“Startap loyihalar va startap g’oyalar ”tanlovi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 15 yilligi munosabati bilan universitetda Respublika yoshlari o’rtasida “Startap loyihalar va startap g’oyalar tanlovi” o’tkazildi. Tanlovda butun respublikadan 70 dan ortiq qatnashchilar o’z startap loyiha va g’oyalari bilan ishtirok etishdi. Hakamlar qarori bilan 3 ta eng yaxshi deb topilgan startap loyihaning har biriga 25 mln so’mlik va 3 ta eng yaxshi deb topilgan startap g’oyaning har biriga 10 mln so’mlik vaucher sertifikatlari topshirildi.

Continue Reading“Startap loyihalar va startap g’oyalar ”tanlovi

TERROBYTE HACKATHON 2024

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23-25 aprel kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 15 yilligiga bag‘ishlangan sovrin jamg‘armasi 100 000 000 so‘m bo‘lgan “TERROBYTE HACKATHON 2024” o‘tkazildi. O‘zbekistondagi turli oliygohlar talabalari va maktab o’quvchilaridan iborat 20 ta jamoa   ushbu hakatonda ishtirok etishdi. Undan tashqari hakaton doirasida Respublika sport dasturlash musobaqasi ham tashkil etilib, unda Respublikamizdagi 1200 ga yaqin o‘quvchilar robocontest.uz tizimida musobaqalashdilar. “TERROBYTE HACKATHON 2024” dan asosiy maqsad, Oʻzbekiston bozoridagi turli sohalardagi muammolarga ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqish, shakllantirish hamda mavjud jarayonlarni takomillashtirish va yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishdan iborat bo’ldi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining Technoparkida uch kun davomida…

Continue ReadingTERROBYTE HACKATHON 2024

Universitetda Navruz Cup shou bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Universitetimizda an'anaviy o'tkaziladigan bu yilgi “Navro'z Cup”da 16 ta talabalar jamoasi ishtirok etdi. 24 aprel kuni, TTPUda talabalar hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi o‘rtasida Navruz Cup futbol shou o‘yini o‘tkazildi.  Professorlar jamoasi universitetning turli kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan, talabalar jamoasi esa TTPUda talabalar o‘rtasida o'tkazilgan Navro‘z kubogi sohibidan tashkil topdi. Do'stona va taasurotlarga boy bo'lgan o'yinda talabalarning  "Dortmund" jamoasi  g‘alabasi bilan yakunlandi. G'olib jamoaga esdalik sovg'alar, kubok va medallar topshirildi.

Continue ReadingUniversitetda Navruz Cup shou bo‘lib o‘tdi

«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiyasi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 22-23 aprel kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining 15 yilligiga bag‘ishlangan «Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan mazkur ilmiy konferensiyadan asosiy maqsad mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematik fanlar, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, olimlarning ilmiy izlanishlarini birlashtirish, tajriba almashishdan iborat. Konferensiyani Toshkent shahridagi Turin Politeknika universitetining rektori, t.f.d. O.Tuychiev kirish so‘zi bilan ochib berib, anjuman ishtirokchilari va mehmonlarini samimiy qutladi hamda TTPUda o‘qish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan fan va texnika…

Continue Reading«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiyasi

“O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari”

  • Post category:Yangiliklar

22- aprel kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.         Ushbu forumda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov, yurtimizdagi OTM rektorlari va professor-o‘qituvchilari, Italiyaning Politecnico di Torino rektori Stefano Paolo Corgnati va professor-o‘qituvchilari, xorijiy hamkor universitet vakillari, turli davlatlar elchixonalari vakillari, UzAvtosanoat tasarrufidagi korxona rahbarlari ishtirok etdi.         Forumda mamlakatimizda muhandislarga talab ortib borayotgani va ushbu sohaga alohida e’tibor qaratish lozimligi, oliy ta'lim tizimida ilgʻor muhandislik maktablarini yaratish bugungi kunda dolzarb vazifalar qatorida ekanligi ta’kidlab o‘tildi, bu borada xorijiy mutaxassislar bilan…

Continue Reading“O‘zbekiston Respublikasida muhandislik sohasining istiqbollari”

