TTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

2022 yilning 24 iyun kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida Italiyada o'qish uchun stipendiyalarni qo'lga kiritgan talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 40 ga yaqin TTPU talabalari Erasmus almashinuv dasturi doirasida 2022 yil kuzgi semestrini Politecnico di Torinoda (Italiya) o'qish imkonini qo'lga kiritdilar. Aksariyat talabalar semestr davomida oylik 850 evro miqdorida stipendiya oladi, shuningdek, ularning ikki tomonlama chiptalari qoplanadi. Interaktiv shaklda o'tkazilgan uchrashuvda, TTPU o'quv va ilmiy ishlar bo'yicha prorektori Fulvio Rinaudio talabalar bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida talabalar Italiyada yashash va o'qish haqida  qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar. Ma'lumot uchun: Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti Politecnico di bilan 2-va 3-kurs talabalari…

Continue ReadingTTPU DA TALABALAR ALMASHUVI DAVOM ETMOQDA

TTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

  • Post category:E'lonlar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti rektori J.Sh.Inoyatxodjayev 2022 yil 25 iyun –05 iyul kunlari Italiyaning Turin Politexnika universiteti mas’ullari bilan 2021/2022 o‘quv yili natijalari va kelgusi rejalari; 2022 yil sentabr oyidan “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik holati; Yuventus futbol Akademiyasi bilan navbatdagi kelishuvni imzolash va rejalarni muhokama qilish maqsadida Italiyaning Turin shahriga xizmat safarini amalga oshiradi.

Continue ReadingTTPU rektorining Italiyaga xizmat safari

Erasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 1 iyun kuni “MechaUz – innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish” Erasmus+ loyihasi konsorsiumi a’zolari Vilnyus Balday mebel ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad universitetdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish edi. Konsorsium aʼzolari xomashyo yetkazib berishdan tortib, yakuniy mahsulotni qadoqlashgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish tsikli bilan tanishtirildi. Zavod mehmonlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini qayd etdilar. Shuningdek, zavod Vilnyus Gediminas texnika universiteti bilan juda yaqin ilmiy va amaliy aloqalarga ega ekanligi aniqlandi. Uchrashuv so‘ngida mehmonlar oliy o‘quv yurtlarida mexatronika va robototexnika fanlarini o‘qitishning yangi texnologiyalarini joriy…

Continue ReadingErasmus+ loyihasi a’zolarining “VILNYUS BALDAY”ga amaliy tashrifi

MECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 30-may kuni Vilnyus Gediminas Texnika Universitetida (VILNIUS Tech) Yevropa Ittifoqining Erasmus + CBHE dasturining MechaUZ loyihasi bo‘yicha 3-yig‘ilishi boshlandi. Ushbu yig’ilish hamkorlarning o’zaro ushrashuvi va maxsus treningni bo’lib o’tdi. Yigʻilishning birinchi kunida loyihaning barcha hamkorlari: 6 ta Yevropa universiteti (Xalqaro yunon universiteti (Saloniki, Gretsiya) - Loyiha koordinatori, Janubi-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi (Saloniki, Gretsiya), Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Vilnyus, Litva), Liepaja universiteti (Liepaja, Latviya), Vidzeme amaliy fanlar universiteti (Valmiera, Latviya), Viano do Castello politexnika instituti (Viano do Kastelo, Portugaliya) va O‘zbekistonning 6 ta universiteti: Andijon mashinasozlik instituti (Andijon)) – Toshkentdagi Turin politexnika universiteti (Toshkent), Farg‘ona politexnika instituti (Farg‘ona), Toshkent axborot texnologiyalari…

Continue ReadingMECHAUZ LOYIHASINING BIRINCHI TRENINGI VILNYUS GEDIMINAS TEXNIKA UNIVERSITETIDA O‘TKAZILMOQDA

TTPU da yozgi amaliyot

  • Post category:E'lonlar

Bugungi kunga kelib, Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida 4-bosqich talabalari, o`z yo`nalishlari bo’yicha yozgi amaliyotga jalb qilinib kelinmoqda. Amaliyot dasturi talabalarning universitetda olgan nazariy bilim va ko`nikmalarini mustahkamlashga yordam bermoqda. TTPU ning boshqa universitetlardan farqi shundaki, amaliyot bo`yicha topshiriq va ishlar onlayn tarzda maxsus platforma orqali olib boriladi. O`quv rejaga ko’ra, agar talaba amaliyotni o`z vaqtida muvaffaqiyatli tamomlasa, 10 kredit ekvivalentini (ECTS) qo`lga kiritadi va Universitetni tamomlash uchun yo`llanmani oladi. Maxsus platforma orqali korxona va tashkilot nomlari bilan shakllantirilgan tanlov bo`limi yaratilgan bo’lib, talaba o`zi tanlagan korxona yoki tashkilotga borishi “O`quv-uslubiy va ilmiy” bo`limi (Bo’lim) tomonidan ta’minlanadi. Bo`lim tomonidan talabalar…

Continue ReadingTTPU da yozgi amaliyot

TTPU: ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish yo‘lida

  • Post category:Yangiliklar

Hozirgi kunga kelib, innovatsion texnologiyalar hayotimizning har bir jabhasiga misli ko‘rilmagan tezlik bilan kirib bormoqda. Ana shunday texnologiyalardan bo‘lgan “virtual reallik” ning ta’lim sohasidagi ahamiyati tobora ortmoqda. Universitet o‘quv jarayoniga shunday innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish maqsadida, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti, hamda “ALPHA DX GROUP” kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxonani tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Asosiy maqsad, ta’lim sifati va talabalarning ta’lim olishga qiziqishini  oshirish, o‘quv jarayoniga  virtual reallik, blokcheyn va NFT texnologiyalarini joriy etish va ushbu texnologiyalar asosida o‘quv materiallar (kontentlar)ni shakllantirish. Yangi innovatsion konsepsiyani shakllantirish orqali, AR va VR texnologiyalariga asoslangan, EduVerse innovatsion konsepsiyasini Turin Politexnika Universitetida o‘quv jarayonlariga tadbiq etish va “2+2” ta’lim dasturlarini ochish ko‘zda tutilga. Ushbu maqsadda universitetimizda alohida laboratoriya shakllantirilib, EduVerse uchun kerak bo‘ladigan uskunalar sotib olinmoqda Kelgusida EduVerse orqali boshqa ta’lim maskanlariga yangi kontent yaratish maqsadida hamkorlar bilan o‘quv platformasini shakllantirish rejalashtirilgan.

Continue ReadingTTPU: ta’lim sohasiga innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish yo‘lida
image_pdfimage_print