Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi

Toshkent shahridagi turin politexnika universitetida yer sun'iy yo‘ldoshi bilan bog‘liq tadqiqotlar loyihasiga start berildi 2019 yil 15 noyabrdan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) Yevropaning Erasmus+ dasturi bo‘yicha xalqaro va mahalliy bir nechta universitetlar bilan hamkorlikda “Koinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” ("New study program in space systems and communications engineering" - SPACECOM) loyihasini boshladi.   Loyiha yuzasidan 20 noyabrda barcha hamkor universitet va tashkilotlar Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) da uchrashdilar. Yevropadagi hamkorlardan Berlin texnika universiteti (Germaniya) va EXOLAUNCH (Germaniya) kompaniyasi qatnashdi. Uchrashuvda loyihaning asosiy vazifalari va muddatlari kelishib olindi. Ushbu loyiha yuzasidan hamkorlar tomonidan 2020…

Continue ReadingKoinot tizimlari va aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi

GRBS jamoasi va Turin Рolitexnika Universitetining birinchi respublika tanlovidan fotoreportaj

Tanlovga kelgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Tanlov natijalari 10 kun ichida GRBS va TTPU rasmiy marosimida e'lon qilinadi. Qo'shimcha savollar uchun bizning ofisimizga keling yoki quyidagi raqamlarga murojaat qiling. 📍Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi 2, GRBS® xalqaro kampusi ⠀ +998 78 129 19 19 📲: +998 90 188 56 86 📬 info.tashkent@grbs.com 📱 Telegram: https://t.me/MyGRBS 📱 FB: https://www.fb.com/grbsuzbekistan 📱 Instagram: https://www.instagram.com/grbs_uzbekistan

Continue ReadingGRBS jamoasi va Turin Рolitexnika Universitetining birinchi respublika tanlovidan fotoreportaj

Siz intellektual salohiyatingizni oshirmoqchimisiz?

Tengdoshlaringiz orasida eng ZO‘RI bo‘lmoqchimisiz? Do‘stlar davrasini kengaytirmoqchimisiz? qimmatbaho sovg‘alar sohibiga ega bo‘lmoqchimisiz? Unda bizning tanlovda ishtirok eting! Tanlov – sizga KATTA IMKON beradi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, ilk bora “Eng yaxshi kitobxon jamoa” tanlovini tashkil qiladi va yangi moxir hozirjavob kitobxonlarni kashf etadi. Siz ham o‘z iqtidoringizni namoyon qiling! Arizalar 1 fevraldan 29 fevralga qadar qabul qilinadi. Tanlov quyidagi shartlardan iborat: 1.” O‘zbek adabiyoti bilimdonlari” 2.” Jahon adabiyoti bilimdonlari” 3.” She'riyat” 4.“ Erkin sahna ko‘rinish” “Eng yaxshi kitobxon jamoa” tanlovining 2020 yilgi mavsumi uchun saralab olingan kitoblar ro‘yhati haqida “Yoshlar bilan ishlash” bo‘limi (202xona)dan ma'lumot olishingiz mumkin. Yuqori…

Continue ReadingSiz intellektual salohiyatingizni oshirmoqchimisiz?

«2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti tomonidan Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda «2+2» ta’lim modelini ishlab chiqish va tashkil etish bo'yicha shartnoma imzolandi. Qo'shma dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-sonli «O’zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanishiga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan amalga oshirildi. Qo'shma dasturning maqsadi ikki oliy o'quv yurti o'rtasida ilg'or o'quv resurslaridan foydalangan holda xalqaro ta'lim standartlarini joriy etish va iqtidorli o'qituvchilarni o'quv dasturlarga jalb qilishdir. Ushbu dastur mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, zamonaviy global dunyoqarashning yuqori darajasiga, muhandislik fanida kuchli qobiliyat va qaror qabul qilishda muammolarning moxiyatini tez ilg’ab oladigan raqobatbardosh talabalarni tayyorlashga yordam beradi. Dasturga muvofiq,…

Continue Reading«2 + 2» dasturi – milliy ta’lim standartlarining Yevropa ta’limi bilan integratsiyalashuvi

“Senga posbonmiz, Vatan!”

