Universitetimiz talabalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi

  • Post category:Yangiliklar

Suyuqliklar mexanikasi va gidravlika (Fluid mechanics and hydraulics)” fani doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutidagi amaliy oʻquv dars jarayonlari hamda laboratoriya uskunalari bilan yaqindan tanishish uchun institutga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar institutning “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi oʻquv laboratoriyasi, Avtotraktor dvigatellari va yonilgʻi moylash materiallari tajriba laboratoriyasi va boshqa koʻrgazma stendlari bilan yaqindan tanishishdi. Ushbu tashrif fanni chuqurroq oʻzlashtirish, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash va pirovardida sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishiga ishonamiz.

Continue ReadingUniversitetimiz talabalari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrifi

11-Oktyabr – Xalqaro Qizlar kuni

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 11-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Univesitetida – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “O’zbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari” mavzusida Respublika forumi bo’lib o’tdi. Forum davomida san’at sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarning musiqiy chiqishlari bo’lib o’tdi. Qolaversa, jamiyatdagi turli sohalarda faol mehnat qilayotgan rahbar ayollarning forum ishtirokchilari bilan muloqotlari bo’lib o’tdi. Forum yakunida faol ishtirokchilarni taqdirlash va tadbirning yopilish marosimi bo’lib o’tdi.

Continue Reading11-Oktyabr – Xalqaro Qizlar kuni

Xalqaro “SOL-GEL 2020” konferensiyasi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 11-15 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda Samarqand Davlat Universitetida MDH davlatlarining oltinchi xalqaro konferensiyasi "Sol-gel sintezi va noorganik birikmalar, gibrid funksional materiallar va dispersli tizimlarni tadqiq qilish"-"SOL-GEL 2020" bo’lib o’tadi. Konferensiya davomida xorijiy va mahalliy professorlar-o'qituvchilar taqdimotlari bilan qatnashadilar. Bundan tashqari xalqaro deligatsiya Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarga sayohat qiladi. Qolaversa, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Batafsil ma'lumotlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Continue ReadingXalqaro “SOL-GEL 2020” konferensiyasi

24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting

  • Post category:Yangiliklar

📜Konstitutsiyaviy burchingizni ado etib zamonaviy noutbuk sohibi boʻlishni xohlaysizmi? Buni yoʻli juda oson. Quyidagi shartlarni bajarsangiz kifoya: 1. 🗳24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting; 2.📝 Oʻzingizning nomzodingizga ovoz bering; 3. 📸😎Namunada koʻrsatilganidek suratga tushing👆🏻(yoki selfiga tushing); 4. 📥Suratni talabalik ID raqamingiz bilan ushbu @ttpu_saylov_2021 telegram kanalga yuboring. Gʻolibni esa, tasodifiy tanlov platformasi @wowrollbot orqali 25-oktyabr kuni soat 16:00 da Instagramdagi kanalimizda (@polito_uz) jonli efirda aniqlab olamiz. Hammaga omad yor boʻlsin! *tanlovda faqat 18 yoshdan oshgan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari ishtirok etishlari mumkin

Continue Reading24-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok eting

International seminar on “Energy transition as a viable boost for sustainable economic development”

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 15 oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida, Italiya va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonalari, Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda, “Energy transition as a viable boost for the sustainable economic development” mavzuida halqaro ilmiy- texnik konferensiya o‘tkazilishi belgilangan. Xalqaro konferensiyada xorijiy universitetlar The University of Strathclyde (Buyuk Britaniya), Politecnico di Torino (Italiya) va energetika sohasida faoliyat olib borayotgan Siemens Energy, Juru Energy kabi xorijiy kompaniyalarning energetika sohasidagi yetakchi mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etadilar. Xalqaro konferensiya davomida muqobil energetika sohasida faoliyat olib borayotgan mahalliy professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish va hamkorlik…

Continue ReadingInternational seminar on “Energy transition as a viable boost for sustainable economic development”

MFaktor loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov bilan uchrashuv hamda mahorat darsi bo’lib o’tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21 sentabr kuni «Biznesda muvaffaqiyat va mag’lubiyat omillari» mavzusi doirasida taniqli tadbirkor, MFaktor loyihasi asoschilaridan biri , biznes faoliyatida yuqori muvaffaqiyatlarga erisha olgan motivator Husan Mamasaidov bilan uchrashuv hamda mahorat darsi bo’lib o’tdi.Mahorat darsidada, Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha hokim o’rinbosari, tuman tadbirkorlari, Chimboy mahalla faollari hamda universitet talabalari ishtirok etdilarMehmon sifatida tashrif buyurgan, yurtimizdagi ko’zga ko’ringan va muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor, Dekos.uz va Deli.uz kompaniyalari, shuningdek, “M factor” loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov, tadbir davomida , biznesda qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari, biznesda qo’llaniladigan vositalar, oilaviy biznesda manfaatlar muvozanatini saqlash va boshqa ko’p ma’lumotlar haqida…

