🏆O’zbekiston Xalqaro Taqsimlangan Fizika Olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

  • Post category:Yangiliklar

📚7-15 dekabr kunlari Xalqaro ttaqsimlangan Fizika Olimpiadasi (The International Distributed Physics Olympiad, IdPhO) masofaviy tarzda bo‘lib o‘tdi. Jahonning 57 ta mamlakatidan 285 nafar o‘quvchi ishtirok etgan mazkur olimpiadada IPHO-2020 uchun saralangan milliy terma jamoa a'zolari ishtirok etdilar. 👨‍🏫Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti o‘qituvchisi Doniyor Babajanov terma jamoa rahbari sifatida o‘quvchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilib, ularni mazkur xalqaro olimpiadaga tayyorladi. 🥉Mazkur olimpiadada O‘zbekiston sharafini besh nafar iqtidorli o‘quvchi himoya qildi. Jamoamiz a'zosi Rail Xashaev faxrli 3-o'rinni egallab, bronza medali sohibi bo'ldi. Bronza medali O'zbekiston ahliga muborak bo'lsin!

Continue Reading🏆O’zbekiston Xalqaro Taqsimlangan Fizika Olimpiadasida bronza medalini qo’lga kiritdi.

Bizning hayriya aktsiyamizga qo’shiling!

  • Post category:E'lonlar

Yangi yilda yaxshilik qilishni hohlaysanmi? Unda bizning hayriya aktsiyamiz aynan siz uchun! Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti yoshlar ittifoqi va ko'ngilli yoshlari tomonidan 22- dekabr kuni "Xlebushkina" nomli bolalar uyiga borishni tashkillashtirildi. "Bir dona shirinlik harid qil va bir bolaga baxt ulash" aktsiyamiz 2 kun 16-17 dekabr kunlari o'tkaziladi. Agarda sizni ishtrok etish uchun imkoniyatingiz bo'lmasa, siz hohlagancha miqdordagi pulni kartadan yuborishingiz va bolalarni yangi yil mo'jizasi bilan hursand qilish imkoniyati bor. Yeg'ilgan pullarga biz: Sovg'alar olamizBolalar uchun shaxsiy gigiyena vositalarini sotib olamizTalabalarimiz tomonidan yozilgan niyatlar to'la hatlarni yetkazamiz. Biz bilan birgalikda yaxshilik qiling❤️

Continue ReadingBizning hayriya aktsiyamizga qo’shiling!

TTPU da “Qizlar ijod kechasi” bo’lib o’tdi

Yurtboshimiz tomonlaridan ta'kidlanayotgan masalalardan biri bu xotin-qizlar bilan ishlash, ularning ko'nikmalarini oshirish va ish bilan ta'minlashga qaratilgan chora tadbirlar va dasturlardir. Hozirda aynan shu mavzu oldimizga qo'ygan ulug'vor maqsadlarimizdan biri desak yanglishmagan bo'lamiz. Bunga 4-dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida universitet Xotin-qizlar kengashi tomonidan o'tkazilgan ijodiy kecha yaqqol misol bo'la oladi. Ijodiy kechada Universitetimiz va uning qoshidagi akademik litseyning talaba qizlari o'z iqtidorlarini yuksak darajada namoyon etdilar. Qizlar tomonidan she’rlar, kuy va qo’shiqlar ijro etildi hamda biserda yasalgan qo’l mehnati namunalari va foto ko’rgazmalar namoyish etildi. Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan P. Benkov nomli san'at maktabi katta o'qituvchisi o’z…

Continue ReadingTTPU da “Qizlar ijod kechasi” bo’lib o’tdi

“Qishki IT-Oromgoh”

  • Post category:E'lonlar

Qishki ta'til yaqinlashmoqda! Agar sizni farzandingiz o'z ta'tilini unumli o'tkazishini istasangiz, unda bu yangilik aynan siz uchun!Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti🎓 tashabbusi bilan 25-dekabrdan 30-dekabrgacha "Qishki IT Oromgoh" tashkil etilmoqda.Oromgohda farzandingiz :-Robototexnika🤖-Dasturlash💻-Grafik dizayn🎨-3D modellashtirish⚙️-Videoni tahrirlash kabi📽yo'nalishlardan dars olib, robotlarni yig'ish va ularga dastur yozishni o'rganadilar. Shu bilan birga kunning ikkinchi yarimida lagerda:-intellektual o'yinlar🧩-sport musobaqalari🏓-ko'ngilochar o'yinlar🔥hamda robot janglari🤖 ham bo'lib o'tadi. Shuningdek, oromgoh dasturi so'ngida har bir ishtirokchi:-ajoyib va unutilmas sovg'alar🎁-universitet rektori nomidan sertifikat📃va eng asosiysi kerakli bilimlarga📚 ega bo'ladi!Ishtirokchilar soni cheklangan ❗️❗️❗️Ro'yxatdan quyudagi ilova orqali o'ting.https://forms.gle/7XHznUZNNMqx1S5f7 https://youtu.be/3ZtsYt6KasE

