Karyera markazi

Universitetning Karyera Markaziga xush kelibsiz, Sizning professional muvaffaqiyat yo‘lingiz shu yerdan boshlanadi!

Bizning maqsadimiz – talabalarga va bitiruvchilarga o’zlarining karyera orzulariga erishish uchun zarur bo’lgan vositalar, resurslar va ko’rsatmalarni taqdim etish orqali dinamik ish bozorida muvaffaqiyat qozonishga yordam berishdir. Biz taklif qilamiz:

  1. Karyera Markazi tavsiyalari
    Bizning Karyera markazimiz xodimlari sizga ish beruvchi korxonalarni o’rganish, ish qidirish strategiyalarini ishlab chiqish va CV yaratishda yaqindan yordam ko‘rsatadi. Karyera maqsadlaringizni muhokama qilish va maxsus maslahat olish uchun biz bilan bog‘laning.
  2. Amaliyot va Ishga Joylashish
    Biz yetakchi kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilamiz va keng doiradagi amaliyot va ish imkoniyatlarini taklif qilamiz. Bizning Talabalar bandligi portalimiz, sizni universitetimizdan iste’dodli shaxslarni izlayotgan ish beruvchilar bilan bog‘laydi.
  3. Seminarlar va Tadbirlar
    Bizning seminar va tadbirlarimizda ishtirok etib, professional ko‘nikmalaringizni oshiring. Mavzular CV yozish, suhbatlashish texnikalari, tarmoq korxonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Karyera yarmarkalarimizga qo‘shilib, potensial ish beruvchilar va sanoat mutaxassislari bilan uchrashing.
  4. Bitiruvchilar Assotsiyatsiyasi
    Mentorlik va karyera uchun imkoniyatlari keng bo‘lgan Bitiruvchilar Assotsiyatsiyamizga qo‘shiling. Bizning bitiruvchilarimiz o‘z tajribalarini baham ko‘rish va turli sanoat sohalari bo‘yicha tushuncha berishdan mamnun.
  5. Ish Beruvchilar Hamkorligi
    Biz ish beruvchilarning ishga olish ehtiyojlarini tahlil qilish va ularni malakali nomzodlar bilan ta’minlash uchun ular bilan yaqindan ishlaymiz. Ish beruvchilar muntazam ravishda Universitetda tashkil etiluvchi mehnat yarmarkalari, bitiruvchilar bilan suhbatlarda ishtirok etishga taklif qilinadi

 

Bizning Majburiyatimiz

Universitetning Karyera Markazida biz karyera tayyorgarligi va professional o’sishni rag’batlantiruvchi, qo’llab-quvvatlovchi muhitni yaratishga intilamiz. Siz talaba bo’lib karyera yo’lingizni rejalashtirayapsizmi yoki yangi imkoniyatlarni izlayotgan bitiruvchimisiz, biz har qadamda sizni qo’llab-quvvatlash uchun tayyormiz.

 

Biz Bilan Bog’laning

Bizning xizmatlarimizdan foydalanish uchun Universitetga tashrif buyuring yoki onlayn aloqaga chiqing. Samaradorlik nuqtai nazaridan, iltimos, o’z ma’lumotnomangizni (CV) taqdim eting. CV shabloni quyida keltirilgan. So’nggi yangiliklarni bizning ijtimoiy kanallarimiz orqali kuzatib boring.

TTPU

ADMISSION

ABOUT

EDUCATION

STUDY PROGRAMS

CONTACT US
Little Ring Road 17,  Almazar distrct, 100095, Tashkent city, Uzbekistan,

OPEN ON THE MAP

Contact numbers: +99871 246-70-82, +99871 246-63-48
E-mail: info@polito.uz
Bank: JSC “National Bank for Foreign Economic Activities”. Almazar BSC
Address of the bank: Tashkent city, Almazar district, Korakamish-2 street, 54
Account: 20208000204790690001
MFO [BIC]: 00450, INN [TIN]: 301249598, OKED [SIC]: 85420
Currency account: 20208978204790690003 (EUR €)
Currency account: 20208840904790690003 (USD $)
SWIFT: NBFAUZ2XXXX