“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

  • Post category:Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar oyi davomida "Kitobxon yoshlar" onlayn Respublika tanlovi o'tkazilmoqda. Mazkur tanlovda ishtirokchilar telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tib, tanlov ishtirokchisiga aylaning! Tanlov nizomi

Continue Reading“Kitobxon yoshlar” onlayn Respublika tanlovi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim sifatini nazorati qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor attestatsiyadan oʻtdi va davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikatni qoʻlga kiritdi.Bu universitetdagi taʼlim xalqaro standartlarga mos kelishi barobarida Oʻzbekistondagi oliy taʼlim standartlariga muvofiq ekanini tasdiqlaydi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Davlat akkreditatsiyasi haqidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

  • Post category:Yangiliklar

2022-yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti hududida quvvati 30 kVt bo‘lgan universitet kampusidagi sport majmuasini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. 2022-yil 20-dekabrda O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatimizda energiya resurslaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, davlat tashkilotlari, yirik sanoat obʼyektlari, aholi xonadonlari faoliyatini taʼminlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini tezkorlik bilan joriy etilishga chaqirildi. Ta’lim muassasalarining “yashil energiya”ga o‘tishini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasini rivojlantirish va mamlakatimizning uglerod neytralligiga erishishga hissa qo‘shish maqsadida, universitet hududida 2011 yildan ishga tushitilgan sport majmuasiga elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh fotoelektr…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida 30 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Hammaga Salom!👋

  • Post category:E'lonlar

Qishki dam olish kunlarini mazmunli o'tkazishni xohlaysizmi? Unda biz sizni Onlayn shaxmat klubiga qo'shilishga taklif etamiz!♟🤩 Biz bilan o'z mahoratingizni oshiring va onlayn turnirda ishtirok eting! 📱 Klubga qo'shilish uchun hoziroq quyidagi havola orqali ro'yhatdan o'ting⬇️ https://www.chess.com/club/ttpu-chess-club/join 15 yanvar kuni soat 10:00 klubning ilk turniri o'tkazilib, unda faqat klub a'zolari qatnashishi mumkin. ❗️Muhim: Turnir boshlanishidan 1 soat oldin Join tugmasini bosib oʻyinga qoʻshilishingiz zarur! Shaxmat klubi bilan miyangizni mashq qildiring!🧠

Continue ReadingHammaga Salom!👋

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qo’shimcha IT binosini qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash tenderini e’lon qiladi  

Texnik qismning miqdoriy koʻrsatkichi:         90 ball Narx usulining miqdoriy koʻrsatkichi:             10 ball Minimal oʻtish ball – 70 ball Tender muddati: 20.01.2023. Soat: 12:00 gacha 1.  Obyektni oʻrganganligi va ishlarni oʻz vaqtida topshirish toʻgʻrisida kafolat xati (obyekt mavjud xolati va bajarilishi lozim boʻlgan ishga loyiha taklifidan fotosuratlar ilova qilinsin) - 20 2. Tanlov ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kafolat xatining mavjudligi- 5 3. Tashkilotda faoliyat yurituvchi xodimlar soni 10 va undan yuqoriligi (F.I.Sh., lavozimi hamda ish tajribasi (yil) haqida toʻliq maʼlumot, QR kodi bilan. - 10 4.  Loyiha ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan asbob-anjomlar va kompyuter texnikalari mavjudligi (tasdiqlovchi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida qo’shimcha IT binosini qurish uchun loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash tenderini e’lon qiladi  

Hurmatli barcha bosqich va barcha yo`nalish talabalari, diqqat, yuqorida 2022-2023 o`quv yili uchun shartnoma to`lovini to`lamagan talabalar ro`yxati keltirilgan.

  • Post category:E'lonlar

Muhim eslatma: Siz 2023 yil 7 yanvargacha shartnoma tolov miqdorining kamida 50 foizini to'lashingiz kerak. Agar siz ushbu muddatni o'tkazib yuborsangiz (hatto bir kunga), siz faqatgina 2023-2024 o'quv yilida oqishni qayta tiklash imkoniyati bilan talabalik safidan chetlashtirilasiz. Agar siz ushbu tolovni 2023 yil 7 yanvargacha to'lasangiz, tolov cheki nusxasini dekanatga olib kelishingiz kerak bo`ladi. Agar siz allaqachon to'lagan bo'lsangiz, iltimos, ushbu xabarga e'tibor bermang.