Ona yurtni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, istiqloli va istiqboli, osoyishtaligi va farovonligi uchun kurashish, bu yo‘lda hatto o‘z jonini tikish, mohiyatan haqiqiy tinchlikparvarlik ruhida tarbiyalanish har bir o‘zbek o‘g‘lonining burchidir. Harbiylarimiz tun-u kun qo‘lni qo‘lga berib, hattoki jonlarini ham fido qilib, ona zaminlarini sarhadlarini dahlsizligini himoya qilib kelishmoqda. “Vatan himoyachilari kuni” Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida keng nishonlandi. Tadbirda universitetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov, O‘zbekiston Kinoarboblar Ijodiy uyushmasi raisi M.Matchonov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist R.Aliev, universitet va akademik litsey professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor A.Ashurov ochib berdi. U o‘z so‘zida…

Continue Reading“Senga posbonmiz, Vatan!”

O’qish uchun grant taqdim etuvchi tanlovga qabul boshlandi!

Toshkentdagi Buyuk Britaniyaning NCC Education Kampusi - GRBS®, Turin Politexnika Universiteti (TTPU) bilan hamkorlik shartnomasi asosida o'qish uchun grant taqdim qiluvchi O'zbekistondagi dastlabki o'quv tanlovini e'lon qiladi. 🗓Tanlov sanasi: 2020-yil 25-yanvar 🕛O’tkazilish vaqti: 12:00 ‼️Ro'yxatdan o'tish: Ro'yxatdan o'tish (majburiy) 24-yanvar soat 17:00da tugaydi Onlayn ro'yxatdan o'tish: bit.ly/GRBS-Turin-Grantlar Tanlovda ishtirok etish BEPUL 📍Tanlov o'tkazilish manzili: 100077, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yo'li ko'chasi, 2, GRBS® Tashkent – Xalqaro Kampusi ❗️Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan barcha talabgorlar ishtirok etishlari mumkin: ♦️Talabgor oliy ma'lumotga ega bo'lmasligi kerak ♦️Talabgor biron bir oliy o'quv yurtining talabasi bo'lmasligi kerak 📚Tanlov quyidagi fanlar bo'yicha o'tkaziladi:…

Continue ReadingO’qish uchun grant taqdim etuvchi tanlovga qabul boshlandi!

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalarni O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi, milliy armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqilganligi munisabati bilan, talaba-yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari uchun O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalar nafaqat O’zbekistonda tashkil topgan Qurolli kuchlari tarixini o’rganishga, balki muzeyning boy va keng ko’lamga ega bo’lgan Markaziy Osiyo va O’zbekiston xalqining rivojlangan harbiy san’ati tarixi ekspozitsiyalari bilan ham tanishishga muyassar bo’ldilar. Universitet talabalari muzeydagi eksponatlar bilan tanishar ekanlar,…

Continue ReadingO’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar muzeyiga ekskursiya

“Roboland” konstruktori

  • Post category:Yangiliklar

“Roboland” – bu elektronika va dasturlash yo’nalishi bo’yicha yoshlarga ta’lim berish maqsadida ishlab chiqilgan konstruktor bo’lib unda 200 dan ortiq elektron qurilmalar mavjud. Bu qurilmalar orqali 44 ta amaliy loyihalarni amlaga oshirsa bo’ladi. Masalan, biz kundalik hayotimizda foydalanayotgan ko’plab turdagi texnikalar, telefon, turniket tizimi, aqlli termometrlar, aqlli chiroqlar, uylar, issiqxonalar loyihalarining elektronika va dasturlash qismlarini bajarsa bo’ladi. Bundan tashqari ushbu konstruktorda o’zbek tilida yozilgan qo’llanma kitob mavjud bo’lib bu orqali o’quvchilar dastrulash va elektronika asoslarini mustaqil ravishda ham o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Eslatib o’tish kerakki ushbu qo’llanma kitob robototexnika bo’yicha o’zbek tilida yozilgan ilk adabiyot hisoblanadi. 2019 yil 27-dekabr kuni…