Continue Reading“Qishki IT-Oromgoh”

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturi o’tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlab Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida 9-dekabr kuni "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" nomli konsert dasturi o'tkazildi. Konsert ulug' madhiyamiz sadolari bilan boshlandi. O'tmishimiz, bugunimiz va albatta porloq kelajagimiz aks etgan video rolik barchani ta'sirlantirdi. Jonli ijroda talabalarimiz tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar va raqslar guldastasi zalga yig'ilgan mehmonlarni ham raqsga chorladi. https://youtu.be/_rJq-HDGaUo

Continue Reading“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturi o’tkazildi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va 196-sonli maktab o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektorda belgilab o‘tilgan vazifalar ijrosiga hamda Oliy ta'lim muassasalariga o‘rta ta'lim maktablarini biriktirish va ularni ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha 2020 yil 22 noyabr kuni Bosh Vazir o‘rinbosari Musaev B.A. rahbarligida bo‘lib o‘tgan Ishchi guruh majlisi 3-son Bayoniga muvofiq Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga (TTPU) Olmazor tumanidagi 196-umumta'lim maktabi otalig‘iga olish uchun biriktirib berildi. Shu asnoda, TTPU 196-umumta'lim maktabi bilan hamkorlik ishlarini boshlab yubordi. 30 noyabr - 1 dekabr kunlari maktab professor-o‘qituvchilari TTPUga tashrif buyurishdi va ularga universitet mas'ul xodimlari tomonidan universitet faoliyati, ta'lim…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti va 196-sonli maktab o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturimizga taklif etamiz!

  • Post category:E'lonlar

😊Hurmatli TTPU talabalari, professor-o’qituvchilari va hodimlari! Barchangizni 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan Universitetimiz konferensiyalar zalida 9-dekabr kuni soat 12:00da bo'lib o'tadigan "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi" nomli konsert dasturimizga taklif etamiz! 🎉🎉🎉 O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi muassisligidagi Respublika Yosh huquqshunoslar Kengashi tomonidan tashkil etilgan bu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi yoshlarining chiqishlari, kuy va qo'shiqlar joy olgan. 🎈Barchangizni bayram dasturimizga chorlab qolamiz!🎈

Continue Reading“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli konsert dasturimizga taklif etamiz!

KONSTITUTSIYA – ADOLAT MEZONI

  • Post category:Yangiliklar

Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o’zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o'z konstitutsiyasiga egaemas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham egaekanligi bizning baxtimiz albatta. Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkinhayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda. Bugun 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabulqilinganiga 28-yil to'ldi. Shu munosabat bilanToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti barchangizni ushbu sana bilan muborakbod etadi. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin. Doimo yurtimiz tinch…

Continue ReadingKONSTITUTSIYA – ADOLAT MEZONI

Fransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services” kompaniyasi TTPU talabalariga katta qiziqish bildirmoqda

  • Post category:Yangiliklar

"Assystem Engineering and Operation Services" vakillari Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, talabalarni o'qitish metodikasiga katta qiziqish bildirdilar va universitet bazasini yuqori baholadilar. O'tgan yilning sentyabr oyida kompaniya "Uzenergoengineering" kompaniyasi bilan birgalikda O'zbekistonda o'z faoliyatini boshladi. Assystem Engineering and Operations Services dunyoning 14 mamlakatida "innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda" barcha turdagi elektr tarmoqlari va energiya inshootlarini loyihalashga bag'ishlangan frantsuz tashkiloti hisoblanadi. U dunyodagi uchta yirik xalqaro atom energetikasi kompaniyalaridan biri bo'lib, murakkab va qat'iy tartibga solinadigan sohalarda 50 yillik tajribaga ega. "Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari va bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash asosan" O'zavtosanoat", "O'zbekenergo", O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi," Lukoyl…

Continue ReadingFransiyaning “Assystem Engineering and Operation Services” kompaniyasi TTPU talabalariga katta qiziqish bildirmoqda

Respublikamizda Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi – “International Distributed Physics Olympiad-2020” uchun tanlov qay tarzda o‘tkazildi?

