“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

  • Post category:Yangiliklar

Mamlakatimizda har yili 9 may «Xotira va qadrlash kuni» umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida, o‘lkamizni qahramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalq tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlanadi.Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida ham “9 may - Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy kechasi otkazildi. Joriy yilning 28 aprel kuni o’tkazilgan tadbirda Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 96 yoshli Apponov Abbos bobo, hamda Ozbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi faxriylari - iste'fodagi generallar va katta ofitserlari qatnashib, talabalarga kecha mavzusiga oid ma'lumotlarni va ozlarining qimmatli maslahatlarini berishdi.Kechani tashkil…

Continue Reading“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

TTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

  • Post category:Yangiliklar

Rektor Ercan Kahya boshchiligidagi Toshkent Arxitektura-qurilish Instituti delegatsiyasi Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori bilan uchrashdi. Rektor Ercan Kahya TTPUning axborot-resurs markazi, mexatronika, texnopark faoliyati bilan tanishdi.Tashrif davomida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, arxitektura va dizayn sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, akademik almashinuvni tashkil etish, ilmiy sohalarda qo‘shma loyihalar ishlab chiqish masalalari bo'yicha kelishib olindi.

Continue ReadingTTPU va TAQI: HAMKORLIK MASALALARI

2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

  • Post category:Yangiliklar

“Ochiq suhbat” formatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetda ta’lim olish afzalliklari, xorijiy universitetlar bilan almashuv dasurlari imkoniyatlari, hamda universitet hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Continue Reading2022-yil 19-aprel kuni TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjaev universitetning tayyorlov kursi talabalari bilan uchrashdi.

“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

  • Post category:Yangiliklar

18 Aprel kuni Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bo'lib o'tgan yigʻilishda Toshkent shahridagi "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasining yangi rahbari tanishtirildi. Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tomonidan hozirgi kunga qadar "Italiyadagi O'zbekiston Yoshlari Assotsiyatsiyasi" prezidenti, O'zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining Italiyadagi vakili sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Maxamatxo'jayev Toirxo'ja Faxriddin o'g'li, "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi boshqaruvchi menejeri sifatida tanishtirildi. Yangi tayinlangan menejer oldiga "Juventus Academy Tashkent" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilarini joriy yilning iyun oyida Italiyaning Turin shahrida bo'lib o'tadigan "Juventus Academy World Cup 2022" xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etishini ta'minlash ustuvor vazifa etib tayinlandi. Ma'lumot o'rnida, "Juventus Academy…

Continue Reading“Juventus”ga yangi rahbar tayinlandi!

Korrupsiyaga qarshi kurash

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 14-aprel kuni Turin Politexnika Universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurash” va “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish” hozirgi zamonamizning dolzarb mavzularida talabalar o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi A.Ergashev, Olmazor tumani 4-sonli IIB Yoshlar bilan ishlash inspektorlari: mayorlar R.Nasirov va O. Yusupovlar ishtirok etdi.Ma’ruzachilar o‘z nutqlarida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy baza yaratilganini ta’kidladilar.Qabul qilingan qonunlarning mohiyati va mazmuni atroflicha tushuntirilib, ularda jamiyat hayotining turli jabhalari rivojida qonunga xilof xatti-harakat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligiga asosiy e’tibor qaratildi. Tadbir davomida yoshlarni mas’uliyat va hushyorlikka da’vat etuvchi tematik videorolik namoyish…

Continue ReadingKorrupsiyaga qarshi kurash

Italiyaning Politecnico di Torino bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Avtomobilsozlik sanoatida ishlab chiqarish tarmoqlarining uzoq muddatli va barqaror rivojlanishi, yangi ishlab chiqarish vositalarini amalga tatbiq qilish, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, 2022 yil 2-7 aprel kunlari “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Italiyaning Politecnico di Torino universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamshid Inoyatxo‘jaev va Andijon mashinasozlik instituti rektori Umid Turdaliyev shuningdek, Italiyaning Politecnico di Torino rektori Guido Saracco ishtirokida bir qator samarali muzokaralar va uchrashuvlar o'tkazildi. Rasmiy tashrif doirasida universitet hududida joylashgan o‘quv va ilmiy laboratoriyalar…

Continue ReadingItaliyaning Politecnico di Torino bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda.

TTPU ga Pitssburg Davlat Universiteti vakillari tashrif buyurishdi.