Continue ReadingHurmatli barcha bosqich va barcha yo`nalish talabalari, diqqat, yuqorida 2022-2023 o`quv yili uchun shartnoma to`lovini to`lamagan talabalar ro`yxati keltirilgan.

Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy tasviriy sanʼat va dizayn instituti hamkorlikda Erasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “San’at, musiqa va ijodkorlik sohasida tadbirkorlik ko‘nikmalari” nomli o‘quv kursini tashkil qildi. Ushbu dastur doirasida har bir universitet va institutdan jami 18 nafar talabadan iborat to‘rt xil jamoa tuzildi. O‘quv kursi davomida har bir jamoa san’at, musiqa va ijodga yo‘naltirilgan jamoaviy ish ustida ishlab, yakuniy loyiha ishi sifatida o‘z biznes modelini ishlab chiqadi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, talabalar Belgiyada ikki…

Continue ReadingErasmus+ dasturi asosida Oliy taʼlim muassasalarining salohiyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan “San’at sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishning ko‘p tarmoqli kompetensiyalarini rivojlantirish” loyihasi

Khaitov Narzullobek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Jumladan, Khaitov Narzullobek Fayzullo o'g'li, “Mashinasozlik texnologiyasi” yo’nalishi bo'yicha 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.

Continue ReadingKhaitov Narzullobek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi

Tursunov Diyorbek Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi

  • Post category:Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-sonli, 2021-yil 9-sentabrdagi PF-6309-sonli farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 6 dekabrdagi 396-son buyrug‘iga muvofiq “2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘i asosida Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Jumladan, Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Tursunov Diyorbek Azamiddin og'li, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

Continue ReadingTursunov Diyorbek Prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi

TTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilingani xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlab, ularning jamiyatdagi o‘rinini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilning 15 dekabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbirlari doirasida "Biz zo‘rovonlikka qarshimiz!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.             Tadbirda Olmazor tumani Ichki ishlar bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi katta inspektorlari – podpolkovniklar S.Sh. Melieva, M.U.Anarbaeva, Y.X.Jo’raeva, mayor S.E.Mavlyanova, kapitan X.N.Berdikulova…

Continue ReadingTTPUda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Koreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 12 dekabr kuni, Janubiy Koreyaning Koreya sanoat texnologiya instituti (KITECH) professorlari prof. Dr. Bum Sung Kim, Dr. Boksang Lee TTPUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti direktori prof. Parpiev O.R. boshchiligidagi ilmiy jamoa, “Аlyans Kapital” Investitsion kompaniyasi vakillari hamda TTPU professor oʼqituvchilari va jamoasi qatnashdi. Tashrif doirasida mehmonlarni universitet birinchi prorektori А.Аshurov kutib olib, universitetning axborot resur markazi, texnopark, mexatronika markazlar bilan tanishtirdi. Uchrashuv doirasida ekspertlar tomonidan metallar va materiallar kimyosi va texnologiyasi, vodorod energetikasi istiqbollari, ekoinjineriya sohasi hamda ilmiy kadrlar almashinuv dasturlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Continue ReadingKoreyalik mutaxassislar bilan muhokamalar oʼtkazildi.

Ijarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti akademik guruhlar tyutorlari ijarada yashayotgan talabalarning yashash sharoiti hamda qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida ular yashab turgan xonadonlarga tashrif buyurishmoqda. Tashrif chog‘ida talabalar yashayotgan xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilmoqda, shuningdek, is gazidan zaharlanishni oldini olish va texnika xavfsizligi borasida kerakli tavsiyalar berilmoqda.

Continue ReadingIjarada yashaydigan talabalar holidan xabar olinmoqda

PhD dissertatsiya himoyasi

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Muxitdinov Otabek Odil o‘g‘lining dissertatsiya ishi himoyasi. Mavzu: “Improving the reliability of internal combustion engines of passenger cars by improving the properties of motor oils with antimicrobial additives”. Sana: 2022-yil 12-dekabr kuni soat 14:00.  Seminar shakli: offline/online (havola). Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining…

