O‘zbekistonda Asnaro universitetini tashkil qilish konsepsiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

2021-yil 10 dekabr kuni Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi va uning hamkorlaridan (DiDi Investments, ERC Institute, Kydon Learning System Institute va Alpha Energy Holdings) tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda Asnaro universitetini tashkil qilish konsepsiyasi taqdimoti bo’ldi. Shuningdek uchrashuv davomida hamkorlik masalasi muhokama qilindi va keying uchrashuvda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun qayta tashrif rejalashtirildi.  

Continue ReadingO‘zbekistonda Asnaro universitetini tashkil qilish konsepsiyasi taqdimoti bo’lib o’tdi

Korrupsiya – rivojlanish uchun to’siq!

  • Post category:Yangiliklar

 Bosh qomusimiz qabul qilinganiga 29 yil to’lgani munosabati bilan va 9-dekabr Butun jahon Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan , joriy yilning 9-dekabr kuni universitetimiz konferensiyalar zalida “Prokuratura faoliyatidagi shaffoflik” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirimiz mehmonlari O’zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurorlari Qurbonova Mohira Jaylavovna, Mamarahimova Shahodat Yusupovnalar yoshlarimizga Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro huquq hamda majburiyatlari va ularning kafolatlari to’grisida, pandemiya davrida olib borilayotgan ijtimoiy himoyaga asoslangan islohotlar to’g’risida ma’lumotlar berdilar hamda Korrupsiya - har qanday jamiyatning taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan illat ekanligini hayotiy dalillar bilan asoslab berdilar. Tadbirning yana bir mehmoni Ta’lim muassasalaridagi Yoshlar bilan ishlash…

Continue ReadingKorrupsiya – rivojlanish uchun to’siq!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tadqiqotchilari tomonidan bino va inshootlarning zilzilabardoshlilik darajasi o‘rganilmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 -yil 30 -iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta‘minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi PQ-4794 sonli qarorining 7-bandiga asosan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti qoshida “Bino va inshootlarni eksperimental tadqiq qilish ilmiy-texnik laboratoriyasi” tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” gi qaroriga asosan 2021-yil 4-6-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti  professor- o‘qituvchilari, tadqiqotchi va mutaxasislari tomonidan Andijon shahridagi Alisher Navoiy shox ko‘chasida joylashgan 13 qavatli binoning seysmik mustahkamligini baholash maqsadida maxsus uskunalar yordamida kerakli ma‘lumotlar yig‘ildi. Ushbu jarayonda binoning…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tadqiqotchilari tomonidan bino va inshootlarning zilzilabardoshlilik darajasi o‘rganilmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida 2021 yil 21 sentyabrda bo‘lib o‘tgan majlis 51-sonli Bayoniga muvofiq, universitetga biriktirilgan Olmazor tumani “Chimboy” va “Gulzor” mahalla fuqarolar yig‘inlari axolisi o‘rtasida joriy yilning 5 oktyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lib o‘tgan saylovoldi targ‘ibot-tashviqot ishlarida universitet xodimlari va professor- o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Mazkur targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol ishtirok etgan universitetning quyidagi xodim va professor- o‘qituvchilari moddiy rag‘batlantirildi: 1. Alibekov Doniyor Nurmamatovich 2. Mavlonov Otabek Anvarovich 3. Usmonov Saidislom Mannonovich 4. Azamatov Abdulaziz Irgashevich 5. Xoltursinov Erkin Berkinbayevich 6. Eshqobilov Olimjon Yusupovich 7. Yaxshilikov…

Continue Reading

Jaholatga qarshi maʼrifat

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yil 2 dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti konferentsiyalar zalida "Jaholatga qarshi maʼrifat" mavzusida diniy qoʼmita vakillari bilan hamkorlikda, Din ishlari boʼyicha qoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi Meliqoʼziev Jaxongir Valijonovich hamda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi katta oʼqituvchisi Saidafzal Saudxanbalovich Saidjalolov ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Continue ReadingJaholatga qarshi maʼrifat

Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha!

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan 2021 yil 1 dekabrda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida kosmik soha yutuqlarini keng yoritish maqsadida Anastasiya Stepanova hamda Vitaliy Yegorov kabi xorijiy ekspertlar ishtirokida “Kosmos – cheksizlikdan biznesgacha” mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi. Anastasiya Stepanova – “Mars-160” va “SIRIUS-19” xalqaro kosmik loyihalari ekipaji aʼzosi. Mazkur tadbirda xorijiy ekspertlar tomonidan kosmik soha bilan tanishtiruv, ekspertlarning sohadagi shaxsiy hayotiy tajribalari, hozirda sohada xususiy sektor vakillari uchun keng imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi mavzularga bag‘ishlangan taqdimot-maʼruza bo'lib o'tdi

Continue ReadingKosmos – cheksizlikdan biznesgacha!

