Yashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

  • Post category:Yangiliklar

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida "Yashil makon" umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirda ko’chat ekish, yashil maydonlarni barpo qilish bo'yicha ishlar boshlab yuborildi. Jumladan kuni-kecha universitet hududiga 100 dan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tkazildi.Ekilgan ushbu koʼchatlar endilikda mineral va organik oʼgʼitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi. Dolzarb 40 kunlik» tadbir doirasida universitetda faoliyat yurituvchi har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat va ko'tarinki kayfiyatda yondoshmoqda.

Continue ReadingYashil makon: TTPUda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari boshlandi

Jaholatga qarshi ma’rifat

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti “Conference Hall” zalida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori J.Sh.Inoyatxodjaev ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaga to‘g‘ri yondashish zaruratini ta’kidlab, so‘zni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi vakili J.V.Meliqo‘ziyevga berdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqan J.V.Meliqo‘ziyev tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik, bag‘rikenglik kabi oliyjanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi. Shuningdek, bugungi…

Continue ReadingJaholatga qarshi ma’rifat

TTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1-noyabr kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi. Dastlab, universitet rektori J.Sh. Inoyatxodjayev oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy ravishda “Yil talabasi” Respublika tanlovini yuqori saviyada o’tkazilishi, ushbu tanlov maqsadi va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritib , barcha ishtirokchilarga omad tiladi.    So‘ng esa, tanlovda ishtirok etayotgan universitet iqtidorli talabalari nominatsiyalar bo‘yicha qatnashib, o‘z ishlari, erishgan yutuqlari, g‘oyalari yuzasidan bir-biridan qiziq taqdimotlar qildilar. Hay'at a'zolari talabalarning taqdimotlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ular tomonidan qilingan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Hay'at a'zolari tomonidan ishtirokchilarning ishlari ko‘rib chiqilib“Yil talabasi” tanlovining Respublika bosqichida qatnashish…

Continue ReadingTTPUda «Yil talabasi» Respublika tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi

Toshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

  • Post category:Yangiliklar

Turkiyaning Antaliya shahrida bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha "Antalya Friendship Cup" xalqaro turniriga start berildi.30 oktabrdan 4 noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur turnirda 20 ta davlatdan 30 dan ortiq jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.Ilk bor Juventus futbol akademiyasining 12 yoshgacha bo‘lgan jamoasi ham ushbu turnirda qatnashish uchun Antaliya shahriga uchib ketdi.

Continue ReadingToshkent shahridagi Juventus akademiyasi o’zining ilk qaldirg‘ochlarini turnirga jo‘natdi.

TTPU da radioefirga start berildi

  • Post category:Yangiliklar

2022 yil 21 oktabr kuni o‘zbek tili bayrami munosabati bilan, universitet talabalari tashabbusi bilan TTPUda “Nazm va navo” nomli radio efirinining birinchi soniga start berildi.Efir davomida o’zbek tilining tarixi, uning rivoji uchun hissa qo’shgan buyuk arboblarimiz Alisher Navoiyning „Muhokamat-ul-lug‘atayn“, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Gulxaniyning “Zarbulmasal”, Fazliyning “Majmuatush shuaro” kabi asarlari, shuningdek zamonamiz o’zbek adabiyoti durdonalaridan na’munalar (she’r va g’azallar) talabalar va ustoz-murabbiylar tomonidan ifodali o’qib berildi.Shuningdek, musiqa to’garagi rahbari Mansur Saparbaev tomonidan o’zbek mumtoz kuy-qo’shiqlari va universitetga bag’ishlangan qo’shiqlar ijro etildi.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O’zbek tili va umuman olganda til haqida qancha gapirsak ham oz. Haqiqatan,…

Continue ReadingTTPU da radioefirga start berildi

BITIRUVCHILAR FORUMI 2022

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 15-oktabrda TTPUda har yili o’tkaziladigan “Bitiruvchilar forumi” boʻlib oʻtdi. Forum Italiyaning Turin Politexnika Universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Italiyaning O‘zbekiston yoshlari uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi universitet talabalari, bitiruvchilari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida ko‘prik (aloqa) o‘rnatishdan iborat. Forumda bitiruvchilarning erishgan yutuqlari, ular hayotida universitetning o‘rni, maqsadlariga erishish yo‘llari, Italiyadagi hayoti va o‘qishi hamda boshqa ko‘plab mavzular yuzasidan ochiq suhbat o‘tkazildi. TTPU rektori, texnika fanlari doktori J.Sh.Inoyatxo‘jaev tabrik so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Italiyalik professorlar: O’zbek taʼlim loyihasi bo’yicha menejer -Anita Tobacco, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro aloqalar boʻyicha mas’ul - Mishel Bonino, bitiruvchi va…