Continue ReadingPhD dissertatsiya himoyasi

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Kuni kecha Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti birinchi prorektori Alisher Ashurov rahbarligida universitet xodimlari, o‘qituvchi-professorlari hamda talabalari ishtirokida talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, xuquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatni barvaqt oldini olish mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbirda universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Allamova G.A., profilaktika katta inspektori, podpolkovnigi Yusupov Sh. va akademik guruhlar tyutori Sattiyev F.O‘. ishtirok etdi. Suhbat davomida talabalarga - har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy hatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlikka tortilishi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida talabalar…

Continue ReadingJinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi

Toshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

  • Post category:Yangiliklar

23-noyabr kuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalarini IT sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida sakkizinchi marotaba birlashtirgan "Seeds for the future" tanlovining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 14-21 noyabr kunlari O‘zbekistonning yettita oliy o‘quv yurti talabalari ilg‘or texnologiyalar va raqamli yechimlarning dunyo barqaror rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan “Huawei Seeds for the Future 2022” o‘quv dasturida ishtirok etdi. Sakkiz kun davomida Huawei kompaniyasining xalqaro ekspertlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar ekspertlari bilan ma’ruzalar, mahorat darslari, ochiq muhokamalar tashkil etildi. Loyiha gibrid formatda Huawei kompaniyasining Toshkentdagi ofisida shtab-kvartiradan jonli efir va texnologik ko‘rgazma zallariga virtual sayohatlar, shuningdek, yetakchilikni rivojlantirish, startaplarni ishga tushirish…

Continue ReadingToshkentda Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future 2022” taʼlim loyihasining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Italiyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

  • Post category:Yangiliklar

Xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Turin Politexnika  universiteti rektori J.Sh. Inoyatxodjaev O’zbekiston delegatsiyasi tarkibida, avtomobilsozlik va boshqa sanoat sohalarida rivojlangan mamlakatlarda tatbiq qilingan eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tatbiq etish borasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarinin o‘rnatish va kelishuvlarga erishish maqsadida hozirda Italiyada xizmat safarida. Xususan, kuni kecha Italiyaning Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” dual taʼlim yoʼnalishida “Sanoat 4.0” raqamli texnologiyalar, ilgʼor avtomatlashtirish, “Tejamkor ishlab chiqarish” boʼyicha texnik koʼnikmalarga ega boʼlgan kadrlarni 3 yillik oʼquv reja asosida tayyorlash boʼyicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-2024 oʼquv yilidan Toshkent shahridagi Turin…

Continue ReadingItaliyaga tashrif doirasida qator kelishuvlarga erishildi

TTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Xalqaro talabalar kuni” hamda “18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.Tadbirni universitet birinchi prorektori Alisher Ashurov ochib berib, talabalarni ushbu bayramlar bilan qutladi, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. So‘ng “Yil talabasi-2022” ko‘rik tanlovida faol ishtirok etgan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Universitet “Musiqa to‘garagi” qatnashchisi Shohruh Hasanov va uning rahbari Mansur Saparbaev tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar bayram qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.Kuni kecha “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.Bayramning ikkinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i…

Continue ReadingTTPU da bayram tadbiri o‘tkazildi

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

  • Post category:Yangiliklar

Italiya Respublikasidagi oliy ta’lim, jumladan, doktorantura bosqichida sifatni ta’minlash tajribasini o‘rganish, ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ilm-fan, ta’lim sohalarida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kelishuvga erishish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida 2022 yilning 16 noyabr sanasidan 23 noyabr sanasiga qadar xizmat safari bilan Italiyaga jo‘nab ketadi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari.

Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future”  taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosim Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Oʻzbekistondagi yettita oliy oʻquv yurti talabalari va rahbariyati vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi. “Seeds for the Future” dasturi butun dunyo boʻylab 137 ta mamlakat va mintaqadan 500 ta universitet talabalarini birlashtirgan yetakchi taʼlim loyihasi hisoblanadi. Shu kunga qadar dastur doirasida 12 000 nafar eng yaxshi talaba amaliyot oʻtadi, Huawei kompaniyasining Xitoydagi bosh qarorgohiga tashrif buyurgan ishtirokchilar hamda 2020 va 2021-yillar loyihalari onlayn ishtirokchilari ham shular jumlasidan. 2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekistonda talabalarga AKT texnologiyalari…

Continue ReadingOʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi

“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.Universitet jamoasi bahamjihat va ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etayotgan ushbu tadbir doirasida TTPU xududi bo‘ylab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Continue Reading“Yashil makon”: ko’chat ekish ishlari davom etmoqda…
image_pdfimage_print