O’ZBEKISTONDA TEXNOLOGIK RIVOJLANISH MARAFONI

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi milliy boshqarmasida Yoshlar masalalari agentligi, Toshkent shahar hokimligi va Uzkard bilan hamkorlikda 2021-yil 15-24-noyabr kunlari texnologik taraqqiyot marafoni - TECHNOWAYS bo'lib o'tdi.Ushbu marafon iqtidorli yoshlarning loyihalarini har tomonlama rivojlantirish va ularning texnologik bilimlarini boyitishga qaratilgan. Marafonda butun O‘zbekistondan 300 dan ortiq loyiha ishtirok etdi.Talabamiz Asadbek O‘runov TECHNOWAYS marafonida g‘olib chiqdi va Dubayda bo‘lib o‘tadigan Expo 2020 ko‘rgazmasiga yo‘llanma oldi. Hammamiz uni tabriklaymiz.

Continue ReadingO’ZBEKISTONDA TEXNOLOGIK RIVOJLANISH MARAFONI

Yong’in xavfsizlik qoidalari o’quv-mashg’uloti

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalarga yong’in xavfsizlik qoidalarini o’rgatuvchi o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi. Mashg’ulot davomida yong’in xavfsizlik xodimlari talabalarga yong’in paytida qanday qilib o’zini tutish, olovni tez o’chirish yo’llarini o’rgatib talabalar bilan birgalikda interaktiv topshiriqlar bajarishdi.

Continue ReadingYong’in xavfsizlik qoidalari o’quv-mashg’uloti

Tasodifiy tanlov yo’li bilan g’olib bo’lgan talabamiz Yo’ldoshev Davronbek bugun o’z sovrini – noutbuk oldi!

  • Post category:Yangiliklar

Talabalarning Prezident saylovida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ko‘plab ishtirokchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tasodifiy tanlov yo'li bilan g'olib bo'lgan talabamiz Yo'ldoshev Davronbek bugun o'z sovrini - noutbuk oldi! TABRIKLAYMIZ!Agar bu safar g'alaba qozona olmagan bo'lsangiz, xavotir olmang, tanlovlarimiz yanada ajoyib sovg'alar bilan davom etmoqda!Nimaga Turinni tanlaganingiz haqida bir daqiqalik videorolik tayyorlang va universitetimiz ijtimoiy tarmoqlarida eng ko‘p layk to‘plang:1-o'rin: Noutbuk2-o'rin: Planshet (10 dyum)3-o'rin: Planshet (7 dyum)

Continue ReadingTasodifiy tanlov yo’li bilan g’olib bo’lgan talabamiz Yo’ldoshev Davronbek bugun o’z sovrini – noutbuk oldi!

AQSHga xizmat safari amalga oshirilmoqda

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4397-son qarorida avtomobil sanoatida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan toshiriqlarni bajarish maqsadida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pitsburg davlat universiteti bilan hamkorlikda Avtomobilsozlik sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, birinchi prorektor A.A.Karimov va strategik rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i J.A.Abdujalilov Pitsburg davlat universiteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish va Avtomobilsozlik texnologiyasi yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturining kelishuv shartnomasini imzolash maqsadida 2021 yil 31…

Continue ReadingAQSHga xizmat safari amalga oshirilmoqda

UzAuto kompaniyasi o‘z tarkibida loyihalshtirgan ko‘chma tibbiyot markazlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi

  • Post category:Yangiliklar

Respublika rahbari tashabbusiga binoan “O‘zavtosanoat” tomonidan chekka hududlar aholisining kasalliklarini tashxislash va oldini olishga mo‘ljallangan tor yo‘nalishdagi uch turdagi ko‘chma tibbiyot markazlari loyihalashtirildi va ishlab chiqarildi. Ginekologik, urologik va umumiy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy ko‘chma tibbiyot markazlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan “KAMAZ” rusumli avtomashina va “Isuzu” avtobusi negizida yaratildi. Tibbiyot markazlarida mammologik, ultratovush va boshqa tekshiruvlar uchun zamonaviy uskunalarning o‘rnatilishi O‘zbekistonning eng chekka hududlarida tor mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda tibbiy xizmat ko'rsatish darajasini yaxshilash va mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholining hayot sifatini yaxshilash bo'yicha katta ishlar amalga…

Continue ReadingUzAuto kompaniyasi o‘z tarkibida loyihalshtirgan ko‘chma tibbiyot markazlarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi

Xalqaro aloqalar rivojlanmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21-oktabr kuni Yaponiyaning Aychi Prefektura Universiteti vitse-prezidenti, direktori va professori Hiroaki KAWABATA O’zbekiston Respublikasi Prezident sayloviga kuzatuvchi sifatida kelgan safari davomida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga ham tashrif buyurdi. Tashrif davomida Mr.KAWABATA universitet kampusi faoliyati bilan yaqindan tanishib kelgusidagi birgalikda hamkorliklar haqida kelishib olindi. Uchrashuv davomida professor-o’qituvchilarning ilmiy hamkorligini yo’lga qo’yish va “Axborot texnologiyalari” yo’nalishi talabalari uchun talaba almashinuv dasturini amalga oshirish haqidagi kelishuvga erishildi.

