TTPU da 11-oktyabr halqaro qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

2023 yil 11 oktyabr kuni universitetda da 11-oktyabr halqaro qizlar kuni munosabati bilan “Qaynonam ham onam” nomli interaktiv davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda oilalarni mustahkamlash,ajrimlarni oldini olish hamda turmushga chiqgan qizlarni ta’lim olishda duch keladigan muammolarga yechim topishiga ko‘maklashish maqsadida mahallalardagi ibratli oilalar ya’ni qaynona kelinlar hamda universtitetda turmush qurgan talab qizlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbir mobaynida ibratli qaynonalar kelinlari ta’lim olishida ko‘maklashganliklari va o‘qimishli kelin tanlashlari sabablarini gapirib berdilar. Shu bilan bir qatorda tomoshabin talaba qizlar va ishtirokchilar o‘rtasida kundalik turmushda uchraydigan savollar berilib viktorina o‘tkazildi. G‘oliblarga sovg‘alar ulashildi. Shu bilan bir qatorda 11-oktyabr halqaro qizlar kuni…

Continue ReadingTTPU da 11-oktyabr halqaro qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi

TTPU da “Qizlar-millat tayanchi” mavzusida Respublika forumi o‘tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

"11-oktabr - xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Qizlar-millat tayanchi” shiori ostida “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun” mavzusida Respublika forumi o’tkazildi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 200 nafarga yaqin «Qizlarjon» klubining yetakchi qizlari Forum doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova Bahriddinovna kirish so'zi bilan ochib berdi. Keng davrada qizlar bilan ochiq muloqotda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpibayeva Abdukadirovna, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va boshqa ko‘pgina soha mutahassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, yurtimizda qizlarga boʻlgan eʼtibor,…

Continue ReadingTTPU da “Qizlar-millat tayanchi” mavzusida Respublika forumi o‘tkazildi.

Andijon mashinasozlik institutda “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 2-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “MechaUz-O‘zbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish” loyihasi yakuni oldidan oʻtkazilgan anjumanda mamlakatimiz hamda Yevropaning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar,shu jumladan Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori va professor-o’qituvchilari ham eshtirok etdi. Anjumanning ochilish marosimida institut rektori Umid Turdialiyev nutq soʻzlab, soʻnggi yillarida mexatronika va robototexnika taʼlim yoʻnalishini milliy ustuvorliklarga asoslangan va oliy taʼlimda innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirishga eʼtiborga qaratilayotganini bildirib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar sho‘balarga boʻlinib, ilmiy izlanishlar samarasini tahlil qilishib, erishilgan yutuqlar va yechimini…

Continue ReadingAndijon mashinasozlik institutda “Mexatronika va robototexnika: muammolar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida 2-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, joriy yilning 3-4-oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi Qirgʻiz-Oʻzbek universitetida “Oliy taʼlim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi tashkil etildi.Forumda ikki davlat oliygohlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari va boshqa yirik taʼlim tashkilotlari vakillari qatnashdi. Delegatsiya tarkibida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori, Jamshid Inoyatxodjayev ham qatnashib, bir qator Qirg‘iz universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi, hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumlari imzolandi.Forum doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti O‘sh texnologiya universiteti,…

Continue ReadingOʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi doirasida bir qator hamkorlik kelishuvlariga erishildi

“Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlari: fan va tinchlik uchun 21-asr Ipak yoʻli” xalqaro konferensiyasi, 2023-yil 1-4-oktabr, Buxoro, Oʻzbekiston

  • Post category:Yangiliklar

Markaziy Osiyo, Kavkaz, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo fiziklari uchun Yevropa, AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi hamkasblari bilan hamkorlik qilish uchun jozibador xalqaro ilmiy platformaga aylangan Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlari deb nomlangan bir qator xalqaro konferensiyalar. . Ushbu turkumdagi ilk konferensiya 2013-yilda Samarqandda tashkil etilgan edi. Bugungi kunga qadar konferentsiyaga 1000 dan ortiq yetakchi fiziklar, matematiklar va murakkab tizimlar fanining mutaxassislari jalb etilgan. Anjuman eng muhim ilmiy muammolar va ularni hal etish istiqbollarini muhokama qilish bilan birga, mintaqa olimlari, ayniqsa, yoshlarning ilm-fan olamiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Konferentsiyada taqdim etilgan ma'ruzalarning fanlararo aloqadorligi sababli, nochiziqli…