Turin olimpiadasida ishtirok eting

  • Post category:E'lonlar

Noutbuk yutib olib, muhandislik boʻyicha eng nufuzli universitetga imtihonsiz kirishni xohlaysizmi? Turin politexnika universitetining 15 yilligi munosabati bilan 11-sinf va litsey 2-kurs oʻquvchilari oʻrtasida matematika fanidan respublika olimpiadasi tashkil etiladi. 🔆Sovrin: 🥇 1-o'rin: Noutbuk va TTPUga imtihonsiz kirish imkoniyati; 🥈 2-o'rin: TTPUga 3'000'000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati; 🥉 3-o'rin: TTPUga 2'000'000 so‘mlik vaucher va imtihonsiz kirish imkoniyati; 📆#turin_olimpiadasi 2 bosqichda boʻlib oʻtadi: 1-bosqich 13-aprel kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar online formatda;2-bosqich 27-aprel kuni soat 09:00 dan 12:00 ga qadar TTPU binosida. 📌Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 🔗Olimpiada qoidalari bilan ushbu havola (https://polito.uz/olympiad-rules) orqali tanishib chiqing.…

Continue ReadingTurin olimpiadasida ishtirok eting

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo’yicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor

  • Post category:E'lonlar

Sharipov Alisher Kalbaevichning "Vodorod-benzin yonilg'isida ishlaydigan avtomobillar motor moyining chegaraviy ish muddatini asoslash" mavzusidagi dissertatsiya ishini muhokamasi 2024 yil 16 aprel kuni soat 10.00 da onlayn (havola) va oflayn shaklida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida bo'lib o'tishini Sizga maъlum qilamiz. Masofaviy ishtirok etish uchun quyidagi xavola: https://us02web.zoom.us/j/83483790367?pwd=VzhwWHFBTmtESjZobms2TTdHUmVKdz09 Konferentsiya identifikatori: 834 8379 0367 Kirish kodi: 1111

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “G’ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo’yicha tuzilgan Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor

“Oqila va mehribon qiz – millatimiz ko’rki va kelajagi”

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika universitetida Xotin qizlar maslahat kengashi, tyutorlar hamda psixolog Sh.Ibrohimova tomonidan Chimboy hamda Zamondosh MFY uchun “Oqila va mehribon qiz - millatimiz ko’rki va kelajagi” mavzusida suxbat hamda psixologik trening bo‘lib o‘tdi. Trening “Men Kerakli insonman chunki…” jumlani to’ldirib qiz ayollarning hayotdagi o’rni, yashashdan maqsadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga qaratilgan. Tadbir qatnashchilariga mamlakatimizda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgani haqida ma’lumotlar berildi hamda talaba qizlarni o’qishga bilim va kasb egallashlari kelajakda foydali inson bolib yetishishlari uchun motivatsion suxbatlar olib borildi.

Continue Reading“Oqila va mehribon qiz – millatimiz ko’rki va kelajagi”

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2024-yil 25-mart kuni “Yer vaqti (kuni)” bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2024-yil 25-mart kuni “Yer vakti (kuni)” munosabati bilan aksiya tashkil etildi. Aksiya doirasida bino-inshootlarida chiroq, kompyuter texnikasi, elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan  bir soat mobaynida uzib qoʻyildi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 2024-yil 25-mart kuni “Yer vaqti (kuni)” bo’lib o’tdi

“Sil kasalligi va OIV infeksiyasi bilan zararlanishdan himoya qilish,psixotrop va giyohvand moddalar isteʼmol qilishning oldini olish”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalar turar joyida (TTJ) istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Sil kasalligi va OIV infeksiyasi bilan zararlanishdan himoya qilish, psixotrop va giyohvand moddalar isteʼmol qilishning oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati talabalarga foydali bo‘lishi maqsadida, Talabalar shaharchasi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi  hududiy shifokori G.Q.Uteyanova, hududiy hаmshiralari M.Aliyeva, G.Musayeva, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan narkolog O.I.Sotnikovalar taklif qilindi. Talabalar shaharchasi Markaziy Ko‘p tarmoqli poliklinikasidan tashrif buyurgan shifokorlar tomonidan universitet TTJsida yashayotgan talabalarga sil kasalligi va OIV infeksiyasi bo‘yicha umumiy tushunchalar berilib, bu kasalliklar hozirgi kunda aholi orasida tez-tez uchrayo‘tgani…

Continue Reading“Sil kasalligi va OIV infeksiyasi bilan zararlanishdan himoya qilish,psixotrop va giyohvand moddalar isteʼmol qilishning oldini olish”mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

TTPUda umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

16-17 mart kunlari Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi. Unda universitet ishchi-xodim, professor-o'qituvchilari va talabalar hamjihatlikda faol ishtirok etib, universitet hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlshtirish ishlarini o'tkazdi.

