Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining barcha Qizlari diqqatiga!

  • Post category:E'lonlar

Bizning eng go'zal, aqlli va baxtli qizlarimiz! Barchangizni 11-oktabr – Xalqaro Qizlar Kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Xalqaro Qizlar Kuni barchamizni birlashtirib, qizlarning ta'lim olishlari va ishga joylashish ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun eng muhim ehtiyoj va imkoniyatlariga e'tiborni qaratadi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti oliy o'quv yurti sifatida avtomobilsozlik va mashinasozlik, sanoatda qurilish va fuqarolik muhandisligi, axborot texnologiyalari, dasturlash va sanoat menejmenti sohalarida yuqori malakali ayol mutaxassislarni tayyorlashga o'z hissasini qo'shadi va barchangizni "Men va oltin kuz" mavzusidagi videoklipni tayyorlashda ishtirok etishga chaqiradi! 🍂🍁🍁🌻! Sizlardan qiziqarli va o'ziga xos, o'zingiz yoki dugonalaringiz bilan kuzning go'zal manzaralarida tushgan fotosuratlaringizni telegramdagi @Farizaxon…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining barcha Qizlari diqqatiga!

Talabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

Joriy yilning 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "TECHNOWAYS" texnologik rivojlanish marafonining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tomonidan marafonda 4 ta jamoa qatnashdi. Musobaqa natijalariga ko'ra ulardan ikkitasi g'olib deb topildi. Xususan, "Nova robotics" jamoasi yaratgan yordamchi vazifasini bajaruvchi roboti 20 000 000 so‘m mukofot puliga, Enor-3 ixcham, tezkor va tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan "Neuron engineering" jamoasi- 15 000 000 so‘m mukofot puliga sazovor bo'lishdi. G'oliblarimizni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz! Talabalarimiz - bizning kelajagimiz! Bizning faxrimiz! https://www.youtube.com/watch?v=ov-H1G4eTj4&t=14s

Continue ReadingTalabalarimiz “TECHNOWAYS” marafoni g‘oliblari deb topildi!

“I am an Engineer” tanlovini ochiq deya e’lon qilamiz!

  • Post category:E'lonlar

Salom, Do'stlar! Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti "Mexatronika" markazi Universitet talabalarini 10-an'anaviy "I am an Engineer" deb nomlangan tanloviga arizalar qabul qilish boshlanganligini e'lon qiladi!!! Tanlovda Universitetning barcha bosqichdagi va barcha yo'nalishdagi talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashchilar, nafaqat o'zlarining loyihalari va ishlanmalari, hatto-ki g'oyalari bilan ham qatnashishlari mumkin! Tanlov yo'nalishlari: -MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYALARI🚗; -SANOATDA QURILISH🏗; -INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR VA DASTURLASH💻. ❗️Har bir qatnashchining chiqishlari rahbariyat va markaz xodimlari tomonidan belgilangan talablar asosida baholanadi. 🏆Tanlov g'oliblari: 1. Mexatronika markazining to'liq o'quv dasturini BEPUL o'tash imkoniyatiga ega bo'ladilar; 2. O'quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar Mexatronika markazini tamomlaganlik haqidagi Sertifikatga ega bo'lib, keyinchalik markaz…

Continue Reading“I am an Engineer” tanlovini ochiq deya e’lon qilamiz!

Xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Ilmiy Kengash qarori va rahbariyat buyruqlariga asosan, xodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Moliyaviy-iqtisodiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha birinchi prorektor etib – Karimov Аbdujamin Аbdujalilovich; Universitet huzuridagi akademik litsey o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari etib – Shamansurov Javlon Shamuslimovich; Xodimlar bo'limi boshlig'i etib – Tronevich Аndrey Аleksandrovich tayinlandi.

Continue ReadingXodimlar tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Universitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shu kunlarda yana ikki yutuqqa erishishga muvaffaq bo‘ldik! Shu haqida Sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchimiz... 1-oktyabr' - O‘qituvchi va Murabbiylar kuniga bag‘ishlangan Prezident farmoniga binoan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi fidoyi sifatida Tulyaganov Dilshat Ubaydullaevich — Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy va matematika fanlari kafedrasi mudiri «Mehnat Shuxrati» ordeni bilan taqdirlandi. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tantanali bayram tadbirida esa Allamova Gulbahor Azatovna - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z hizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Ularni ushbu…

Continue ReadingUniversitet o’qituvchi-professori va xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

Qadrli va aziz ustozlar! Barchangizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolidursiz! Ushbu kunda sizlarga eng samimiy minnatdorchilik va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Biz sizlar bilan faxrlanamiz va ulug‘ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz! Karantinga qaramay, siz uchun qisqa tabrik videosini tayyorladik! Sizga yoqadi deb umid qilamiz! https://www.youtube.com/watch?v=52uCyqiyUB0&pbjreload=101

Continue Reading1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz

“Rassom ustaxonasida mehmonda” tanlovi!