Continue Reading“Markaziy Osiyo va Kavkaz dinamikasi kunlari: fan va tinchlik uchun 21-asr Ipak yoʻli” xalqaro konferensiyasi, 2023-yil 1-4-oktabr, Buxoro, Oʻzbekiston

«TINCHLIK UCHUN FAN: FALSAFA VA MADANIYAT OʻRTASIDAGI BUYUK IPAK YOʻLI» NOMLI MAQOLA HAQIDA

  • Post category:Yangiliklar

(“Corriere della sera” gazetasida e’lon qilingan, 20.09.2023) Mashhur italyan fizigi, professor Julio Kasatining (Giulio Casati) “Corriere della sera” jurnalida chop etilgan “Tinchlik uchun fan: falsafa va madaniyat o‘rtasidagi Buyuk ipak yo‘li” sarlavhali maqolasida uning o‘zbek fiziklari bilan samarali ilmiy va tashkiliy hamkorligi haqida so‘z boradi. Mazkur hamkorlik doirasida butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan bir qancha xalqaro konferensiyalar tashkil etilgan. Bu hamkorlik Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professorining yaqin ishtirokida amalga oshirilmoqda, ushbu universitet ham bu tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Ana shunday samarali hamkorlik samaralaridan biri - Markaziy Osiyo dinamikasi kunlari (Dynamics Days Central Asia) deb nomlangan bir qator xalqaro konferensiyalarni…

Continue Reading«TINCHLIK UCHUN FAN: FALSAFA VA MADANIYAT OʻRTASIDAGI BUYUK IPAK YOʻLI» NOMLI MAQOLA HAQIDA

Universitet kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kitobsevarlar klubining navbatdagi uchrashuvi doirasida O‘zbekiston xalq shoirlari marhum Rauf Parfi va Omon Matjonlar tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kechasi o‘tkazildi. Kechani olib borgan akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev tadbirni boshlab berish uchun so‘zni TTPU yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 1-prorektori Ashurov Alisher Abdimavlonovichga berdi. A. Ashurov o‘z so‘zida ushbu ikki shoirning ijodini o‘rganish barchamizga Vatanni g‘urur bilan sevishni, sevib ardoqlashni, ardoqlab ulug‘lashni, ulug‘lab faxr bilan yurakka joylashni o‘rgatishini ta’kidlab o‘tdi. Kecha davomida ishtirokchilarga shoirlar Rauf Parfi va Omon Matjonlar hayoti va ijodi, mashhur xofizlarimiz tomonidan ularning eng sara she’rlariga…

Continue ReadingUniversitet kitobsevarlar klubi uchrashuvlari doirasida adabiy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi

“Talabalikka bag‘ishlov -2023”

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27-sentyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetning 2023-2024 o‘quv yiliga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o’tkazildi. Dastavval, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan ochib berildi. So‘ng, universitet birinchi prorektori A.Ashurov so‘zga chiqib, yangi o‘quv yiliga qabul qilingan talaba-yoshlarga ko‘plab ezgu-tilaklar bildirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida universitet tomonidan kerakli sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi. Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy tadbir davomida, talabalar o‘z qasamyodlarini qabul qilar ekan, butun faoliyatlarini ona diyorimiz va uning buyuk kelajagiga bahshida etishga, Vatan taraqqiyoti yo‘lida astoydil harakat qilib yuqori malakali mutaxassis bo‘lishga, ota-ona oldidagi farzandlik burchini unutmaslik, uni to‘la ado etish uchun bor…

Continue Reading“Talabalikka bag‘ishlov -2023”

Hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 27 sentabr kuni Germaniyaning Janubiy Turingiya biznes-delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturi doirasida Janubiy Tyuringiya Savdo-sanoat palatasi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tadbir davomida mehmonlarga universitetning moddiy texnik bazasi, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, innovatsiyalarni qo'llab quvvatlash uchun yaratilgan texnika va laboratoriya markazlari faoliyati yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, TTPU va Simson Private Akademie (Germaniya) hamkorligi doirasida professional ta'lim yo'nalislari bo'yicha o'qitish bo'yicha imzolangan memorandumga asosan boshlangan o'quv kurslari tinglovchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida delegatsiya tarkibidagi SPA akademiyasi rahbari Mr. Max Reumschüssel hamda ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida, hamkorlikda tashkil qilingan o'quv kurs…

Continue ReadingHamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

Xalqaro konferentsiya maktabi “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendentsiyalar: kvant texnologiyalari uchun yangi funktsional materiallar