  • Post category:Yangiliklar

AQSHning Pitssburg Davlat Universiteti Biznes Koleji (Kelce College of Business) dekani, professor Biyenvenido Kortes (Bienvenido Cortes) va Peydj Kortes (Paige Cortes) Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetiga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida Universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlari xususan, TTPU va Pitssburg Davlat Universiteti o‘rtasida “2+2+1” dasturi asosida yangi “Menejment” ta’lim yo‘nalishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Kelishuvga ko‘ra, Pitssburg Davlat Universiteti Biznes koleji tomonidan o‘quv reja, fan dasturlari hamda elektron kitoblar bilan ta’minlanishi ko’zda tutilgan.“Menejment” ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan talabalarda 2 yil TTPU da ta’lim olgandan so‘ng, o‘qishini keyingi 2 yilini Pitssburg Davlat Universitetida davom ettirishi imkoni bo‘lib, AQSH universiteti tomonidan bakalavr diplomi…

Continue ReadingTTPU ga Pitssburg Davlat Universiteti vakillari tashrif buyurishdi.

Universitet professor va muhandislari Turin Politexnika Universitetining (Italiya) xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.

  • Post category:Yangiliklar

Joriy yilning 28-martidan 8-apreliga qadar, Turin Politexnika Universitetida (Italiya) ELBA loyihasi jamoalari, shu jumladan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.Kurslarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining ELBA loyiha jamoasi nomidan universitet professor-o‘qituvchilari: prof.Qudratillo Fayazov, prof. O‘tkir Safarov, muhandislar Maxkam Qayumov va Azizjon Qobilov, hamda loyiha rahbari Mansur Asranov ishtirok etmoqda.O‘quv kurslari ELBA loyihasining Yevropa koordinatorlaridan biri, Turin Politexnika Universiteti (Italiya) professori, prof. Roberto Fontana rahbarligida joriy yilning 28 mart kuni boshlandi. Kurslar 10 kun davomida quyidagi uchta modul bo'yicha o'tkaziladi: ma'lumotlar fanida statistik usullar (3 kun);yirik masshtabli masalalar uchun hisoblash chiziqli algebra (6 kun);Tajribalarni loyihalash…

Continue ReadingUniversitet professor va muhandislari Turin Politexnika Universitetining (Italiya) xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.

Granada universitetida (Ispaniya) malaka oshirish.

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Granada universiteti (Ispaniya) tomonidan tashkil etilgan “Internationalization Advanced Level” treningida ishtirok etdi. Trening davomida har bir ishtirokchi o‘z universiteti haqida taqdimot qildi, qabul tartiblari, akademik hamkorlik loyihalari orqali oliy ta’limni xalqarolashtirish, reklama va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish, xalqaro mobillik sifatini oshirish bo‘yicha Erasmus+ loyihalari va boshqa ko‘plab masalalarni muhokama qildi. Muzokaralar natijasida talabalar almashinuv dasturini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Continue ReadingGranada universitetida (Ispaniya) malaka oshirish.

Hamkorlik memorandumi: TTPU and KNUT

  • Post category:Yangiliklar

2022-yil 15-mart kuni Koreya Milliy transport universiteti (KNUT) va TTPU o‘rtasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.KNUT prezidenti janob Jun-Xun Pak boshchiligidagi delegatsiya tajriba almashish va zamonaviy metodologiyalar orqali universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida TTPUga tashrif buyurdi. O‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish, xususan, biotibbiyot muhandisligi sohasida hamkorlik qilish. , talabalar va xodimlar almashinuvi hamda 2022-yil 10-12-avgust kunlari TTPUda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Continue ReadingHamkorlik memorandumi: TTPU and KNUT

O‘zbekistonda “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi

  • Post category:Yangiliklar

2019-yilda O‘zbekistonda ilk bor “HORIZON 2020” jamg‘armasining 48 oylik “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi amalga oshirish uchun grant olindi. Biroq pandemiya sababli loyiha kechiktirildi va 2021-yil dekabr oyida rasman ishga tushirildi. Loyihaning maqsadi zamonaviy optoelektronik tarmoqlar, nanoelektronik, nanomexanik qurilmalar asosidagi past o‘lchamli tuzilmalarda chiziqli bo‘lmagan to‘lqinlar, solitonlar va kvant kvazizarralarini tashishning matematik modellarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu modellarni funksional optimallashtirish maqsadida qo‘llashdan iborat. Ushbu loyihada Yevropa va Markaziy Osiyoning 7 davlatidan 10 dan ortiq ilmiy guruhlar ishtirok etmoqda. Loyiha fizika va amaliy matematika sohasida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq olimlarni birlashtirgan. E’tiborlisi, O‘zbekiston jamoasi ham…

Continue ReadingO‘zbekistonda “Spektral optimallashtirish: matematikadan fizika va ilg‘or texnologiyalargacha/SOMPATY” HORIZON 2020 loyihasi

TTPU TALABALARI DAVLAT GRANTLARI ORQALI XORIJDA BILIM OLMOQDALAR.