  • Post category:E'lonlar

"Rassom ustaxonasida mehmonda" onlayn-tanlovda ishtirok eting! Tanlov sharti: tasviriy san'at, amaliy san'at va dizayn yo‘nalishi bo‘yicha o‘z ijodingiz namunalaridan tayyorlangan videorolik taqdim etish. G‘oliblarga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan diplom va sertifikatlar taqdim etiladi. Murojaat uchun 71 246 30 73; 71 246 60 28 raqamlariga qo‘ngiroq qiling!

Continue Reading“Rassom ustaxonasida mehmonda” tanlovi!

Diqqat! Tanishish vaqti keldi!

  • Post category:E'lonlar

Aziz talabalar!  Universitet talabalariga o‘zingizni tanitishni hohlaysizmi? Biz sizga imkoniyat yaratib beramiz va albatta ko‘maklashamiz!!! Quyidagi mavzularda videoroliklar tayyorlashni taklif beramiz: 📌 “Mening orzuim” 📌“Mening kelajakdagi kasbim” 📌“Universitet mening hayotimda” 📌 “Hayotimdagi ustozlarim” Ushbu roliklar 3 daqiqadan oshmasligi kerak. Yuqoridagi mavzularda interv'yu berishni istagan talabalarni esa universitetga taklif qilamiz! Va albatta tayyor rolik va interv'yularni telegram kanallarda yoritib boramiza!!! Ma'lumot uchun telelefonlar: 📞📞.(71) 246 30 73, (71) 246 60 28.

Continue ReadingDiqqat! Tanishish vaqti keldi!

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkidagi yana bir ishlanma…

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparki bazasidaMChJ“IDEA IMPEX” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining bosh texnologi tomonidan onkologik kasalliklarni davolash uchun mo'ljallangan "TOR (operativ reabilitatsiya texnologiyasi)" terapevtik apparati ishlab chiqildi. Ushbu qurilmaning samaradorligini tasdiqlash maqsadida, 12 oy davomida hayvonlarda sinov ishlari olib borildi va natijalari shuni ko'rsatdiki, elektromagnit to'lqinlar ta'sirida 100% rad etish bilan o'smalar kamaygan. Komissiyaning xulosasi: qurilma immunomodulyatsion ta'sirga ega bo'lib, organizmning adaptiv reaktsiyalarini rag'batlantiradi, shu bilan birga tanaga salbiy ta'sirlari aniqlanmagan. O'tgan yilning avgust oyidan boshlab“TOR” terapevtik apparatining klinik sinovi ishlarini insonlarda, bemorlarning ixtiyoriy roziligi bilan, o’tkazish boshlandi. Muvaffaqiyatli klinik sinovlardan so'ng apparatni tibbiy amaliyotga joriy etish dalolatnomasi O'zbekiston Respublikasi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnoparkidagi yana bir ishlanma…

TTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

Aziz do'stlar! E'tiboringizga  Xalqaro press-klubning "O'zbekiston Uchinchi Renessans bo'sag'asida" mavzusidagi sessiyada ko'plab ta'lim va madaniyat namoyandalari qatorida ma'ruzachi sifatida qatnashgan universitetimiz rektori J.Sh.Inoyatxodjaev bilan bo'lgan suhbatdan bir lavxani taqdim etamiz. https://www.youtube.com/watch?v=_DL0pZL6KWA

Continue ReadingTTPU rektori Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etdi

1 sentabr – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz!

  • Post category:E'lonlar

Aziz vatandoshlar! Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti barchangizni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining            29 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi! Sizga va yaqinlaringizga sog'lik salomatlik, totuvlik va farovonlik, kelajagingiz va buyuk Vatanimiz ravnaqi yo'lidagi xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Biz o'z vatanimiz bilan faxrlanamiz va kelajagimizga ishonch bilan qaraymiz! Shuning uchun ham biz yorqin bayramimiz – Mustaqillik kunini o'zgacha ishtiyoq va quvonch bilan nishonlaymiz. Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, osmonimiz doimo musaffo bo'lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Continue Reading1 sentabr – Mustaqillik kuni bilan muborakbod etamiz!

Yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

Aziz do'stlar! Kecha, 25 avgust kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetidagi Malayziyaning Putra biznes maktabi yangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumanida ishtirok etgan barchangizga minnatdorchilik bildiramiz! Anjumanda qatnasha olmagan qiziquvchilar uchun quyidagi havolani taqdim etamiz: https://youtu.be/-3v6DCN9Mbo Shuningdek, videoning ta'rifida dastur haqida batafsil ma'lumot ham berilgan. Arizalarni qabul qilish muddati joriy yilning 5 sentyabr kunigacha uzaytirildi!

Continue ReadingYangi MBA dasturining tanishtiruv videoanjumani bo’lib o’tdi

ERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

(2020 yil 13-fevral, Turin shahri, Italiya, ERAMCA ERASMUS + loyihasi bo'yicha uchrashuv). Joriy yilning 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida ERAMCA Erasmus + loyihasi doirasida ehtiyojlarni tahlil qilish, atrof-muhit xavfini baholash va ularning Markaziy Osiyodagi madaniy meros ob'ektlariga ta'sirini kamaytirish bo'yicha seminar-forum bo'lib o'tadi. Hamkor mamlakatlardan kelgan muhtaram ma'ruzachilar, tadqiqotchilar va ishtirokchilar universitet konferentsiya zalida yoki COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sababli onlayn tarzda yig'ilish  o'tkazishadi. Agar siz ham vebinarda ishtirok etishni istasangiz, bonu.azizova@gmail.com ga murojaat qilishingiz mumkin. Batafsil ma'lumot: http://new.polito.uz/ru/obrazovanie/kafedry/6409-2/eramca-2/

Continue ReadingERAMCAErasmus + loyihasi doirasida seminar-forum o’tkazilishi rejalashtirildi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

Bugun, 2020 yil 24 avgust kuni Toshkent shahdagi Turin politexnika universiteti (TPUT) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi. Kelishuvning maqsadi - ta'lim, tadbirkorlikni birgalikda rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ekotizimni yaratish va istiqbolli start-up loyihalarini amalga oshirishdir. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari: 1. Kollej filiallarida universitet talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish ishlarini tashkil etish, malakali mutaxassislarni birgalikda tayyorlash; 2. Ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish; 3. Abiturientlarni TTPUga qabul qilish uchun tayyorlov kurslarini birgalikda tashkil etish ; 4. Mehmon ma'ruzalari va mahorat darslarini tashkil qilish; 5. Axborot platformalarida birgalikda promo-kampaniyalarini tashkil etish; 6. Forumlar, seminarlar, konferentsiyalar va brifinglar…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) va Kembrij xalqaro kolleji (CIC) o’rtasidagi hamkorlik

QABUL – UCHINCHI BOSQICH

AJOYIB IMKONIYAT Toʻgʻridan toʻgʻri IKKINCHI BOSQICHGA qabul qilinish mumkinmi? Siz bunga MUMKIN EMAS deb javob berasiz. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti esa bunga MUMKIN deydi. Endi sizda UCH YIL ichida oliy ma’lumotli boʻlish imkoniyati mavjud. Turin universiteti Oʻzbekistonda Yevropa andozalariga mos, texnika yoʻnalishida ta’lim olishni istovchilar uchun shunday imkoniyat berayotgan yagona universitetdir. BUNDAN TASHQARI, JORIY YILDA TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING BARCHA OʻQUV YO’NALISHLARI BO’YICHA QOʻSHIMCHA DASTUR (MASOFAVIY+SIRTQI) OCHILMOQDA. MEHNAT FAOLIYATINGIZNI TOʻXTATMAGAN HOLDA SIFATLI YEVROPA TA’LIMINI QO’LGA KIRITISH IMKONIYATINI BOY BERMENG. TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSI-TETINING 2020/2021 O‘QUV YILI BAKALAVRIATIGA UCHINCHI BOSQICH QABUL –QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI BIRINCHI BOSQICH QOIDALARIGA MOS…

Continue ReadingQABUL – UCHINCHI BOSQICH
image_pdfimage_print