Continue ReadingMFaktor loyihasi asoschilaridan biri Husan Mamasaidov bilan uchrashuv hamda mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining majlislar zalida “hyperMILL” – qolip va qolip ishlab chiqarish uchun CAMning innovatsion integratsiyalashgan yechimi” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 21 sentyabr – Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining majlislar zalida "hyperMILL" - qolip va qolip ishlab chiqarish uchun CAMning innovatsion integratsiyalashgan yechimi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.Seminar doirasida “OPEN-MIND Technologies AG” va “ABM-TECHNIK MChJ QK” va “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi. "OPEN-MIND" kompaniyasi tomonidan hyperMILL litsenziyalangan dasturiy ta'minoti universitetimiz talabalariga foydalanish uchun taqdim etildi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetining majlislar zalida “hyperMILL” – qolip va qolip ishlab chiqarish uchun CAMning innovatsion integratsiyalashgan yechimi” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

Ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

  • Post category:Yangiliklar

Vitronic kompaniyasi va Tatweer kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash, Vitronic kompaniyasi tomonidan universitetga laboratoriya qurilmalar berilishi ta’kidlandi. Shunigdek, kompaniya vakillari tomonidan talabalarni malakasini oshirish bo’yicha kurslar tashkil etish kelishib olindi.

Continue ReadingIshlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

“O‘zbekistonda ilk bor koinotga nano SPUTNIK uchirildi”

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) stratosferaga uchirildi. Vazni 2.5-3.0 kg bo‘lgan, U-klasdagi ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib borish uchun bir nechta modullardan tashkil topgan 10 sm kub xajmdagi sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi. CubeSat bir qator sensor qurilmalardan tashkil topgan bo‘lib, yerdan uzoqlashish balandligini, stratosferadagi havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi va boshqa turdagi fizikaviy ma’lumotlarni onlayn tarzda universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyaga uzatdi, kelgusida qabul qilingan ma’lumotlar geodeziya sohasida ilmiy-tadqiqot olib borish uchun tahlil qilinadi. Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, ushbu ma’lumotlar yordamida…

Continue Reading“O‘zbekistonda ilk bor koinotga nano SPUTNIK uchirildi”

  • Post category:Yangiliklar

2021 yil 15 sentyabrda Yevrosiyo texnologiya universitetining xalqaro hamkorlik va akademik harakatlanish bo’limi boshlig’i Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi – ikki universitet o’rtasidagi ilmiy hamkorlikdir. Uchrashuv davomida 2022-yil bahoridan boshlab "Dasturiy Injiniring" yo’nalishi bo’yicha talabalar almashish dasturini boshlash to’g’risida kelishib olindi. 

Continue Reading

O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) kosmosga uchiriladi.

  • Post category:Yangiliklar

CubeSat stratosferada havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi va boshqa turdagi ma’lumotlarni onlayn tarzda uzatadi, universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyada uzatilgan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlar onlayn tarzda uzatiladi, ushbu ma’lumotlar yordamida kelgusida geo axborot tizimlari yo‘nalishidagi tadqiqotlarda foydalaniladi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun sizni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga 2021 yil 17 sentabr kuni ertalab soat 05:30 ga taklif qilamiz.

Continue ReadingO‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) kosmosga uchiriladi.

Kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2021-2022 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! Boʻlib oʻtgan kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar toʻrtta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 40.00 va undan yuqori ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri First Level (ikkinchi kurs) ga qabul qilinadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2021-yil oktabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. * Agar abituriyent IELTS sertifikatini oʻz vaqtida taqdim etmasa, u avtomatik ravishda Preparatory…

Continue ReadingKirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Universitetimizga “Allur kompaniyalari guruhi” vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

Tashrif maqsadi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti negizida O'zbekiston Respublikasida zamonaviy avtomobilsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimining ijobiy tajribasini o'rganish. Uchrashuvlar davomida avtomobilsozlik sohasida kadrlarni tayyorlash bo’yicha hamkorlik qilish kelishib olindi.

