

TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun 5.5 yoki undan yuqori boʻlgan IELTS sertifikati (akademik) talab qilinadi.

TTPU da IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati: https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.

TTPU da ta’lim olish uchun toʻlov miqdori

Barcha oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha 1 oʻquv yili uchun toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi.

  QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN

Qabul komissiyasining ish jarayoni uchun mas’ul shaxslard:

Qabul komissiyasining raisi – Inoyatkhodjaev J.Sh.

Qabul komissiyasining mas’ul kotibi – Abdullayev F.B.

Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarning faoliyati uchun javobgar emas.

On-layn anketani toʻldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma’lumotlar yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar uchun bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining quyidagi keltirilgan manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi).

Elektron manzil: admission@polito.uz

Telefon raqamlar: +99871 246-63-48, +99871 246-80-52

image_pdfimage_print