  • Post category:Yangiliklar

❗️Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi-2020 da qatnashish uchun O‘zbekiston jamoasini shakllantirish maqsadida tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi. 1️⃣- bosqichda barcha fizika yo‘nalishida o‘z bilimini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan 16 yoshdan-18 yosh oralig‘idagi ishtirokchilar onlayn test topshirdilar. Natijalarga ko‘ra ishtirokchilar ichidan 20 nafari saralab olinib 2 va 3 – bosqichga taklif etildi. 2️⃣-bosqich oflayn shaklda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida bo‘lib o‘tdi. Barcha ishtirokchilarga bilimlarini ko‘rsatish uchun masalalar va laboratoriya ishi berildi. Ushbu bosqich so‘ngida har bir ishtirokchi universitet tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. “Ushbu sertifikat Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirish imtixonlarida abiturientlarga imtiyoz kuchiga ega bo‘ladi”,- dedi universitet rektori J. Sh. Inoyatxodjaev.…

Continue ReadingRespublikamizda Xalqaro taqsimlangan fizika olimpiadasi – “International Distributed Physics Olympiad-2020” uchun tanlov qay tarzda o‘tkazildi?

Bu yil “UzAuto Mustaqillik Kubogi” da kim g’olib bo’ldi?

  • Post category:Yangiliklar

⚽️"UzAuto Mustaqillik Kubogi" - bu har yili AK "O'zavtosanoat"ning barcha korxonalari xodimlari o'rtasida o'tkaziladigan futbol chempionati hisoblanadi. 🏆"UzAuto Mustaqillik Kubogi-2020" chempionati natijalariga ko'ra finalda "Avtosanoat Cepla" MChJ QK jamoasi bilan kuch sinashgan holda professor-o'qituvchilar va ma'muriyatdan iborat Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti jamoasi 4:0 hisobi bilan g'olib bo'ldi. 👏G'oliblarimizni tabriklaymiz! TTPU jamoasi bizning faxrimiz! 🤩E'tiboringizga final uchrashuvidan parchalarni taqdim etamiz! ⬇️ https://youtu.be/mKZuhoot2uk

Continue ReadingBu yil “UzAuto Mustaqillik Kubogi” da kim g’olib bo’ldi?

Italiya elchisi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, 19 noyabr kuni, Italiyaning Toshkentdagi elchisi Agostino Pinna Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliy o'quv yurti vakillari elchini universitet faoliyati, ma'muriyati va universitet binolari bilan tanishtirdilar. Muzokara davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalari ham muhokama qilindi. Umid qilamizki, ushbu uchrashuv Italiya va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun yana bir qadam bo'ladi! https://youtu.be/Ek-P7O3NVXE

Continue ReadingItaliya elchisi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

  • Post category:Yangiliklar

Mamlakat bayrog‘i bu oddiygina timsol emas, balki butun bir millat faxri hisoblanadi. U mamlakatning tarixi va mafkurasi haqida aytib turadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining ramzi hisoblanadi. Davlatimiz bayrog‘i doimo baland ko‘tarilsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Vatanimiz kelajagi porloq bo‘lsin! https://www.youtube.com/watch?v=OwLHhbpci7E

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Joriy yil respublika miqyosida 428 ta loyihalar bir nechta bosqichda ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunida Respublika Komissiyasi a'zolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni g‘olibi deb topildi. G‘oliblar safida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavr va PhD doktorantura bitiruvchisi Mirzaliev Sanjar Maxamatjon o‘g‘li ham bor. 6 noyabr' kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi binosida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibroxim Yulchievich Abdurahmonov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o‘rinbosari Akmal Muradovich Jumaboev tabrikladilar. Marosimda bitiruvchimiz Mirzaliev Sanjar so‘zga chiqib, berilgan ushbu yuksak ishonchni kelgusidagi ishlar bilan davom…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bitiruvchisi «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Endilikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari 2-kursni tamomlab, o‘qishini AQShdagi Pittsburg universitetida davom ettirishlari mumkin. Universitetlar bu borada maxsus «2+2» dasturini ishlab chiqdi.

2 noyabr kuni ayni mavzuda tomonlar o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiylar bilan birga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ham ishtirok etdi. Onlayn muloqot davomida talabalarga «2+2» dasturining mazmun-mohiyati, Pittsburg universitetiga kirish shartlari va talablari hamda o‘qish davomida va o‘qishni tamomlagandan keyingi imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha ham javob olishdi. Pittsburg davlat universiteti vakilining aytishicha, talabalar o‘qishni tamomlab, AQShning nufuzli kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. «Chet ellik talaba diplomini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng, AQShda 3 yil davomida talabalik vizalari bilan nufuzli kompaniyalarda ishlashlari mumkin. Har yili Pittsburg davlat universiteti “job fair”, ya'ni mehnat yarmarkalari…

Continue ReadingEndilikda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari 2-kursni tamomlab, o‘qishini AQShdagi Pittsburg universitetida davom ettirishlari mumkin. Universitetlar bu borada maxsus «2+2» dasturini ishlab chiqdi.
image_pdfimage_print