Continue ReadingUniversitetimizga “Allur kompaniyalari guruhi” vakillaridan tashkil topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

Yangi O‘zbekistonda Oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar

  • Post category:Yangiliklar

Bugungi kunda oliy ta’lim - bu bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarishlar ro‘y berayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz davlat mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida so‘zlagan nutqlarida ”Bugungi kunda islohotlarimiz talabi, hayotning o‘zi oliy ta’lim sohasini jadal rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shu bois yurtimizda so‘nggi 5 yilda 64 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkazildi. Qabul kvotasi 3 barobar oshirildi. Endilikda bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan – shunga e’tibor bering – 28 foizga yetkazildi. Yaqin kelgusida ushbu ko‘rsatkichni 50-60 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda” – degan fikrlarni ta'kidlab o‘tdilar. So‘ngi…

Continue ReadingYangi O‘zbekistonda Oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohatlar

Aziz birinchi kurs talabalari!

  • Post category:Yangiliklar

Shu ondan boshlab siz O'zbekistondagi yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biri bo’lmish Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti katta jamoasining to'liq a'zosiga aylandingiz. Sizning oldingizda ilm -fan va ijod olamiga eshiklar ochildi. Qaysi hayot yo'lini tanlashingiz va hayotda nimaga erishishingiz faqat sizga bog'liq. Asosiysi, o'z oldingizga yuqori maqsadlar qo'yish va ularga intilish.Turin universiteti talabalari sifatida siz Italiya va O'zbekistonning eng yaxshi professor -o'qituvchilaridan bilim olishingiz, eng zamonaviy ilmiy asbob-uskunalardan foydalangan holda taniqli olimlar rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanishingiz, eng yaxshi universitetda talabalik yillarini o'tkazishingiz mumkin.Siz Yangi O'zbekistonda ta'lim sohasi jadal rivojlanayotgan davrda talaba bo'ldingiz.Universitetimizda o'qigan yillaringizdan unumli foydalanishingizni tilayman. Ilm -fan…

Continue ReadingAziz birinchi kurs talabalari!

Hurmatli vatandoshlar!

  • Post category:Yangiliklar

Sizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bardavom bo‘lsin. Har doim ona yurtimiz uzra musaffo osmon, odamlar qalbida tinchlik, uylarida farovonlik bo‘lsin! Hurmat bilan, Universitet jamoasi

Continue ReadingHurmatli vatandoshlar!

Oldinga intilish uchun innovatsion harakat

  • Post category:Yangiliklar

Bugun, 31-avgust kuni Italiyaning Danieli Group kompaniyasi vakili Lorentso Mozetich universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u bitiruvchilarimizni o'z kompaniyasiga taklif qildi. Danieli Group - metallurgiya sanoati uchun asbob -uskunalar va fizik zavodlarning Italiya yetkazib beruvchisi. Bu po'lat zavodlari ishlab chiqarishda, xususan, uzun mahsulotlar segmentida jahon yetakchilaridan biri bo'lib, u bozor ulushining 90% dan ortig'iga ega.

Continue ReadingOldinga intilish uchun innovatsion harakat

Qo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Jizzax politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan Mashinasozlik texnologiyasi qo'shma ta'lim dasturiga birinchi kirish test sinovlari o'tkazildi. 10 sentyabrga qadar ikkinchi kirish test sinovlari uchun xujjatlar qabul qilinadi. Alohida qayd etish joizki, ushbu qo'shma ta'lim dasturida tahsil oladigan talabalar o'qishni tamomlagach davlat naʼmunasidagi Jizzax politexnika instituti va Turin politexnika universiteti diplomiga ega bo'lishadi.

Continue ReadingQo’shma ta’lim dasturiga birinchi kirish imtihoni o’tkazildi

Matematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining tabiiy-matematika fanlari kafedrasi professori Fayazov Qudratillo Sadridinovich “Doʼstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Oliy darajali “Doʼstlik” ordeni bilan qardosh xalqlar oʼrtasida koʼp asrlik doʼstlik va qoʼshnichilik munosabatlarini mustahkamlashdagi, jamiyat va xalqlarning birdamligini uygʼunlashtirishdagi, xar tomonlama strategik hamkorlikni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun faxrli ustozimiz Fayazov Qudratillo Sadridinovichni bu mukofot bilan universitetimiz jamoasi chin yurakdan tabriklaydi. Vatan taraqqiyoti yoʼlida olib borayotgan faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

Continue ReadingMatematik olim “Doʼstlik” ordeni sohibi
image_pdfimage_print