Continue ReadingTTPUda umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida DEBSEUz loyihasi koordinatorlarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Yig'ilishda respublikamiz OTMlarida yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan ta'lim yo'nalishi o'quv reja va sillabuslarini Yevropaning yetakchi OTMlari tajribasi asosida ishlab chiqish, adabiyotlar bilan, laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi hamda uzoq va yaqin muddatli aniq rejalar belgilab olindi.  Yig'ilish kun tartibidagi asosiy masalalar bilan bir qatorda joriy yilning may oyida  o'tkazilishi belgilangan seminarga tayyorgarlik hamda Farg'ona politexnika instituti mas'ulligida sentyabr-oktyabr oylarida o'tkazilishi rejalashtirilgan Konferensiya sho'balari va mavzularini belgilash masalalari ham muhokama qilindi. Eslatib o'tamiz, Erasmus+ dasturining DEBSEUz loyihasida respublikamizdan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Farg'ona politexnika instituti, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Andijon…

Continue ReadingYevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida DEBSEUz loyihasi koordinatorlarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiya

"Advanced Science and Technology: "Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent"ilmiy konferensiyasi (2024 yil 22-23 aprel) Sizni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz.Ilmiy konferensiyadan maqsad mashinasozlik va aerokosmik muhandislik, tabiiy va matematik fanlar, axborot texnologiyalari, qurilish va arxitektura, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat.KONFERENSIYA SHO‘BALARI: Mashinasozlik, energetika va aerokosmik muhandislikTabiiy fanlar.Zamonaviy matematika muammolariAxborot-kommunikatsiya texnologiyalari.Qurilish va arxitektura.Ishlab chiqarishni boshqarish KONFERENSIYA TARTIBIKonferensiyada yalpi (20 daqiqa) va seksiya (10 daqiqa) ma’ruzalari tinglanadi. Konferensiyaning ishchi tili ingliz tili.Konferensiya boshlanishiga qadar Konferensiya materiallari to‘plamini (elektron shaklda) nashr etish…

Continue Reading«Advanced Science and Technology: Celebrating 15 Years of Turin Polytechnic University in Tashkent» ilmiy konferensiya

Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekistonning 4 ta Oliy ta’lim muassasalari Yevropa Ittifoqining Erazmus plyus dasturi doirasida yangi “Barqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish” loyihasi 2024-yil 1-mart kuni o’z faoliyatini boshladi. Bugun Turin Politexnika Universiteti loyihaning rasmiy ishga tushirish anjumani bolib o‘tdi. Loyihaning umumiy qiymati 800 ming yevro bo‘lib, 2024-2027 yillar mobaynida amalga oshiriladi. Loyiha ishtirokchilari: Hamkor-universitetlar: Mitrovitsa universiteti - Loyiha koordinatori Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Kosovo amaliy fanlar akademiyasi Toshkent davlat transport universiteti Toshkent Kimyo xalqaro universiteti O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali Mariboru universiteti (Sloveniya) Krit politexnika universiteti (Gretsiya) Madrid politexnika universiteti (Ispaniya) Turin politexnika universiteti (Italiya) Akademik bo‘lmagan hamkorlar Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi “Transport…

Continue ReadingBarqaror transport tizimlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tashkil etish

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kapital ta’mirlash va qurilish ishlarini bajarish bo’yicha TENDER E’LON QILАDI

  • Post category:Tender_uz

Lot 1 - Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga kirish-nazorat punkti binosi hamda xizmat avtomobillari kirib-chiqishi uchun darvoza qurilishi Lot 2 - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududidagi stadion tribunasini va yugurish yoʻlakchasini kapital taʼmirlash hamda stadion tribunasiga soyabon qurish Lot 3 - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Talabalar turar joyi” hududida Kovorking zonasi yaratilishi va volleybol maydoni qurilishi Tender muddati, tender universitetning internet portalida eʼlon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni deb belgilanadi. Ilovada 1. Texnik shartlar. 2. Baholash meʼzonlari. 3. Qurilish ishlarining bosh plan loyihasi. Tenderda ishtirok etish uchun xujjatlar yopiq konvertda taqdim etilishi shart. Tender, kapital ta’mirlash va…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kapital ta’mirlash va qurilish ishlarini bajarish bo’yicha TENDER E’LON QILАDI