Continue ReadingBITIRUVCHILAR FORUMI 2022

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida “TASHKENT-SUSTAINABLE CITY” (TOSHKENT-BARQAROR SHAHAR”) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi Seminarning maqsadi - kuchli urbanizatsiya jarayoniga qaramay, barqaror shahar qonuniyatlariga rioya qilgan holda rivojlanayotgan Toshkent shahriga mobillik dizayni va yechimlari bo‘yicha Italiya tajribasi bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek seminarda zamonaviy shahardagi transport va piyodalar logistikasi ham muhokama qilindi. Ma’ruzachilar o‘z bilimlar va tajribalari bilan bo‘lishib, murakkab muammolarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-muhandislik yechimlari, shahar logistikasi va innovatsion texnologiyalarga oid masalalarni muhokama qildilar. Mazkur tadbirni tabrik nutqi bilan Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi E.P. Agostina Pinna, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “Toshkent-barqaror shahar” nomli seminar bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti Quyidagi Ixtisoslik Boʻyicha 2023 Yil Uchun Tayanch Doktoranturaga Qabul Eʼlon Qiladi

  • Post category:E'lonlar

Shifr: 05.08.06 Ixtisoslik: “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish”, Kvota: 2 Shifr: 05.01.08 Ixtisoslik:  “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish” Kvota: 1 Shifr: 05.09.01 Ixtisoslik: “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” Kvota: 1 DOKTORANTURA Institut tayanch doktoranturasiga quyidagi talabgorlar qabul qilinadi: - magistr darajasiga, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop yetilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar; Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim…

Continue ReadingToshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti Quyidagi Ixtisoslik Boʻyicha 2023 Yil Uchun Tayanch Doktoranturaga Qabul Eʼlon Qiladi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar yotoqxonasi ochildi

  • Post category:E'lonlar

Bugun Toshkent shaxridagi Turin politexnika universitetida 160 o‘ringa mo‘ljallangan, barcha qulayliklarga ega talabalar yotoqxonasi ochildi!Yotoqxonada oshxonalar (muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, plita), ovqatlanish xonasi, yuvinish xonalari (kir yuvadigan mashina, qutitgich, dazmol taxtasi) mavjud. Talabalar bo‘sh vaqtlarini foydali o‘tkazishlari uchun yotoqxonada kutubxona, hamda Wifi nuqtalari ham mavjud.Talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yotoqxona xavfsizlik tizimi bilan ham ta’minlangan.Yotoqxonaning universitet o‘quv binosi yonida joylashganligi esa, talabalar uchun yana bir qulaylik yaratmoqda.

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar yotoqxonasi ochildi

Kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! Boʻlib oʻtgan kirish imtihoni (7-sentabr) natijalariga koʻra, abituriyentlar beshta toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 60,00 va undan yuqori ball toʻplaganlar ITALIYA YOʻNALISHLARI UCHUN TOʻLIQ GRANT olishadi. Agar ariza beruvchilar IELTS sertifikatiga ega boʻlmasa (kamida 5,5 ball), ular IELTS sertifikatini (kamida 5,5 ball) oʻquv yili soʻngiga qadar topshirishlari kerak. Ushbu toifada oʻqish toʻlovi mavjud emas. IKKINCHI TOIFA: 50.00 va undan yuqori, ammo 60.00 dan past ball toʻplaganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi kurs (First Level)ga qabul qilinadi va.UzAvto hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi grantlari…

Continue ReadingKirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 2022-2023 oʻquv yili uchun “MANAGEMENT” YOʻNALISHI KIRISH IMTIHONLARIDAN MUVAFFAQIYATLI OʻTGANINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ! Ushbu rasmiy e’longa alohida e’tibor berishingizni soʻraymiz! 2022-yil 8-sentabr kuni boʻlib oʻtgan “Management” yoʻnalishi kirish imtihoni natijalariga koʻra, abituriyentlar ikkita toifaga boʻlingan: BIRINCHI TOIFA: 10 va undan yuqori ball toʻplaganlar birinchi kurs (Preparatory Year)ga qabul qilinadi. Bir oʻquv yili uchun oʻqish toʻlovi 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil qiladi. Ushbu toifaga IELTS (kamida 5,5 ball) sertifikatini berish muddati – oʻquv yili soʻngiga qadar. IKKINCHI TOIFA: 10 balldan kam ball toʻplaganlar belgilangan qabul chegarasidan oʻta olmaganlari sabab kutish roʻyxatida turibdilar va qabul…

Continue Reading“Management” yoʻnalishi kirish imtihonlari (3-bosqich) natijalari e’lon qilindi!

Biznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha abiturientlar ro’yxati

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, “Menejment” yoʻnalishi boʻyicha 8-SENTABR kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling.

Continue ReadingBiznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha abiturientlar ro’yxati

Abiturientlar ro’yxati (3-bosqich)

  • Post category:E'lonlar

Hurmatli abituriyentlar, 7- sentyabr kuni boʻlib oʻtuvchi kirish imtihonining vaqti va qatnashuvchilar roʻyxati bilan tanishing. Iltimos, o'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va kirish to'lovi kvitansiyasini olib keling. Eslatib o‘tamiz, “Menejment” yo‘nalishi bo‘yicha qabul imtihoni 8 - sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Continue ReadingAbiturientlar ro’yxati (3-bosqich)

Yangi ta’lim yo’nalishlari uchun litzenziya olindi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti 2022-2023 o’quv yilidan quyidagi yangi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim berish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziya oldi:Bakalavr yo’nalishi bo’yicha: Biznes boshqaruvi bakalavri – Menejment;Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari Magistratura mutahassisligi: Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish;Axborot va aloqa muhandisligi

Continue ReadingYangi ta’lim yo’nalishlari uchun litzenziya olindi

Roʻzimov Sanjarbek Komilovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

Roʻzimov Sanjarbek Komilovichning 05.08.06 – gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish ixtisosligi boʻyicha texnika doktori (DSc) ilmiy darajasining olish uchun tayyorlagan “Avtomobil gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslari” (“Научные основы выбора параметров и режимов управления гибридного привода автомобиля”) mavzusidagi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengashining 2022-yil 10-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtadi. Manzil: 100060, Toshkent, Odilxoʻjayev koʻchasi 1-uy. Tel./faks: (99871) 299-00-01 Tyel/faks: (+99871) 246-54-17, faks: (+99871) 246-02-24. e-mail: tstu.@tstu.uz

Continue ReadingRoʻzimov Sanjarbek Komilovichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida “International Conference on Electrical Facilities and information technologies 2022” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi   Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrь oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chogʼida, universitetlar oʼrtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish zarurligi taʼkidlangan edi. Bu borada, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Koreya Milliy Transport universiteti, hamda Koreya elektr muhandislari instituti bilan hamkorlikda ikki davlat oʼrtasida energetika va АKT sohasida ilgʼor xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish boʼyicha kelishuvga erishdi.…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida xalqaro ilmiy-texnik konferentsiya tashkil etildi

PhD dissertatsiya himoyasi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash qoshidagi 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha Ilmiy Kengashida dissertatsiya himoyasi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi PhD.22/01.02.2022.T.144.01 raqamli Ilmiy Kengash asosida 05.08.06 – “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosligi boʻyicha tuzilgan Ilmiy Kengashda texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Yusupov Sarvarbek Sodiqovichning dissertatsiya ishi himoyasi. Mavzu: “Innovatsion intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda sinergiyasini asoslash”. Sana: 2022-yil 19-avgust kuni soat 10:00. Seminar shakli: offline/online (havola). Manzil: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bosh binosining 2-qavat, MAJLISlar xonasi. Masofaviy ishtirok etish uchun…

Continue ReadingPhD dissertatsiya himoyasi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tender e’lon qiladi

  • Post category:Tender_uz

TASHKILOTLAR VA KORXONALAR DIQQATIGA! “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti” universitet xududia (Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yoʻli, 17) kirish nazorat punkti binosi qurilishiga tender eʼlon qiladi (keyingi oʻrinlarda - Obyekt deb nomlanadi). Obyekt qurilishi uchun xarajatlarning maksimal boshlangʻich summasi: - 500 777 540 (besh yuz ming yetti yuz yetmish ming beoʻ yuz qirq ming) soʻmni tashkil yetadi. Moliyalashtirish manbai: Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining oʻz mablagʻlari. Qurilishi ishlari muddati: 45 kun. Buyurtmachi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Mijozning manzili: 100095, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik halqa koʻchasi, 17 uy. Tel: +998 (71) 246-70-82 elektron pochta: info@new.polito.uz Buyurtmachi bilan shartnoma…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti tender e’lon qiladi
image_pdfimage_print