Continue ReadingXalqaro aloqalar rivojlanmoqda

“Kadrlar boshqaruvi, Xodimlarni boshqarish” malaka oshirish kursi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi ikki haftalik “Kadrlar menejmenti, Kadrlar boshqaruvi” malaka oshirish kursini o'tkazdi. Kursda Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ozbekiston Respublikasi Davlat zaxiralari qo`mitasi kadrlar xizmati xodimlari ishtirok etdilar. Trening davomida xodimlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari va kontseptsiyalari, mehnat qonunchiligining asoslari, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish masalalari, ishga qabul qilishda psixodiagnostika va boshqalar kabi mavzularga to'xtalib o'tildi. Tinglovchilar kursni tashkillashtirganliklari uchun minnatdorchiliklarini bildirib, ijobiy fikrlar qoldirishdi.

Continue Reading“Kadrlar boshqaruvi, Xodimlarni boshqarish” malaka oshirish kursi.

“Energy exchange is an important factor for sustainable economic development” mavzusida xalqaro seminar

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 15 oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiya va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonalari, Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzuida halqaro ilmiy- texnik konferensiya o‘tkazildi.Xalqaro konferensiyada xorijiy universitetlar The University of Strathclyde (Buyuk Britaniya), Politecnico di Torino (Italiya) va energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Siemens Energy, Juru Energy kabi xorijiy kompaniyalarning energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdilar.Xalqaro konferensiya davomida muqobil energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar va mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashdilar va hamkorlik aloqalarini o'rnatdilar.

Continue Reading“Energy exchange is an important factor for sustainable economic development” mavzusida xalqaro seminar

Universitetimiz talabalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi

  • Post category:Yangiliklar

Suyuqliklar mexanikasi va gidravlika (Fluid mechanics and hydraulics)” fani doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi amaliy oʻquv dars jarayonlari hamda laboratoriya uskunalari bilan yaqindan tanishish uchun institutga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar institutning “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi oʻquv laboratoriyasi, Avtotraktor dvigatellari va yonilgʻi moylash materiallari tajriba laboratoriyasi va boshqa koʻrgazma stendlari bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tashrif fanni chuqurroq oʻzlashtirish, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va pirovardida sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishiga ishonamiz.

Continue ReadingUniversitetimiz talabalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi

11-Oktyabr – Xalqaro Qizlar kuni

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Univesitetida – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “O’zbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari” mavzusida Respublika forumi bo’lib o’tdi. Forum davomida san’at sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarning musiqiy chiqishlari bo’lib o’tdi. Qolaversa, jamiyatdagi turli sohalarda faol mehnat qilayotgan rahbar ayollarning forum ishtirokchilari bilan muloqotlari bo’lib o’tdi. Forum yakunida faol ishtirokchilarni taqdirlash va tadbirning yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

Continue Reading11-Oktyabr – Xalqaro Qizlar kuni

Xalqaro “SOL-GEL 2020” konferensiyasi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 11-15 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda Samarqand Davlat Universitetida MDH davlatlarining oltinchi xalqaro konferensiyasi "Sol-gel sintezi va noorganik birikmalar, gibrid funksional materiallar va dispersli tizimlarni tadqiq qilish"-"SOL-GEL 2020" bo’lib o’tadi. Konferensiya davomida xorijiy va mahalliy professorlar-o'qituvchilar taqdimotlari bilan qatnashadilar. Bundan tashqari xalqaro deligatsiya Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarga sayohat qiladi. Qolaversa, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Continue ReadingXalqaro “SOL-GEL 2020” konferensiyasi

24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting

  • Post category:Yangiliklar

📜Konstitutsiyaviy burchingizni ado etib zamonaviy noutbuk sohibi boʻlishni xohlaysizmi? Buni yoʻli juda oson. Quyidagi shartlarni bajarsangiz kifoya: 1. 🗳24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting; 2.📝 Oʻzingizning nomzodingizga ovoz bering; 3. 📸😎Namunada koʻrsatilganidek suratga tushing👆🏻(yoki selfiga tushing); 4. 📥Suratni talabalik ID raqamingiz bilan ushbu @ttpu_saylov_2021 telegram kanalga yuboring. Gʻolibni esa, tasodifiy tanlov platformasi @wowrollbot orqali 25-oktyabr kuni soat 16:00 da Instagramdagi kanalimizda (@polito_uz) jonli efirda aniqlab olamiz. Hammaga omad yor boʻlsin! *tanlovda faqat 18 yoshdan oshgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ishtirok etishlari mumkin

Continue Reading24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting

International seminar on “Energy transition as a viable boost for sustainable economic development”

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 15 oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, Italiya va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonalari, Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda, “Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzuida halqaro ilmiy- texnik konferensiya o‘tkazilishi belgilangan. Xalqaro konferensiyada xorijiy universitetlar The University of Strathclyde (Buyuk Britaniya), Politecnico di Torino (Italiya) va energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Siemens Energy, Juru Energy kabi xorijiy kompaniyalarning energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etadilar. Xalqaro konferensiya davomida muqobil energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik…

Continue ReadingInternational seminar on “Energy transition as a viable boost for sustainable economic development”
image_pdfimage_print