«O‘zavtosanoat» kompaniyasi mutaxassislari va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan koronavirus pandemiyasiga karshi kurashda innovatsion yechim
Bugungi kunda butun dunyoda avj olayotgan koronavirus pandemiyasi davrida sifatli tibbiy xizmat, xususan zamonaviy yuqori aniqlikdagi sifatli tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj oshib bormoqda. O‘z navbatida, yurtimizda ham zamonaviy, jaxon standartlaridagi tibbiyot uskunalariga bo‘lgan extiyoj tobora ortib bormoqda. Jumladan, kasallik og‘ir kechayotgan bemorlarni xayotini saqlab qolishda o‘pkani sun'iy ventilyasiyalash (O‘SV) apparatining o‘rni juda muxum. Shu sababli koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston tomonidan xorijiy davlatlarning O‘SV apparatlari va test-sistemalari muntazam sotib olinmoqda. Xorijdan sotib olinayotgan bunday tibbiyot uskunalari juda katta mablag‘ni talab etadi. Xususan, Osiyo tarraqiyot banki va Jahon banki tomonidan O‘SV apparatlarini sotib olish uchun 30 million dollar ajratildi. Butun dunyo tibbiyot…