You are currently viewing Maktablar va o’quv markazlari o’quvchilari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Maktablar va o’quv markazlari o’quvchilari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga tashrif buyurishdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti ko’plab abituriyentlarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Ko’plab maktablar o’quvchilari TTPUga tashrif buyurib, universitetning barcha imkoniyatlari va sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ekskursiyalar universitet faoliyati va uning Evropaning muhandislik sohasidagi eng yaxshi o’nta universitetlaridan biri bo’lgan Turin Politexnika Universiteti (Italiya) bilan hamkorlikda tashkil topilganligi tarixi bilan qisqacha tanishishdan boshlandi. O’quv mashg’ulotlari faqat ingliz tilida olib borilishi, o’quv dasturi to’liq TPU-Italiya tomonidan tashkil etilgani va universitetni tugatgandan so’ng 2 ta diplom, – bittasi TPU-Italiya tomonidan berilishi va o’z navbatida ushbu diplom dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida tan olinishi, ikkinchisi esa Toshkent shahridagi Turin universiteti tomonidan taqdim etilishi – maktab o’quvchilarida katta taassurot qoldirdi.

So’ngra volontyor talabalar universitet kamusi – 2 ta o’quv binolari, yopiq va ochiq kutubxonalar, sport majmuasi, basketbol va futbol stadionlari va hozirda skeytbord rampasi va tirmashib chiqadigan qoya, ya’ni skaladrom joylashgan yangi skeyt parki bilan tanishdilar.

Shuningdek, maktab o’quvchilari innovatsion g’oyalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan mexatronika markazi va texnoparkdagi universitet talabalarining so’nggi loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Umid qilamizki, biz mehmonlarimizni universitetimizning imkoniyatlari bilan imkon darajasida to’liq tanishtira oldik.

Siz bilan yana ko’shamiz degan umiddamiz!

1 413
image_pdfimage_print