Qizlar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 5 mart kuni, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va akademik litsey ayol xodimlari va talaba-qizlari o‘rtasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev tabrik so‘zi bilan ochib berib, barcha universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarni, talaba qizlarni kirib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. Shundan “Zakovat” o‘yini boshlanib, ushbu bellashuvda tyutorlar tomonidan tayyorlanib kelingan bir-biridan qiziqarli, bayramona 10 ta savollar o`rtaga tashlandi.Tadbir davomida, universitetimizda tashkil etilgan "Mening do‘ppim" chellenji, shuningdek qizlar o'rtasida tashkil etilgan badminton bo'yicha musobaqa g‘olibi va barcha qatnashchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirga mehmon sifatida taklif etilgan P. Benkov nomli…

Continue ReadingQizlar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi

Akademik va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

     Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Tabiiy-matematik fanlar kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor, Kimyo fanlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi - To'lyaganov Dilshat Ubaydullayevich Samarqand davlat tibbiyot universitetida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.     Tadbir davomida akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich oʻzining ilmiy va amaliy faoliyati, akademik darajasigacha yetib kelishdagi mashaqqatlari va mehnatlari haqida talabalarga soʻzlab berdi. Akademik Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich bugungi kunda yoshlarimizga yaratilayotgan qulayliklar va ilm sohasidagi imkoniyatlar haqida soʻz yuritib, talaba yoshlarni yaratilayotgan bunday imkoniyatlarda unumli foydalanishga chaqirdi.     Shuningdek, akademik universitetining tarixi va buguni bilan tanishish maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot bilan…

Continue ReadingAkademik va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining Italiyaga xizmat safari natijalari

  • Post category:Yangiliklar

      “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug'bek Rozukulov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon Toʻychiyevning Italiyaga xizmat safari doirasida joriy yilning 20-fevral kuni “IVECO” (Industrial Village Complex) korxonasiga tashrif buyurildi.          Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqaro standartlarga mos keluvchi, energiya samaradorligi va ekologik tavsiflari yuqori elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha dunyoning yetakchi korxonalari tajribalarini oʻrganish sanaladi. Rivojlangan mamlakatlar avtomobil ishlab chiqaruvchilari ichki yonish dvigatellari bilan bir qatorda elektr transport vositalari uchun akkumulyator loyihalarini faol amalga oshirish doirasida barqaror rivojlanish va atrof-muhit qoidalariga rioya qilishga intilmoqda.         Italiyaga xizmat safari dasturiga ko‘ra, 21-fevral kuni delegatsiya a’zolari Italiyaning Turin politexnika…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektorining Italiyaga xizmat safari natijalari

Universitet talaba-qizlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

2024-yil 21-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talaba- qizlari o'rtasida "Xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish va erta tug‘ruqning oldini olish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga “Oq yelkan” ijtimoiy himoya markazi mutaxassis xodimlari kelib o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdilar. Dastlab so‘zga markaz yuristi Qurbonali Dadajonov chiqib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash masalasida 3 ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 6 ta qarori hamda hukumatning 20 dan ortiq qarorlari qabul qilinganligini, shuningdek mazkur qaror va farmonlarning mazmun-mohiyatini aytib o‘tdilar. So‘zni universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.Nabixanova davom ettirib, ayollarning huquqlari davlat…

Continue ReadingUniversitet talaba-qizlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

  • Post category:E'lonlar

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari2024 yilning18-22-fevral sanasiga qadar Italiyaning Politecnico di Torino universiteti rahbarlari bilan kelgusidagi oʻzaro hamkorlik rejalarini muhokama qilish va “CARS” ilmiy-tadqiqot markazida elektromobillar boʻyicha amalga oshirilgan tadqiqotlar bilan tanishish hamda “IVECO Trucks” korxona vakillari va ishbilarmon doiralari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.A.To'ychiyev, Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi – T.F.Maxamatxo‘jayev bilan birga Italiya Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari
image_pdfimage_print