❗️DIQQAT

  • Post category:E'lonlar

Ish haqi va kommunal xizmat tolovlarining oshganligini inobatga olgan xolda, hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Vasiylik kengashi a’zolarining yig‘ilish bayonnomasiga asosan, 2023/2024 o'quv yilidan*️⃣Dasturlash muhandisligi*️⃣Arxitektura va dizaynta'lim yo'nalishlari barcha bosqichlarida (2,3 va 4-bosqich), bir o'quv yili uchun shartnoma to'lovi 22 000 000 (yigirma ikki million) so'm qilib belgilandi.

Continue Reading❗️DIQQAT

Bank ma’lumotlari o’zgardi

  • Post category:E'lonlar

Yangi bank rekvizitlari:Bank: TIF Milliy Bank. AJ “Olmazor” BXMBank manzili: Toshkent sh., Olmazor tumani, Qoraqamish-2, 54H/r: 20208000204790690001MFO: 00450INN: 301249598OKED: 85420Valyuta hisob raqami: 20208978204790690003 (EUR €)Valyuta hisob raqami: 20208840904790690003 (USD $)SWIFT: NBFAUZ2XXXX

Continue ReadingBank ma’lumotlari o’zgardi

Italiyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

2023-yilning 6-iyulidan 13-iyuliga qadar Italiyaning L'Aquila shahrida Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko'nikmalari” loyihasi doirasida 9 ta universitet (O‘zbekiston, Falastin va Tunis) talabalarining treninglari va loyihalari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti,  K.Bekzod nomidagi Amaliy san’at instituti hamda O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari qatnashdi . Talabalar turli yo'nalishlarda o'zlarining innovatsion ishlarini taqdim etdilar, ularning har biri aholining turli qatlamlarini, ta'lim va kasbiy sohalarda va hokazolarni qo'llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan to'liq loyihalardir. Shuningdek, shu davrda loyiha boshqaruvi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda talabalar tomonidan taqdim etilgan ishlar, loyiha natijalarini tarqatish, kelgusidagi vazifalar va moliyaviy…

Continue ReadingItaliyada Erasmus + “MUSAE: “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli ko’nikmalari”/ Multidisciplinary Skills for Artists’ Entrepreneurship” loyihasi doirasida treninglar o’tkazildi.

“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va to'lov kvitansiyasini olib keling.

Continue Reading“Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 2023-yil 15-iyul shanba kuni boʻlib oʻtadigan kirish imtihoni vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. 

2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro'yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing.  Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to'lov kvitansiyasini olib keling. E'tibor qarating, Menejment yo'nalishi bo'yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo'lib o'tadi.

Continue Reading2023-yil 11-iyul, Seshanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro’yxati

Abiturientlar ro’yxati.

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar,  2023-yil 10-iyul, dushanba kuni kirish imtihonlarida qatnashadigan abituriyentlar ro'yxati va tegishli vaqtlar bilan tanishing. E'tibor bering, abituriyentlarning ko'pligi va vaqt yetishmasligi sababli, qolgan abituriyentlar 2023 yil 11-iyul, seshanba kuni imtihon topshiradilar. 2023 yil 11-iyul kuni imtihon topshiradigan abituriyentlar ro`yxati 2023-yil 10-iyul kuni e`lon qilinadi. Iltimos, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish imtihoni uchun to'lov kvitansiyasini olib keling. E'tibor qarating, Menejment yo'nalishi bo'yicha kirish imtihoni 15-iyul kuni bo'lib o'tadi. 10.07.2023 exam timesDownload

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati.

Universitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 23 iyun kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida kitobsevarlar klubi a’zolarining navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvi o‘tkazildi. Aksariyat talabalar yozgi ta’tilga chiqib ketganliklari sababli uchrashuv Zoom platformasi orqali onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetimiz xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.Nabixanova tomonidan mutolaa qilish uchun tavsiya etilgan pokistonlik inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning “Men Malalaman. Tik turib ta’lim olgan va tolibonlar tomonidan xo‘rlangan qizaloq” avtobiografik asari muhokama qilindi. Tadbir avvalida ishtirokchilarda Malala Yusufzoy to‘g‘risida atroflicha ma’lumot xosil bo‘lishi uchun uning hayoti va faoliyati haqidagi videorolik namoyish etildi. Klub uchrashuvining moderatori akademik guruhlar tyutori Faxriddin O‘rolovich Sattiyev asar muhokamasini boshlab berish uchun so‘zni…

Continue ReadingUniversitetda inson huquqlari himoyachisi Malala Yusufzoyning asari muhokama qilindi

TECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 21-iyun kuni, Ispaniyaning TECNOVE kompaniyasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Guzman Martin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda TTPU va TECNOVE kompaniyalari, o‘z faoliyatlari to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashdi. Hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildilar. Xususan : • Turin politexnika universiteti va TECNOVE kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash; • TTPU Texnoparki bilan xalqaro hamkorlik: mashinasozlik yo‘nalishida, maxsus texnikalarga xizmat ko‘rsatish va foydalanish, biotibbiyot muhandisligi sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Ma’lumot o‘rnida: TECNOVE kompaniyasi, 35 yillik tajribaga ega bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida 10 dan ortiq o‘z markazlariga egadir,…

Continue ReadingTECNOVE kompaniyasi vakillari TTPUga tashrif buyurdi.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