  • Post category:Yangiliklar

TTPU talabalari Universitetimizning almashuv dasturlari bilan bir qatorda, davlat grantlari orqali ham xorijda o’qish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar.Gayratov Jasur ana shunday imkoniyatni qo’lga kiritgan talabalarimizdan biri hisoblanadi.Jasur, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining bakalavr bosqichini “Mashinasozlik texnologiyasi” yo'nalishida 2015-2019-yillarda tahsil olgan. Talabalik vaqtida universitet “Talabalar uyushmasi” faoli bo'lgan. 2019-2021- yillarda universitetda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib, Xodimlar bo'limi mutaxassisi hamda, “Juventus” futbol akademiyasi menejeri lavozimlarida ishlagan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi "El-yurt umidi" fondining 2021-2022-o'quv yili uchun mo'ljallangan хorijda ta'lim olish uchun grant go'libi bo'lib, hozirda Italiyaning Turin Politexnika Universitetida "Muhandislik va boshqaruv" yo'nalishi bo'yicha Magistratura bosqichida tahsil olmoqda."Xorijiy davlatlarda tahsil olish…

Continue ReadingTTPU TALABALARI DAVLAT GRANTLARI ORQALI XORIJDA BILIM OLMOQDALAR.

Ayol borki olam munavvar!

  • Post category:Yangiliklar

Bugun Turin Politexnika Universitetida bahorning ilk bayrami - 8-mart Xotin-qizlar bayram tadbiri nishonlandi. Universitetimiz ayollari go‘zal guldastalar va bayram sovg‘asi bilan bayramona kayfiyatda kutib olindilar. Tadbir boshida TTPU rektori J.Sh.Inoyatxodjayev universitetning go‘zal va maftunkor ayollariga o‘zlarining bayram tabrigini bildirib, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni nihoyatda muhim ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Yasatilgan sahna bezaklari, turli viktorinalar bayramga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi. Bayramning ikkinchi qismini Universitetning “Yoshlar Ittifoqi” tomonidan tayyorlangan bayram dasturi davom ettirdi. Shu fursatdan foydalanib, barcha aziz ayollarni bayram bilan tabriklaymiz. Sizlarga ajoyib bahoriy kayfiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu-baraka tilaymiz!

Continue ReadingAyol borki olam munavvar!

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish davom etmoqda

  • Post category:Yangiliklar

2022 yil 11 fevral kuni, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti vakillari Yaponiyaning “Yamanasi Gakuin” ta’lim korporatsiyasi va uning hamkorlari (DiDi Investments, ERC Institute, Kydon Learning System Institute va Alpha Energy Holdings) bilan O‘zbekistonda innovatsion yechimlarga asoslangan Asnaro universitetini tashkil qilish konsepsiyasini muhokama qildi. Konsepsiyaga asosan, birinchi bosqichda O‘zbekistondagi Oliy ta’lim muassasalari Yaponiya va Singapurning Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ana’naviy ta’lim dasturlarini joriy qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda esa o‘quv jararayonga virtual reallik texnologiyasini joriy etish va o‘quv materiallar (kontentlar)ni shakllantirish rejalashtirilgan. Videokonferensaloqa formatida boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida tomonlar ushbu konsepsiyada belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirish…

Continue ReadingXalqaro aloqalarni rivojlantirish davom etmoqda

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida texnika fanlari boʼyicha ilmiy darajani beruvchi ilmiy kengash oʼz faoliyatini boshladi.

  • Post category:Yangiliklar

OʼzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasining 2022 yil                         1 fevraldagi 29-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi. Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar boʼyicha dissertatsiyalar himoya qilinadi: 05.08.06 - «Gʼildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish»; 05.01.08 - «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish»; 05.09.01 - «Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar» Ushbu qarorga koʼra, Turin Politexnika universiteti huzuridagi ilmiy kengashning                    17 kishidan iborat tarkibi tasdiqlandi. Kengash raisi etib texnika fanlari doktori, universitetning rektori Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich tayinlandi. Mazkur ilmiy kengash tarkibi…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida texnika fanlari boʼyicha ilmiy darajani beruvchi ilmiy kengash oʼz faoliyatini boshladi.

TTPUda ayollar psixologiyasi mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida "Hayot go‘zal, chunki unda men borman!" mavzusida malakali psixologlar tomonidan kayfiyatni ko‘taruvchi motivatsion trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu trening TTPUning Xotin-qizlar Kengashi tomonidan tashkil etilib, unda Universitetning talaba qizlari va ayol xodimlari ishtirok etishdi. Seminar-treningda ayollar psixologiyasi, kundalik xayotdagi turli stress holatlarni oldini olish, o‘zini sevish, negativ fikrlardan ozod bo‘lish, kechirimli bo‘lish, ijobiy fikrlar oqimini yaratib, bugungi kun uchun minnatdorlik va shukr xissi bilan yashash kabi mavzularda mazmunli suxbat bo‘lib o‘tdi. Trening davomida ishtirokchilar guruxlarga bo‘linib, qiziqarli so‘rovnomalar, psixologik o‘yinlar uyushtirildi.

