You are currently viewing Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining Italiyaga xizmat safari natijalari

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining Italiyaga xizmat safari natijalari

      “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug’bek Rozukulov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyevning Italiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 20-fevral kuni “IVECO” (Industrial Village Complex) korxonasiga tashrif buyurildi.

         Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga mos keluvchi, energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha dunyoning yetakchi korxonalari tajribalarini oʻrganish sanaladi. Rivojlangan mamlakatlar avtomobil ishlab chiqaruvchilari ichki yonish dvigatellari bilan bir qatorda elektr transport vositalari uchun akkumulyator loyihalarini faol amalga oshirish doirasida barqaror rivojlanish va atrof-muhit qoidalariga rioya qilishga intilmoqda.

        Italiyaga xizmat safari dasturiga ko‘ra, 21-fevral kuni delegatsiya a’zolari Italiyaning Turin politexnika universitetining (Politecnico di Torino) amaldagi rektori Guido Sarakko va professor Anita Tabakko hamda yangi saylangan rektori Stefano Paolo Corgnati bilan uchrashdi.

      Uchrashuvda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan 15 yillik samarali hamkorligi, istiqboldagi rejalar va loyihalar muhokamaning asosiy mavzulari bo‘ldi.

      Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari professorlar Perluiji Leone, Nikola Amati va Andrea Tonoli hamrohligida CARS avtomobil tadqiqotlari va barqaror mobillik markaziga (CARS Center for Automotive Research and Sustainable Mobility) tashrif buyurib, laboratoriyada amalga oshirilgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

      Dasturga muvofiq, “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov  tomonidan «O‘zbekistonda avtomobil sanoati» mavzusida ma’ruza taqdimoti  o‘tkazildi. Ma’ruzada nafaqat talabalar, balki professor o‘qituvchilar hamda dunyoning nufuzli kompaniya vakillari ham qatnashdi.

“O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozuqulovning “O‘zbekiston avtomobilsanoati” mavzusidagi ma’ruzasi talabalar, professor-o‘qituvchilar va yetakchi jahon kompaniyalari vakillarining e’tiborini tortib, bilim va tajribaning o‘zaro almashuvi uchun o‘ziga xos platforma yaratdi.
       Mazkur tadbir O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi, shuningdek, kelajakdagi loyihalar va tadqiqotlar uchun samarali istiqbollarni yaratdi.

755
image_pdfimage_print