  • Post category:Yangiliklar

2023-yilning 22-30-sentabr kunlari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Italiyaning Triest shahridagi Xalqaro nazariy fizika markazi, O‘zbekiston fizika jamiyati va Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendensiyalar: yangi funksional materiallardan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tmoqda Ushbu Yozgi maktabning asosiy e'tibori zamonaviy kvant sohasidagi ilg'or g'oyalar, yangi natijalar, dolzarb muammolar va kelajak istiqbollariga qaratilgan bo'lib, kvant materiallari va ularning kvant texnologiyalarida qo'llanilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu fizika va texnologiya sohasidagi yangi va ilg'or tadqiqot yo'nalishi bo'lib, kvant hisoblash, kvant zondlash, kvant kriptografiyasi, yuqori texnologiyalarda qo'llaniladigan chigal holatlar, kvant superpozitsiyalari, tunnel va kvant shovqinlari kabi kvant mexanik…

Continue ReadingXalqaro konferentsiya maktabi “Zamonaviy kvant fanidagi yangi tendentsiyalar: kvant texnologiyalari uchun yangi funktsional materiallar

TTPU tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo’yicha asosiy mutaxassislarni ishlab chiqishda davom etmoqda

  • Post category:Yangiliklar

TTPU, ERAMCA ERASMUS + 2-bosqich magistrantlari tarixiy obidalarni restavratsiya qilish bo‘yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyatli mustahkamlamoqdalar. 2023-yilning 18-22-sentabr kunlari, talabalar Germaniyaning Kvedlinburg markazi mutaxassislari va restavratorlari nazorati ostida Xivadagi Juma masjidlarini yog‘och qurilishini qayta tiklash loyihalarida faol ishtirok etdilar. Loyiha davomida quyidagi restavratsiya ishlari amalga oshirildi: • Tarixiy ustun va eshikni qayta tiklash • Shikastlangan qismlarni yo‘q qilish va yangi fitting qismlarini ishlab chiqarish • Tarixiy yog'och karkas konstruktsiyasini tiklash • Tarixiy rasmni qayta tiklash, tarixiy retsepti asosida ekologik ranglarni aralashtirish

Continue ReadingTTPU tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo’yicha asosiy mutaxassislarni ishlab chiqishda davom etmoqda

“Mikro va nanodunyo uchun matematika: Soliton dinamikasi, nochiziqli optikadan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning18-22 sentyabr kunlari, Samarqand shahrida “Mikro va nanodunyo uchun matematika: Soliton dinamikasi, nochiziqli optikadan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tib, ushbu konferensiyaning maqsadi - optika, optoelektronika va kvant texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kichik o‘lchamli sohalarda evolyutsion tenglamalarga e’tibor qaratgan holda, matematik fizikada kam o‘rganilgan va yaqinda paydo bo‘lgan keng ko‘lamli muammolarni taqdim etish va muhokama qilishdir. Ushbu mavzularning kondensirlangan muhitlar fizikasi, nochiziqli va kvant optikasi, optoelektronika, kvant funksional materiallari va zamonaviy kvant fani va texnologiyasining boshqa sohalarida qo‘llanilishiga alohida e’tibor beriladi. Fizikaning turli ilg’or sohalarida erishilgan so‘nggi yutuqlar va uning kvant texnologiyalarida amaliy qo‘llanilishi fizikada qo‘llanilishi bilan qisman…

Continue Reading“Mikro va nanodunyo uchun matematika: Soliton dinamikasi, nochiziqli optikadan kvant texnologiyalarigacha” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev AQSHda vatandoshlar bilan uchrashdi.

  • Post category:Yangiliklar

AQSHga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 18 sentyabr kuni Qo‘shma Shtatlarda yashayotgan va ishlayotgan bir guruh vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakatning yetakchi oliy taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi Jumladan, uchrashuvda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida tahsil olgan, “El-yurt umidi” jamg'armasi stipendiatlari, hozirda Pittsburg davlat universiteti magistranti Jasurbek Qaynarbekov hamda Arizona davlat universiteti talabasi Saidakbarkhon Pulatov ham qatnashgan.

Continue ReadingShavkat Mirziyoyev AQSHda vatandoshlar bilan uchrashdi.