  • Post category:E'lonlar

20-iyun kuni soat 14.00 da Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Ma’muriy binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasida, 05.08.06 - G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) ilmiy darajasiga talabgor Qambarov Ikrom Nigmatullaevichning "Avtomobil yig‘ish stansiyalariga robot manipulyator integratsiya qilish usulini ishlab chiqish" mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo’lib o’tadi. Join Zoom Meeting Meeting ID: 854 7183 8945 Passcode: 1111 PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi                                                                                      K.A. Sharipov

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi Ph.D.22/01.02.2022. T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminar

TTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 30-may sanasida, Suv sport turlari Respublika Oliy Sport Mahorati Maktabi tomonidan universitet talaba-yoshlari o‘rtasida suzish bo‘yicha mahorat darsi (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Oliy Sport Mahorati Maktabi murabbiysi Vangelis Divin xamda O‘zbekiston Milliy yoshlar terma jamoasi a’zolari Ma’sud Dilmurodov va Doniyor Salimovlar ishtirok etishdi. Unda talabalarga turli uslubda suzish bo‘yicha ma’lumot berilib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga chaqirildi.So‘ng talabalar o‘rtasida 50 metr masofaga suzish bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.Musobaqa natijalari: 1 oʻrin - Ergashev Fozil2 o'rin - Muxammadjonov Ilyos;3 o‘rin - Аbdurasulov Dovud.Gʻolib va ishtirokchilar diplom va esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingTTPUda suzish bo‘yicha “Rektor kubogi” va master-klass o‘tkazildi

Gitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 29-may sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Madraimov tomonidan musiqa ishqivozlari va gitara cholg‘u asbobida o‘z bilimlarini oshirmoqchi bo‘lgan talabalarga mahorat darsi (master klass) o‘tkazildi.Tadbir davomida musiqa to‘garagi rahbari M.Saparbayev boshchiligida Havaskor gitarachilar tanlovi ham bo‘lib o‘tdi. Unda musiqa to‘garagi a’zolari hamda gitara cholg‘u asbobida o‘ynashni bilgan universitet talabalari va akademik litsey o‘quvchilari bellashdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra; 1-o‘rin: Hasanov Shohruh2-o‘rin: Akbaraliyev Habibulloh3-o‘rin: Irgashev Fozil egalladi.Tadbir so‘ngida har bir ishtirokchi sertifikatlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Continue ReadingGitara ishqibozlari uchun master-klass va tanlov o‘tkazildi

TTPU rektorining Saudiya Arabistonga xizmat safari.

  • Post category:E'lonlar

2023-yil 29-may sanasidan 1-iyun sanasiga qadar, Saudiya Arabistonning Qirol Abdulloh fan va texnologiyalar universitetida tashkil etiladian “Times Higher Education” tashkilotining “Global Sustainable Development Congress” tadbirida ishtirik etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, Moliya-iqtisodiyot va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor J.A.Abdujalilov bilan birga Saudiya Arabistonning Thuval shahriga xizmat safariga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Saudiya Arabistonga xizmat safari.

2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

  • Post category:Yangiliklar

2023-yil 24-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda «Mashinasozlik texnologiyasi», «Аxborot texnologiyalari», «Sanoatda xoʼjalik qurilishi va arxitektura», «Аvtomobil muhandisligi» yo‘nalishlarini tamomlagan 200 dan ortiq bitiruvchilar taqdirlandi.Diplomlarni Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi – Agostino Pinna, Turin politexnika universiteti rektori (Italiya) – Guido Sarakko va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori – Jamshid Inoyatxodjayevlar topshirdi. Bitiruvchilarimizni chin yurakdan tabriklaymiz va o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish yo'lida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Continue Reading2023-YIL BITIRUV DIPLOMLARINI TANTANALI TAQDIM ETISH MAROSIMI🎓

Biznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:Yangiliklar

Hurmatli abituriyentlar, 2023-2024 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2023-yil 20-may da bo`lib o`tgan kirish imtihoni natijalari bilan tanishing. Yuklab oling Bundan tashqari, 20-May oyidagi qabul testiga ko'ra, natijalar to'rt toifaga bo'linadi: BIRINCHI TOIFA: 40 va undan yuqori toʻplaganlar, birinchi kursga qabul qilinadilar va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi tomonidan TOʻLIQ GRANT ajratiladi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) 2023-yil dekabr oyining oxiriga qadar topshirishlari shart *. IKKINCHI TOIFA: 35 va undan yuqori, ammo 40.00 dan past…

Continue ReadingBiznes Menejment yo`nalishikirish imtihoni (1bosqich)natijalari e’lon qilindi!

TTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 19 may kuni, Oʼzbekiston stol tennisi Federatsiyasi tomonidan universitet talaba-yoshlari oʼrtasida ston tennisi boʼyicha maxorat darslari (master klass) tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro Olimpiya oʼyinlariga tayyorlash boshqarma boshligʼi Burxonxoʼjaeva Nodira Saidikramovna, Toshkent shahar stol tennisi boʼlimi ijrochi direktori Melikuziev Аkbar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya instituti talabalari - bir qator xalqaro va respublika musobaqa gʼoliblari ishtirok etishdi. N.Burxonxoʼjaeva yoshlar oʼrtasida stol tennisni ommalashtirishda Oʼzbekiston Federatsiyasining oʼrni va rivojlanishi toʼgʼrisida soʼz yuritib talabalarni stol tennisi bilan kuproq shugʼullanishga chorladi. Yosh sportchilar universitet talabalariga maxorat darslarini oʼtkazib turli oʼyin uslublarini qoʼllashni taqdim etdilar hamda ular bilan oʼzaro bellashdilar. Oʼtkazilgan maxorat darslari…

Continue ReadingTTPUda stol tennisi bo‘yicha master klass o’tkazildi.
image_pdfimage_print