Continue Reading“Roboland” konstruktori

❗️ABITIRUENTLAR DIQQATIGA!❗️

✅2019-yil sentyabr oyida oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan barcha abituriyentlar uchun 🇮🇹 Toshkent Turin Politexnika Universitetidan (TTPU) ajoyib imkoniyat! 🎗Yevropaning eng nufuzli universitetlaridan birining filiali – 🇮🇹Toshkent Turin Politexnika Universiteti hamda 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi NCC Education kampusi – GRBS® (O'zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish agentligi litsenziyasi № KMO 0418) o’zaro hamkorlik shartnomasi asosida, 2020-yil kuz oyidan 🇮🇹 TTPU’da ikkinchi kursdan o'qishni boshlashni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat taqdim etmoqda. 🇬🇧OFQUAL, UCAS, Department for Business Innovation and Skills, E-Skills UK, Council for Administration kabi Buyuk Britaniya hukumati organlari tomonidan boshqariladigan “Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education…

Continue Reading❗️ABITIRUENTLAR DIQQATIGA!❗️

“STEM Camp” qishki oromgohi

  • Post category:Yangiliklar

Tоshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ko'magida joriy yilning 6 yanvaridan boshlab 6 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun STEM Camp qishki oromgohini ochishdi. O'tgan yilning 24-dekabrida bolalar va ularning ota-onalari uchun robototexnika bo'yicha dastlabki mahorat darslari bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilar robototexnika bo'yicha asosiy bilimlar, oromgohning imkoniyatlari va bolalarga elektronika asoslarini o'rgatish va "Superqahramon" maxsus o'quv-ko'ngilochar Arduino o'quv dasturlari bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar. Batafsil ma'lumotlarni STEM Camp rasmiy telegram kanali (https://t.me/stemcamp)da topishingiz mumkin. ‌Biz faol va iqtidorli talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga reja va maqsadlarini amalga oshirishda ulkan…

Continue Reading“STEM Camp” qishki oromgohi

O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo'shgan munosib ishchilar va yosh faollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga va rag'batlantirishga, ularning mehnatiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga, yosh mutaxassislarning iste'dodi va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga, shuningdek xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qator ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradi. Joriy yilning 25 dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta opera va balet teatrida O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan "Yurt taraqqiyoti yo'lida birlashaylik!" shiori ostida 2019 yil yakunlari e'lon qilindi. Unda tantanali ravishda bir nechta toifalarda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. "Eng faol yosh ishchi kasb egasi", "Eng namunali boshlang'ich tashkilot", "Kasaba uyushmalari federatsiyasi stipendiyasi sohibi" va…

Continue ReadingO’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi stependiati

“Deviser” konstruktorining taqdimoti

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ko'magi bilan startap ekotizimini yoshlar o'rtasida ommalashtirish, ularning e'tiborini fan va robototexnika sohasiga jalb qilish, shuningdek yosh ixtirochilarning loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Deviser" elektron dizayneri taqdim etildi. Taqdimot davomida amaliy fizikani elektronikadan foydalangan holda o'qitishning yangi usuli - Deviser konstruktori tanishtirildi. Dizayner uch tilda (o'zbek, rus, ingliz) yo'riqnomalar va ishlanmalardan iborat bo'lib, u nozik motorli ko'nikmalarni rivojlantirishga hissa qo'shadigan holda va yosh muhandislarning robototexnika sohasiga qiziqishini oshiradigan holda ishonchli va innovatsion echimlarni namoyish etadi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining o'rinbosari Olimjon To'ychiev, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher…

Continue Reading“Deviser” konstruktorining taqdimoti
image_pdfimage_print