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 15-sentyabr sanasidan 19-sentyabr sanasiga qadar Italiyadagi Politecnico de Torino universiteti bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini kelishib olish hamda JUVENTUS F.C.S.p.A. (Italiya Respublikasi) akademiyasi bilan kelgusi rejalarni muhokama qilish va universitet qoshidagi Yuventus akademiyasining bir guruh yosh tarbiyalanuvchilarini u Italiyada tajriba almashinish masalalarini hal qilish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, Strategik rivojlantirish va xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi – T.F.Maxamatxo‘jayev bilan birga Italiya Respublikasiga xizmat safariga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

TTPUda “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” tashkil etildi. Tadbirga akademik, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Qodirov Savar Muqadirovich tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy ochiq muloqot tashkil etildi.Tadbirni universitet rektori t.f.d, Jamshid Inoyatxodjaev kirish so‘zi bilan ochib berib, talabalarga yangi o‘quv yilida universitetda yaratilgan barcha shart-sharoitlardan unumli foydalangan holda, ilm cho‘qqilarini egallashda faol bo‘lishlariga chaqirib qoldi va kelgusi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.So‘ng, Savar Muqadirovich, 2023 yilning yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinganligi, mamlakatimizda yosh avlod ta’lim…

Continue ReadingTTPUda “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.

“Vazir faxriy yorlig‘i”

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan tizimdagi ma'naviy-ma'rifiy ishlari hamda talaba-qizlar bilan ishlash sohasidagi faolligi uchun Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Fariza Nabixanova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 30-avgustdagi 398-sonli buyrugʻiga asosan "Vazir faxriy yorlig'i" bilan taqdirlandi.Fariza Nabixanovani ushbu muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham rivoj tilaymiz!

Continue Reading“Vazir faxriy yorlig‘i”

TTPU JAMOASI “YANGI NAFAS“ OMMAVIY YUGURISH MARAFONIDA ISHTIROK ETDI.

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan yurtimizning 16 ta hududida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”, “Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiorlari ostida “Yangi nafas” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrining “Humo Arena” hududida oʻtkazilgan mazkur ommaviy sport tadbirida TTPU rahbariyati boshchiligida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar faol qatnashdi. Finishga etakchilar qatorida yetib kelgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.Mazkur oʻziga xos aksiyada 86 ta oliy taʻlim muassasasining 31 mingdan ortiq talaba-yoshlar qatnashdi.

Continue ReadingTTPU JAMOASI “YANGI NAFAS“ OMMAVIY YUGURISH MARAFONIDA ISHTIROK ETDI.

TTPU xodimlari ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida Berlin texnika universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda qatnashdilar

  • Post category:Yangiliklar

2023 yil 21-26 avgust kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU)ning professor-o‘qituvchi va xodimlari Germaniyaning Berlin texnika universiteti (Technische Universität Berlin)da xalkaro anjumanda ishtirok etdi. Anjumanda Yevropa universitetlari: Sorbonna Universiteti (Sorbonne Université, Parij); EXOLAUNCH kompaniyasi (Germaniya); Technical University Sofia (Bolgariya); AP Hogeschool (Artesis Plantijn Hogeschool Antwerpen) Antwerpen (Belgiya), Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekistondan 6 ta universitet va institutlar: “Al-Horazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti” (TATU) – loyiha koordinatori; “Farg‘ona politexnika instituti” (FarPI); “Toshkent davlat texnika universiteti” (TDTU); “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali”; “O‘zbekiston milliy universiteti” (O‘zMU); “Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi astronomiya instituti”; “Muhammad al-Xorazmiy…

Continue ReadingTTPU xodimlari ERASMUS+ SPACECOM loyihasi doirasida Berlin texnika universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yig‘ilishda qatnashdilar

Biznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi bo’yicha abituriyentlar ro’yxati (Faza 3)

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-yil 26-avgust, shanba kuni "Menejment"yo'nalishi bo'yicha abituriyentlar ro'yxati va kirish imtihonining tegishli vaqtlari bilan tanishing. Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) va kirish imtihoni uchun to'lov kvitansiyasini olib keling. .Imtihon jarayonining shaffofligiga rioya qilish maqsadida, imtihonning oxirida natijalar har bir abituriyentning kompyuter ekranida ko'rsatiladi. Ertangi imtihonda o'tish ballidan yuqori, 15 balldan yuqori ball to'plagan abituriyentlar 28 avgustdan boshlab Marketing bo'limidan (102-xona) o'z shartnomalarini olishlari mumkin.

Continue ReadingBiznes boshqaruvi – Menejment yo‘nalishi bo’yicha abituriyentlar ro’yxati (Faza 3)
image_pdfimage_print