Continue ReadingTTPUda ayollar psixologiyasi mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

XALQARO HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti vakillari Erasmus Plus CBHEning: Markaziy Osiyoda katta hajmdagi ma’lumotlarning intellektual tahlili-ELBA loyihasi doirasida Primorska universiteti (Koper, Sloveniya) Matematika, tabiiy fanlar va axborot texnologiyalari fakultetida xalqaro malaka oshirish kurslarini oʻtayotganliklarini mamnuniyat bilan xabar beramiz.       Loyiha modulli kurslarning ko'p tarmoqli paketini taklif qiladi, intizom "Intelligent Big Data Analysis" (IBDA) bo'yicha bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlaydi. Loyiha doirasida Markaziy Osiyo universitetlarining IBDA texnologiyalari va tegishli dasturiy ta’minotini o‘qitish va qo‘llash sohasidagi akademik salohiyati yevropalik mutaxassislar tomonidan mustahkamlanmoqda.

Continue ReadingXALQARO HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida innovatsion onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi

  • Post category:Yangiliklar

Yurtimizda onlayn ta'lim sifatini yaxshilash hamda professor-o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’zaro onlayn muloqot muhitini shakllantirish maqsadida innovatsion onlayn ta’lim platforma foydalanuvchilarga qulay (user-friendly) shaklda yaratildi. Tizimda ortiqcha funksiyalar kiritilmagan bo'lib asosan universitet ma’muriyati o’quv jarayonini avtomatik boshqarishi uchun dars jadvali, talabalarni o’zlashtirish ko’rsatkichlari, davomat hisoboti, diplom ilovalari tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladi. Shuningdek, tizimda imtihonlarni shaffof tarzda o’tkazilishi uchun juda muhim funksiyalar integratsiya qilingan bo’lib, talabalarni video kuzatuv va mikrofon orqali barcha harakatlari avtomatik tarzda nazorat qilinadi, agar talaba tomonidan ko’chirmachilik yoki aldashga urinish bo’lsa, o’sha vaqtdagi video yozuvlar tizimda aks ettiriladi. Ushbu platforma yordamida talabalar global Internet tarmog’iga ulanish imkoniyati…

Continue ReadingToshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida innovatsion onlayn ta’lim platformasi ishga tushirildi

Ph.D. POSTER KUNI 2021

  • Post category:Yangiliklar

23 dekabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika Universitetida yillik plakat (poster)- taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Universitetning “Mashinasozlik va aerokosmik muhandislik” hamda “Arxitektura-qurilish” kafedralarida tahsil olayotgan doktorantlar universitet professor-o‘qituvchilariga 2021-yildagi faoliyati yakunlari bo‘yicha o‘z hisobot taqdimotlarini taqdim etdilar. Bu doktorantlarning ikkinchi poster taqdimoti sanaladi. Bu yil taqdimotlar yuqori saviyada o‘tgani, doktorantlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligi, hamda o‘z ilmiy ishlariga oid savollarga ancha yaxshi javob bergani ta’kidlandi.

Continue ReadingPh.D. POSTER KUNI 2021

Harbiy sohada foydalaniladigan jihozlarga innovatsion moslama va qo‘shimchalar tayyorlanmoqda!

  • Post category:Yangiliklar

Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining maxsus bo‘limi qo‘shinlarida foydalaniladigan kaskaga qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qaratilgаn o‘zgartirishlar kiritilgan maket tayyorlandi. Ushbu maket tunda yorituvchi fonar, tungi ko‘rish vositasi, lazer qurilma va kameralar o‘rnatish imkonini beradi. Barcha qo‘shimcha vositalar 3D printer yordamida tayyorlandi. Askar holatini o‘rganish maqsadida bronijiletga ko‘p funksiyali metamonitoring moslamasi ulandi. Natijada EKG moduliga ulangan qurilma yordamida askarning yurak urish pulsi va harorati aniqlanadi va GPS qurilmasi yordamida joylashgan lokatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qilish bazasiga yuborib turiladi. Shuningdek, AK74 avtomatiga qo‘shimchalar kiritgan holda tyuning qilindi, plastmassani 3D printer yordamida quyilgan qo‘shima qulayliklar yaratuvchi moslamaga ulandi.…

Continue ReadingHarbiy sohada foydalaniladigan jihozlarga innovatsion moslama va qo‘shimchalar tayyorlanmoqda!
image_pdfimage_print